Mahbubiy | محبوبى
3.99K subscribers
734 photos
107 videos
80 links
Download Telegram
❤‍🔥25👍8🍓2
Bugun o'zimga dam bergan holda Toshkentni ayrim joylarini piyoda aylanib chiqdim.

Ko'pchilikka ma'lum, yugurishdan ko'ra piyoda yurganda foydasi ko'proq bo'ladi.

Uyga qamalib o'tirib olgandan ko'ra piyoda sayr qiling. Yolg'iz bo'lsa yanada yaxshi. O'ylashga, qilingan ishlaringizni tafakkur qilishga arziydi.
💯2810🔥6❤‍🔥3👍1
Qancha gullar bog'imda kulgan,
qancha gullar dastingda so'lgan,
qancha oylar hajringda to'lgan,
qancha orzu tug‘ilgan, o'lgan,
qancha hislar bor edi ulkan,
qancha jabring umrimni yulgan!..
ko'zlaringga qamalgan dil ham
bir zamonlar meniki bolgan!

Mansur Jumayev
❤‍🔥51💯10👍53
Vafo – birovning yaxshiligi va ishonchiga yarasha javob qaytarishdir. Ya’ni, yaxshilikka yaxshilik qilishning o‘zi vafoni anglatmaydi, balki yaxshilikka o‘shanga yarasha, uni to‘la qoplaydigan, bosib o‘tadigan qilib yaxshilik qaytarish vafo bo‘ladi.

Vafo ulug‘ xislatlardan, oliyjanob xulqlardan hisoblanadi. Vafo mo‘minning siymosidir, insoniylik shartlaridan biridir.

Hasanxon ustoz
❤‍🔥469👍5🔥3💯31🍓1
Nafs - bamisoli tegirmondir.

Tegirmonga nima-ki solsangiz yanchib tashlaydi.

Nafs xohlagan hamma narsa ham yaxshi bo'lavermaydi. Lekin, Siz amallarini yaxshisini tegirmoningizga soling Qalbingiz uyg'onadi, yumshaydi.

Ammo, siz tegirmonga tosh, boshqa qattiq jism soling Qalb ikki karra qotishdan holi emas.
❤‍🔥29💯1615👍2
Kadrni chaqmog'i:
2👍2012❤‍🔥11🔥4
24. Va Uning oyatlaridan sizga qo'rquv va umid uchun chaqmoqni ko'rsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o'lgandan kegin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigon qavm uchun oyat- belgilar bordir.
❤‍🔥37🔥14🍓7👍62💯1
Kimdir kelar, seni sen etar..
Kimdir kelar, seni sendan ayro etar..

Shams Tabriziy
💯61❤‍🔥21🔥13🍓31👍1😁1
Bukbloger degani har kuni sahifasiga kitoblarning rasmini, videosini qo‘yadigan odam degani emas.

Bukbloger videolar qilib, unda kitob haqida emas, o‘zining hissiyotlarini, yig‘lagan-kulganini aytib beradigan odam emas.

Bukbloger nashriyotlar bilan hamkorlikda ishlab, nashriyot ham, o‘zi ham faqat manfaat ustidagina bir-biri bilan muomala qiladigan odam emas.

Bukbloger trenddagi kitoblarnigina o‘qib, undan ming chandon yaxshi bo‘lgan kitoblar haqida hatto bilmaydigan odam emas.

Bukbloger javonga kitoblarini chiroyli taxlab, har kuni u bilan suratga tushib, uni odamlar bilan bo‘lishadigan, shundan zavq oladigan odam degani emas.

Va hokazo... Bukbloger o‘zi kim?

Kitob oshuftasi nashriyot bilan hamkorligi borligi uchun eng yomon kitob bo‘lsa ham maqtab beradigan emas, balki biror kitob haqida ro‘y-rost gapiradigan odam.

Kitob oshuftasi kitob haqida yozsa, video qilsa, uning ichidagi ma’nosini ochib berishga harakat qiladigan, o‘zida his qilgan kechinmalarini emas, odamlar foyda oladi, deb bilgan ma’lumotlarini o‘rtoqlashadigan odam.

Kitob oshuftasi trenddagi kitoblardan ko‘ra klassik adabiyotlarni, ustozlar tavsiya qilgan kitoblarni o‘qiydigan odam

Kitob oshuftasi kitoblarni odamlarga o‘zini kitob o‘qiydigan qilib tanitish uchun emas, balki uni o‘qiganda tuyadigan zavqni sog‘ingani uchun o‘qiydigan odam.

Kitob oshuftasi yiliga 500 ta emas, 10 ta eng sara kitoblarni qayta-qayta o‘qiydigan, har gal o‘qiganda undan yangi ma’nolar topishga harakat qiladigan odam.

Kitob oshuftasi siz-u biz ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini har tirli jimjimador nom bilan nomlab olayotgan «bookblogger» emas. Kitob oshuftasi kitobning ma’nosini haqiqiy his qiladigan odamdir.

Siz bukblogermisiz yo kitob oshuftasi?

©️Muhammadrizo Munavvar
💯29❤‍🔥16👍11🔥52
Seni xafa qilib qo‘ymayin deb, ko‘nglimda saqlamayman...
Ko‘z o‘ngimdan yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, ko‘zimda ham saqlamayman...
Seni ko‘nglimda, ko‘zimda emas, balki jonimda saqlayman.
Toki oxirgi nafasimda ham menga yor bo‘lgaysan...

Shams Tabriziy
20🔥15❤‍🔥10👍3
Ayb etmang, yoqmasa so'zim yo o'zim,
Xalqqa emas, Xoliqqa yoqqani keldim.
❤‍🔥44👍117💯4🔥2🍓1
Sunnatni mahkam ushlashda bir necha foydalar bor. Jumladan:

– Alloh taoloning muhabbatiga sazovor bo‘lmoq;
– Farzlardagi kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirish;
– Bid’atga tushib qolishdan saqlanish;
– Alloh taoloning shiorlari va shariatini ulug‘lash.

Husaynxon Buxoriy
❤‍🔥23💯12👍32
Forwarded from Zayd Qamar
Sezganingizdek, yaxshi xabar bor!

Oʻtgan safar muolajalari uchun ehson yigʻib bergan bolakay yodingizdami?)

Shofiy (shifo beruvchi) Robbimizning marhamati bilan bolakay ancha sogʻayibdi. Hatto yura boshlabdi. Tasavvur qilyapsizlarmi, bunga oz boʻlsa-da sababchi boʻlish qanchalar baxt?

Ammo hozir muolajani davom ettirishlari uchun kerakli dori-darmonlari tugab qolibdi. Yana ozgina yordam berib yuborsak, Allohning fazli ila ahvoli yana-da yaxshilanardi.

Koʻp emas, hech boʻlmasa $250-300 toʻplab bera olsak ham vaqtincha dori-darmonlariga yetib turadi. Bu yogʻi esa, siz azizlarning himmatingiz!

Yaxshilik va sahovat yoʻlida hamroh boʻlasiz degan goʻzal umidim bor, yaxshilar ))

Karta raqam qoldiryapman:

👤Karta egasi:
Sobitxanova Muslimaxon

👛Karta raqami:
8600 0609 4409 9648

💼Xalq banki | UzCard
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥43👍2
Shayx G'asson Harun hafizahulloh bilan birga kechki ovqatdan:)

Hazratni Alloh taolo salomat qilsin.
❤‍🔥207💯5🔥3👍1🍓1
“Ishq, oshiqni ma’shuqning suratiga kiritadi.”

Shayx Sayyid Sibg’atulloh Arvosiy quddisa sirruhu

Haqiqatan ham, bu faqiru purtaqsir ko‘p bora shohid bo‘lganmanki, xususan, murid Shayxiga ergasha-ergasha uningdek kiyinadigan, uningdek yuradigan, uningdek tabassum qiladigan va deyarli barcha ishlarini ham Shayxiga o‘xshab bajaradigan bo‘lib qoladi. E’tibor bilan qaralsa, muridning yuzi ham bora-bora Shayxiga o‘xshab qolgan bo‘ladi.

Shayx Sayyid Sibg’atulloh hazratlari (quddisa sirruhu)ning yuqoridagi so‘zlarida ham aynan shu ma’nolar o‘z ifodasini topgan.

Muhammad Ravshan
❤‍🔥16👍8🔥82💯1🍓1
https://t.me/+UwEiUjiFsK05MDUy

Shaxsiy kanalimiz :)
❤‍🔥64🍓2