Xamidullo Xudoyberdiyev
111 subscribers
313 photos
74 videos
27 files
313 links
Download Telegram
Parkinson's Law

Universitetda o'qib yurgan kezlarim tajriba orttirish orqali anglagan narsalarimdan biri shuki, ish yoki biror topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt, unga berilgan muddatga qarab choʻziladi.

Masalan, biror fan boʻyicha topshiriqni deyarli oxirgi kunlargacha qoldirib, keyin tushunsam, bu holat faqat menda emas, koʻpchilikda kuzatilar ekan. Bu Parkinson qonuni deb nomlanadi. Hatto, buning haqida maxsus formula ham bor.

Shundan so'ng, har bir ishga qisqaroq muddatli deadline belgilashga harakat qildim. Chunki, tugallanish vaqti belgilanmagan ishlarning ahamiyati asta-sekin pasayib boraveradi. Biror bir ishni mukammal (perfect, top-notch) qilishni xoxlab uni amalga oshirishni cheksiz muddatga cho'zilib ketgan holatlarni qanchalik ko'pligini internetdan topishingiz mumkin.

Masalan, biron kursni boshlamoqchimisiz? Uni tugatish muddatini hoziroq belgilang. Yangi loyiha ustida ishlamoqchimisiz? Imkon qadar uni qisqa muddatga rejalashtiring. Deadline bo'lsa, siz yoki ishni o'z vaqtida tugatasiz, yoki qisqa muddatda zarur bo'lgan bilimlarni o'rganishga harakat qilasiz. Bu esa sizning samaradorligingizni sezilarli darajada oshiradi.

@farrukh_atabekov
👍5🔥1
Forwarded from Hikmat istaganga...
Икки йилда ҳамма нарса ўзгаради. Фақат кредитга айфон олган кишининг дунёқараши ўзгармайди. Чунки у икки йилдан кейин яна кредитга янги айфон олади.
🔥5👍2😁1
Forwarded from 1% Bilim
Biz muntazamlikni mukammallik deb o‘ylaymiz. Har kuni bir xil miqdorda, ideal ritmda davom etish deb tushunamiz. Ammo hayotda bunday bo’lish amri mahol. Forrest Gump bo’lish kerak.

Haqiqiy muntazamlik — bu har doim mukammal bo‘lish emas, balki to‘xtamaslik. Davomiylikni saqlash. Ba’zida kamroq, ba’zida ko‘proqdir, asosiysi - to’xtamaslik. Shu asosiy kuch. Muvaffaqiyat bu — yo‘lda to‘xtatmaganlar, sobit-qadamlarning mukofoti.

— Xurshid.
#advicetomyself

@birfoizbilim
👍6🔥1
Forwarded from JK English
Dear brothers,

Work hard so that your mother, wife, sister, and daughter never have to use public transport.
👍9🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ТАЪРИФ.
• Йиқилишинг мағлубият эмас, балки йиқилган жойингдан турмаслигинг мағлубият!
1🔥8
The power of money

Agar kambag'al er xiyonat qilsa, xotini o'ylab ham òtirmasdan u bilan ajrashadi

Boy er xiyonat qilsa, xotin: "erimni qaysi megajin yo'ldan urdi" deb shu megajinni sochini yuladi

Agar erkakni topayotgan puli kam bo'lsa:

Oilada o'rni bo'lmaydi

Fikri inobatga olinmaydi

Jamiyatdan chetda qoladi

Xattoki ota-onasini muomalasi boshqa bir puldor farzandiga qiladigan muomalasidan keskin farq qiladi. Ular uchun mayda chuyda ishlarni qiladigan xizmatkor bo'ladi

Jamiyatda o'z o'rninga ega bo'lishni xohlaysanmi

Biror bir to'y yoki tadbirga borganda alohida e'tibor berishlarini xohlaysanmi

Oilada ota-onang, xotining sani hurmat qilishini xohlaysanmi

Unda ko'p pul top. Lekin boylik qalbinga joylashmasin


© missionable
👍10😢5🔥4
Uchchalovini birdani tanlab bo'lmaydi, chunki bunaqa tovar/xizmat yoq: ham sifatli, ham arzon, ham tez

Rasm ko'rinishida tahminan shunaqa bo'ladi, ai da chizdim ;)


© blog_rustam
🔥6👍1
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Kecha xotinimni oldida bir tekst faylni vimda ochib to’g’irlab bergan edim.

Aura++ bo’ldi.
😁8🔥1
Internetda hamma omadli, hammaning ishi zo'r.

Insoniyat shunaqa: aksariyat holatda yaxshi tomonlama ko'rsatadi.

Loyihasi zo'r ketayotgandek ko'rinadi, aslida ketini-ketiga ulab yurganini bilasiz.

Biznes qilishni o'rgatmoqchi bo'ladi, lekin hali tayinli ishni yo'lga qo'ymagan bo'ladi.

Boshqalarga qarab xulosa qilish - tushkunlikka olib keladi.

O'zingizni birovlar bilan emas, kechagi kun bilan solishtiring.

Har kuni
kechagidan ilmliroq va tajribaliroq bo'lsangiz yetadi.

Qolgani esa noise. Ignore qillishni o'rganing. Maqsadga focus qiling. Chalg'imang.
👍4🔥2
Anchadan buyon bu Errorni ko'rmayotgan edim
🔥8😱2
​​Qiyinchilik insonni kuchli va qanoatli qilib, ortiqcha to‘qlik esa dangasa va noshukr qilib tarbiyalaydi.

Farzandingizni tug‘ilgandan boshlab 12 yoshga kirgunicha tinimsiz ko‘tarib yursangiz, unga mehribonlik emas, zulm qilgan bo‘lasiz. Sababi, 12-yil oyog‘i yerga tegmagan bolangiz endi aslo yura olmaydi!
Dangasalik benamozlikning, maktab- universitetda yaxshi o‘qimaslikning, ishsizlikning, ruhiy tushkunlikning, oilaviy saodatsizlikning, tantiqlik va takasaltanglikning, bachakana va xotinchalishlikning, uyquchilikning, semizlikning, jismoniy zaiflikning, ko‘plab kasalliklarning - BAXTSIZLIKNING eng asosiy sabablaridandir. Men, tabiiyki, bolalarni bunday ishlatishni taklif qilmayapman, biroq suratdagi bolaning yuzidagi jiddiylik va tanasidagi matonat aksar bolalarda uchraydigan zaiflik va bachkanalikdan yaxshiroq ekani shubhasiz.
Farzandingizdan dangasalikni kerkazib bering, qolgan barcha yutuqlarga o‘zi erishib oladi, in shaa Alloh.

© Ustoz Mahmud Usmon 🌟
🔥8👍32
📦 xlsx-stream-workbook
Node.js uchun yangi kutubxona!
Katta Excel fayllarni memory muammosiz yaratish uchun streaming yechim.

Nimaga kerak?
Oddiy xlsx kutubxonalar 100K+ qatorli data bilan ishlaganda memory to'lib ketadi. Bu kutubxona streaming orqali yozadi — xotira tejaydi, tezkor ishlaydi.

Imkoniyatlari:
📊 Bir Excel faylda ko'plab sheetlar
📋 Vertikal bo'limli jadvallar (KPI reportlar uchun)
100K+ qatorlarni muammosiz yozish
💾 Fayl yoki Buffer formatda saqlash

Natijalar:
10,000 qator → 0.5 sekund
100,000 qator → barqaror ishlaydi
Memory → minimal


npm install xlsx-stream-workbook

#nodejs #npm #excel #opensource
👍7🔥2
Yangi telefon.
Yangi kompyuter.
Yangi ishxona.
Yangi oila.
Yangi kundalik.
Yangi rejalar.
Yangi hafta.
Yangi oy.
Yangi yil.

#kuzatuv
Nimaga "yangi"lar kelib, ketib bormoqda-yu, biz o'zgarmayabmiz?!

Chunki eng muhimlari eskiligicha qolmoqda:
- eski zararli va behuda odatlar;
- eski ma'siyat va shubhalilar;
- eski "krug"lar;
- eski nosog'lom dunyoqarash,..

Asli nimani yangilash kerakligini tushungandirsiz.

© ULUL ALBAB yozdi
5👍1🔥1
Forwarded from Far·hod·jon
Menimcha, veb interfeys qurish bo’yicha eng foydali qo'llanmani topdim. Ishingizning ozgina qismi ham interfeys qurishga bog’liq bo’lsa, bu qo’llanma juda foydali bo’ladi. Ayniqsa, frontend/veb dasturchilar va dizaynerlar uchun.

Web Interface Guidelines

Vercel o’zi alohida ajralib turadigan kompaniyalardan biri. Yaxshi kontent va mahsulotlar qiladi.
🔥5
Tez yozish — yaxshi dasturchi degani emas

Bugungi kunda ko‘p uchrayotgan bir qarash bor: go‘yoki tez kod yozadigan dasturchi — kuchli dasturchi. Shu fikrga munosabat bildirish uchun qisqacha o‘z fikrimni bo‘lishmoqchiman.

Tez kod yozish muammoni tez va to‘g‘ri hal qilish degani emas. Ba’zan bir muammo uchun 10 marta trash code yoziladi, ammo baribir to‘g‘ri yechim topilmasligi mumkin. Aksincha, sekin yozadigan dasturchi muammoni chuqur tahlil qilib, aniq va samarali yechim taklif qilishi mumkin.

Mashhur misol bor:
Agar daraxt kesish uchun 10 soat vaqt berilsa, shundan 9 soatini boltani o‘tkirlashga sarflash kerak.

Dasturlashda ham xuddi shunday. Muammo berilishi bilanoq kod yozishga shoshilish ko‘pincha jarayonni cho‘zadi.

Muammoni hal qilishning eng yaxshi yo‘li — uni har tomonlama o‘rganish, qiyosiy tahlil qilish. Siz yechimni bilishingiz mumkin, ammo boshqalar undan ham yaxshiroq yechim taklif qilgan bo‘lishi ehtimoli bor — ularni ko‘rish va o‘rganish muhim.

Loyihaga kirishda ham aynan shu yondashuvni inobatga olish lozim.
🔥6