Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.24K subscribers
273 photos
63 videos
82 files
400 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22

Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi
Download Telegram
⚡️ Rasman: bu yil 18,4 ming xotin-qizga o'qishga kirish uchun tavsiyanoma berildi. Bu — o'tgan yilgidan kam

◾️ Respublika bo‘yicha jami 18 481 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi, 18 372 nafar talabgorga tavsiyanoma berish rad etildi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabar berishicha, talabgorlarning mobil telefon raqamiga tavsiyanoma berishga tavsiya etilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuborilgan. Shuningdek, tavsiyanoma olish uchun ariza bergan xotin-qizlar xotin-qizlar.uz elektron platformasi orqali o‘zlarida tavsiyanoma bor yoki yo‘qligini tekshirish imkoniyati yaratilgan.

2023-yilda tasviyanoma uchun 50,6 ming talabgor ariza bergan. Shundan 38,7 mingiga tavsiyanoma berilgandi.

Ajratilgan grant — 2 mingta.

@TEXNIKUMLAR
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Abituriyentlar diqqatiga

📆 2024-yil 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59 da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

📱 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng ma’lumotlaringizni o‘zgartira olmaysiz.

Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan oldinroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni, ma’lumotlaringizni va to‘lov amalga oshirilganini shaxsiy kabinetingizdan tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

@TEXNIKUMLAR
⚡️❗️Қабул тугашига атиги 1 кун қолди.

23 июнь соат 18:00 ҳолатига олий ва профессионал таълим муассасаларига қабул қилиш бўйича 650 минг 715 нафар абитуриент рўйхатдан ўтди.

Шундан:

жорий йил битирувчилари — 350 минг 647 нафар;
аввалги йиллар битирувчилари — 300 минг 068 нафар.

Абитуриентларнинг гендер таркиби бўйича тақсимоти:

эркаклар — 308 минг 392 нафар;
аёллар — 342 минг 323 нафар.

@TEXNIKUMLAR
❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.

📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

@TEXNIKUMLAR
⚡️ To'lov uchun yana qo'shimcha 1-kun beriladi

◾️25-iyun kuni soat 23:59 da OTM va professional ta’lim muassasalariga qabulning birinchi bosqichi tugaydi. Lekin abituriyentlar ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

❗️ Bugun — ma'lumotlarni tahrirlash mumkin bo'lgan oxirgi kun.

Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!

@TEXNIKUMLAR
Бугун ОТМларга ҳужжатларни қабул қилиш якунланади

Имтиҳонлар қачон ўтказилади?

Давлат олий таълим муассасалари ҳамда коллеж ва техникумларга қабул қилиш бўйича имтиҳонлар июль-август ойларида ўтказилади. Рўйхатдан ўтишнинг биринчи босқичи якунлангандан сўнг, 1-25 июль кунлари ижодий имтиҳонлар, 14-28 июл кунлари тест синовлари ўтказилиши режалаштирилган.

@TEXNIKUMLAR
⚡️Қабул жараёни якунланди

Абитуриентлар сони охирги 6 йилда энг кам миқдорни ташкил этди.

Кеча тунда абитуриентларни рўйхатга олиш якунланди. Маълумотларга кўра, 2024/2025 ўқув йили учун 894 279 нафар абитуриент рўйхатдан ўтган. Шундан:

бу йилги битирувчилар — 410 минг 334 нафар;
аввалги йиллар битирувчилари — 483 минг 945 нафар.

Йиллар кесимида абтуриентлар сони (охирги 6 йил):

2019 йил — 1 млн 66 минг 925 нафар;
2020 йил — 1 млн 484 минг 85 нафар;
2021 йил — 948 минг 211 нафар;
2022 йил — 1 млн 214 минг 232 нафар;
2023 йил — 1 млн 18 минг 7 нафар;
2024 йил — 894 минг 279 нафар.

@TEXNIKUMLAR
#qabul2024
#abituriyent

Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni bugun ham amalga oshirsa bo‘ladi

Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan.

Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Hujjat topshirish kecha soat 23:59 da yakunlandi.

Ma’lumot uchun, 2024–2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

@TEXNIKUMLAR
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda

Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin.

Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

@TEXNIKUMLAR
#РАСМАН #ТАРҚАТИНГ
⚡️❗️Тест синовлари 14-июльдан бошланади, мандат 22-августга қадар эълон қилинади

📌 2024/2025 ўқув йили учун олий таълим муассасаларига кириш тест синовлари 2024 йил 14 июлдан 28 июл кунига қадар ўтказилиши режалаштирилган.

📖 Имтиҳонлар 28 июлда якунланади ҳамда 30 июлдан бошлаб 15 кун йўналиш танлаш имконияти яратилади.

📆 13 августда (шу куни ҳам танлаш мумкин бўлади) ушбу муддат якунланади.

7 кунлик муддатдан сўнг мандат ҳисобланади ҳамда 21-22 августда мандат эълон қилинади.

@TEXNIKUMLAR
Янги ўқув йилидан олийгоҳлар қошидаги жами 73 та академик лицейда тажриба тарзида “Халқаро бакалавриат” ва “A-level” дастурлари жорий қилинади.

Бу дастурлар асосида сертификат олган ўқувчилар ўша олийгоҳга имтиҳонсиз, контракт асосида қабул қилинади.

Ёшларимиз хорижий олийгоҳларда ўқиш учун математика, инглиз тили ва илмий фикрлаш бўйича “SAT” имтиҳонини топширмоқда. Бу тестларда 75 фоиздан юқори натижа кўрсатган ўқувчилар чет элни энг нуфузли олийгоҳларига грант ютаяпти.

- Энди бундай ёшларни ўзимизни олийгоҳларга ҳам грантга қабул қиламиз,
- деди Президент.

@TEXNIKUMLAR
⚡️Rasman: Oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

Natijada texnikumni muvaffaqiyatli bitirganlar to'g'irdan-to'g'ri oliygohga 2-3 kursdan qabul qilinadilar!

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Litseyga qabulda maksimal ball qancha?

2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.

📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:

🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.

@TEXNIKUMLAR
#qabul2024
#akademik_litsey
#infografika

Akademik litseylarga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi

2-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, 35 186 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

☝️Eslatma, hujjatlar 10-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
#qabul2024
#infografika
#kasbhunarmaktablari

Kasb-hunar maktablariga qabul bo‘yicha arizalar statistikasi

2-iyul soat 18.00 holatiga ko‘ra kasb-hunar maktablariga jami 33 735 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: hujjatlar my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
❗️❗️DIQQAT❗️❗️

🏥ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI BITIRUVCHILAR DIQQATIGA!!!

Tibbiyot bitiruvchilarni OTM ga suhbat asosida oʻqishga kirishda
SUHBAT IMITIHONIGA TAYORLANISH UCHUN KANALIMIZGA TAKLIF QILAMIZ!

BU KANALIMIZDA
OTM GA SUHBAT TAYORLANISH UCHUN:

📑 QARORLAR
🩺 Klinik fanlar
🦠 BIOLOGIYA
🌡 KIMYO
VA BARCHA MAʼLUMOTLAR HUJJAT TOPSHIRISH USULLARI .

SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIGA SUHBAT ASOSIDA HUJJAT TOPSHIRMOQCHILAR UCHUN ALOHIDA TAYORLANISH KURSI MAVJUD!

🗣SUHBAT SAVOLLARI JAVOBLARI VA TUSHISHI EHTIMOLI BOR SAVOLLAR MUHOKAMA QILINADI.

https://t.me/texnikum_suhbat_tayorlanish

Guruhga qo'shilish uchun havolani ustiga bosing 👆👆👆👆

Реклама