Texnikumlar | Rasmiy xabarlar
4.41K subscribers
273 photos
68 videos
92 files
415 links
Янги профессионал таълим тизими–шахс, жамият ва иқтисодиёт манфаатлари интеграцияси.

Саволлар бўлса: texnikumlar@bk.ru почта манзилига юборинг

Реклама бўйича мурожаат: @analytic_22

Техникумлар гуруҳи 👉 @texnikumlar_guruhi
Download Telegram
Айём муборак бўлсин!
Рамазон ойи муборак бўлсин!
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2023

⚡️2023/2024-o‘quv yili qabuli uchun JAVOBLAR VARAQASI

🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

👉Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.

➡️ Fanlar majmuasi @eduuzuniversalbot'da

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Hukumat qarori (№715 11.11.2020)ga ko‘ra:

Kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish jarayoni har yili 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham),

Kollej va texnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni esa har yili 10-avgustdan 10-sentyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Kollejlarga o‘rta yoki boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qilish boshqa muddatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Bunda abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish muddati vazirlikning taklifi asosida Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatdan boshlab bir oydan oshmagan vaqt ichida tashkil etiladi.

Professional ta’lim muassasalariga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.


Ps: Ushbu ma'lumotni hamkasblar va boshqa ilmiy doiradagi insonlarga ham yuborib qo'ying.

@TEXNIKUMLAR
Forwarded from Edu.uz
#profta’lim

704 ta professional ta’lim muassasasida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot oyligi tadbirlari o‘tkazilmoqda

Unda 5 279 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 245 563 nafar 9-11-sinf o‘quvchilari qamrab olinib, ularga o‘rta bo‘g‘in kadrlarning mehnat bozoridagi o‘rni hamda tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yaratilgan sharoitlar tanishtirilib, kasb egallash sirlari yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5359

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Texnikum bitiruvchilarini OTMlarga suhbat asosida qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamat Mamanazorov ma’lum qildi:

"O‘tgan yili texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Ammo, joriy yilda ushbu tartibga bir qator o‘zgartirilish kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan,hozirgi kunda tasdiqlanishi kutilmoqda. Biroq hozirgi vaqtda bu tartib amalda turibdi, shu sababli qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilmagan taqdirda texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qilinadi."

@TEXNIKUMLAR
#Qabul2023
#Professional_taʼlim

⚡️1-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi

🔰 100 dan ortiq kasblardan birini egallash istagida boʻlgan, joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari my.edu.uz elektron platformasi orqali 2023-yilning 1-iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

▪️Platformaga:

tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;

3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda.

@TEXNIKUMLAR
Эслатиб ўтамиз, касб ҳунар коллежлари ва техникумларга қабул жараёнлари ҳали бошланмади.

@TEXNIKUMLAR
Академик лицейларга ўқувчиларни қабул қилишда ёзма имтиҳон бекор қилинади

Коллеж ва техникумларга давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичлари 2 бараварга оширилади.

@TEXNIKUMLAR
#bilasizmi

Bu yil quyidagi platformalar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan:

Akademik litseyga qabul (1-iyundan 10-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Kasb-hunar maktablariga qabul (1-iyuldan 20-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Bakalavriat yo‘nalishlariga qabul (20-iyundan 20-iyulga qadar)
👉 my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz

Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

@TEXNIKUMLAR
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Ushbu toifadagi abituriyentlar 2023-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#infografika

⚡️Qabul tugashiga 5 kun qoldi

2023-yil 15-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra kasb-hunar maktablariga jami 99 781 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: hujjatlar my.edu.uz elektron platformasi orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Ta'lim nazorati
#eslatma

⚡️Ertaga akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadi

📆
2023-2024-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-iyul kuni ikki smenada o‘tkaziladi. Bunda:

1️⃣-smena — 09:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 07:30) da;
2️⃣-smena — 15:00 (imtihonga yetib kelish vaqti — 13:30) da boshlanadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.

📺📺 Ushbu jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini istalgan joydan https://test2023.uz/ platformasida onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Litsey imtihonlarining javobi 5 kun ichida chiqadi

24-iyul kuni 28 ming abituriyent o‘quvchi uchun litseylarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Katta sig‘imli binolarda xuddi kirish imtihonlariga o‘xshash bo‘lgan imtihonni Bilim va malakalarni baholash agentligi o‘tkazib berdi.

Endi BMBA test varaqalarini tekshirib bo‘lgach, javoblar 5 kun ichida e’lon qilinadi.

@TEXNIKUMLAR
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️Yuridik texnikumlariga hujjat topshirish 1-avgustdan boshlanadi

Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2023/2024 oʻquv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 20-avgustgacha (20-avgust kuni ham) davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi.

Yuridik texnikumlarga oʻquvchilarni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish boʻyicha qabul parametrlari bilan yuqoridagi jadval orqali tanishishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM