Termiz tumani hokimligi
2.13K subscribers
18.9K photos
2.44K videos
14 files
8.82K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
Yengil atletika musobaqalarining Termiz tuman bosqichi o‘tkazildi

Bugun "Besh tashabbus olimpiada"si doirasida yengil atletika musobaqalarining Termiz tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqalar 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifalari doirasida o’tkazildi.

Musobaqalar yakuniga ko'ra o'g'il bollar o‘rtasida 16-21 yosh toifasida:
🥇-o'rinni “Qoraxon” mahallasi;
🥈-o'rinni “Qo'ng'irot” mahallasi;
🥉-o'rinni “Gulbahor” mahallasi.

Qiz bollar o‘rtasida 16-21 yosh toifasida:
🥇-o'rinni “Gulbahor” mahallasi
🥈-o'rinni “Guliston” mahallasi
🥉-o'rinni “Navro‘z” mahallasi jamoalari egalladi.

🏆 G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, musobaqaning viloyat bosqichi yo‘llanmasiga ega bo'lishdi .

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Biz odamni nimani bilishiga qarab emas, nimadan quvonishiga qarab anglaymiz.

📝 Rabindranat Tagor

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan

Termiz tumanida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari va diniy soha vakillaridan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan davlat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, tuman hokimligida o‘tkazilgan uchrashuv davomida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirish hamda aholini, ayniqsa yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan asrash yuzasidan ma’ruzalar qilinib, “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi.

Tuman bo‘ylab mahalla va ta’lim muassasalari hamda boshqa jamoat joylarida targ‘ibot tadbtirlari davom etmoqda.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Х
Termiz tumanida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari va diniy soha vakillaridan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari maktablarda bo‘lib o‘tmoqda.

Maktablarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda yuqori sinf o‘quvchilari, o‘quvchilar, ota-onalar ishtirok etishmoqda.

Uchrashuvlarda targ‘ibotchilar ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘quvchilarni Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash hamda aholini, ayniqsa yoshlarni diniy mutaassiblik, turli yot g‘oyalar tahdidlaridan asrash yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

Tadbirlarda ishtirokchilar uchun “Tinchlik qadri” nomli videofilm namoyish etildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Х
UzA | Surxondaryoda ibratli oilalar saralanmoqda

15 may – Xalqaro oila kuni

Surxondaryo viloyatida 15 may--Xalqaro oila kuniga bag‘ishlab qiziqarli ko‘rik-tanlov, sport bellashuvlari va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish ajoyib an’anaga aylangan.

Termiz tumani madaniyat bo‘limida ushbu sana munosabati bilan tashkil etilgan "Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi" ko‘rik-tanlovi tuman bosqichida mahallalardagi eng namunali oilalar bellashdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/597622

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Х