Termiz tumani hokimligi
2.08K subscribers
20.5K photos
2.61K videos
15 files
9.41K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ -787-IV sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra:
ovoz berish jarayoni davomida fuqarolar tomonidan shikoyatlar kelib tushsa, tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topganda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqariladi;

so‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi;

majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarini oldini olish maqsadida ovoz berish bosqichi muddati 10 kunga kamaytiriladi;

Xalq deputatlari hududiy kengashlari ham gʻolib loyihalarni eʼlon qilish vakolatiga ega boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
💼 Tayinlov

Sattarov Raxmatilla Muxamadiyevich Termiz tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1970-yil Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshket moliya institutini, 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi, bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari.

Raxmatilla Sattarov mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli vazifalarda, xususan, Termiz, Angor, Qumqo‘rg‘on va Qiziriq tumanlarida davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, viloyat soliq boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar 2022-yildan buyon Jarqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Qahramon mahallasida aholi muammolari o‘rganildi

Bugun Termiz tumani hokimi, 1-sektor rahbari Shuxrat Nazarov Qahramon mahallasida aholini qiynab kelayotgan muammolar, fuqarolar kayfiyatiga salbiy ta'sir etuvchi holatlarni uyma-uy yurgan holda o‘rgandi.

Mahalla "yettiligi" bilan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aholi bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va muammolari tinglandi. Sayyor qabul shaklida xonadonbay o‘rganishlar davomida ichki yo‘llarni ta'mirlash, ichimlik va oqova suv ta'minoti, bandlik hamda davolanish kabi masalalarda 10 ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Hududda infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi va mas'ullarga tegishli vazifalar topshirildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo teleradiokanalining “Munavvar tong” musiqiy dam olish dasturida Termiz tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Bog‘cha faoliyati, bolalarga berilayotgan ta’lim va tarbiya jarayonlari haqida ma’lumotlar hamda beg‘ubor bolalarning chiqishlari namoyish etilgan ko‘rsatuvni tomosha qilishni tavsiya etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Metan narxini bozor belgilaydi – tarmoq tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Prezidentimiz topshirig‘iga binoan Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda metan narxining yuqori chegarasi bekor qilinganligi, davlat narx belgilanishiga aralashmasligi hamda narxni bozor belgilashi ma’lum qilindi. Shuningdek, davlat rahbari hukumatga bu borada bozor mexanizmlarini joriy etish bilan birga, gaz narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berdi.

Kecha mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash, narxlarning asossiz oshirilishini oldini olish hamda bu borada tarmoq tadbirkorlariga tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida Denov, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi hamda Termiz shahar hokimligida Angor, Sherobod, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Bandixon, Boysun, Termiz tumanlari hamda Termiz shahridagi metan “zapravka”lari rahbarlari bilan sektorlar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari mutasaddilari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Unda metan narxlarining bozor tamoyillari asosida shakllanishini va sog‘lom raqobat muhitini taminlash lozimligi, narxlarning asossiz oshirilishi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi. Bu borada tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berilib, mutasaddilar va sektor rahbarlariga metan narxlarining bozor mexanizmlari asosida shakllanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish vazifasi topshirildi.

Viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumanida "Yulduz" AJga qarashli metan “zapravka”da, narx-navo bilan qiziqdi hamda sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashib, umumiy holatni o‘rgandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Siyosiy-ma’rifiy bilim — samarali davlat fuqarolik xizmatini ko‘rsatishda muhim

Davlat xizmatchilari uchun muhim bo‘lgan siyosiy-ma’rifiy bilimlarni oshirib borish, O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan xabardor qilish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotining navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi o‘quv soatida Termiz tumani hokimligi apparati xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Davlat xizmatchilari uchun ushbu sonda O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti, “Davlat xizmatchisi va mediasavodxonlik: ehtiyoj va natija” mavzusida videolavha hamda “Mahalladan gapiramiz” va “Mutolaa vaqti” ruknlari namoyish etildi.

Mazkur o‘quvning to‘liq shaklini Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сайлов_2024

Сайлов кампанияси нима ва у қандай босқичлардан иборат?

💬 Сайлов кампанияси – бу сайловларга тайёргарлик кўриш ва уларни ўтказиш даври ҳисобланади.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxondaryo
Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi o‘tkazilmoqda

Dunyo bo‘ylab Butunjahon ona suti bilan oziqlantirish haftaligi munosabati bilan e’lon qilingan YUNISEF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qo‘shma hisobotida so‘nggi 12 yil ichida bu borada ijobiy o‘sish tendensiyasi kuzatilayotganligi, xususan, ana shu davrda sayyoramiz bo‘yicha ona suti bilan oziqlanadigan olti oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlar soni 10 foizga ko‘paygani qayd etilgan.

Haftalik doirasida O‘zbekistonda ham ko‘plab tadbirlar, targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Termiz tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida ona suti bilan oziqlantirishning afzalliklari, ona va bola salomatligini asrashdagi o‘rni haqida keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tibbiyot maskanlarida ona suti bilan oziqlantirishning afzalliklari haqida ma’lumot beruvchi bannerlar ilinib, fuqarolarga bukletlar tarqatilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site