Termiz tumani hokimligi
2.08K subscribers
20.5K photos
2.61K videos
15 files
9.41K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
Ijtimoiy soha obyektlari va sanoat korxonasi faoliyati bilan tanishildi

Bugun Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda qo‘shimcha o‘quv binolari qurilishi bilan tanishish maqsadida tumandagi 11- va 36-sonli maktablarga tashrif buyurdi.

Mutasaddilar bilan maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlarining borishi, shuningdek, investitsiya dasturi asosida qo‘shimcha o‘quv binolarini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ishlarni jadallashtirish, belgilangan muddatda qurilish ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, tuman rahbari yiliga 60 ming tonna boyitilgan omuxta yem ishlab chiqarayotgan “Afrosiyob Parranda” MChJ faoliyati bilan tanishdi. 2020 yilda ishga tushirilgan loyihaning umumiy qiymati 71,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Tadbirkor bilan suhbat davomida loyihani kengaytirish va ish o‘rinlari sonini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya ishini Kengash raisi o‘rinbosari Soatmurod Nazarov boshqarib bordi. Unda Kengash deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kengash kotibiyati, aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Deputatlar tomonidan kun tartibidagi yigirma birta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Har bir masala yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Deputatlar masalalar yuzasidan mas’ullarga savol va takliflarini berishdi hamda ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan mas’ullarning javoblari olindi.

🌐 Sessiya ishi tuman hokimligi Axborot xizmatining Facebook.com ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib borildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ -787-IV sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra:
ovoz berish jarayoni davomida fuqarolar tomonidan shikoyatlar kelib tushsa, tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topganda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqariladi;

so‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi;

majburiy ovoz berishga jalb etish holatlarini oldini olish maqsadida ovoz berish bosqichi muddati 10 kunga kamaytiriladi;

Xalq deputatlari hududiy kengashlari ham gʻolib loyihalarni eʼlon qilish vakolatiga ega boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
💼 Tayinlov

Sattarov Raxmatilla Muxamadiyevich Termiz tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1970-yil Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshket moliya institutini, 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi, bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari.

Raxmatilla Sattarov mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli vazifalarda, xususan, Termiz, Angor, Qumqo‘rg‘on va Qiziriq tumanlarida davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, viloyat soliq boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar 2022-yildan buyon Jarqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Qahramon mahallasida aholi muammolari o‘rganildi

Bugun Termiz tumani hokimi, 1-sektor rahbari Shuxrat Nazarov Qahramon mahallasida aholini qiynab kelayotgan muammolar, fuqarolar kayfiyatiga salbiy ta'sir etuvchi holatlarni uyma-uy yurgan holda o‘rgandi.

Mahalla "yettiligi" bilan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aholi bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va muammolari tinglandi. Sayyor qabul shaklida xonadonbay o‘rganishlar davomida ichki yo‘llarni ta'mirlash, ichimlik va oqova suv ta'minoti, bandlik hamda davolanish kabi masalalarda 10 ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Hududda infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi va mas'ullarga tegishli vazifalar topshirildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter