Termiz tumani hokimligi
2.08K subscribers
20.5K photos
2.61K videos
15 files
9.41K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
Sayyor qabul: Nurli diyor mahallasi aholisining murojaatlari tinglandi

Aholining muammo va murojaatlarini tez va manzilli o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Nurli diyor mahallasi aholisi uchun mahalla idorasi binosida o‘tkazildi. Termiz tumani hokimi Shuhrat Nazarov rahbarligida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning elektr energiya, gaz, ichimlik suvi ta’minoti, moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash kabi qator masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Har bir ko‘tarilgan masala mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqildi va muammolarga yechim izlandi. Jumladan, o‘ndan ortiq murojaatning aksariyati qabul davomida hal etilib, ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish berildi.

Beshta murojaat ijrosi qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qilganligi sababli mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyamiz Chelyabinsk shahrida tashkil etilgan biznes forumda ishtirok etdi. Forumda Surxondaryoning investitsion salohiyati, mavjud imkoniyatlari haqida taqdimotlar qilindi.

Viloyatimiz rahbari rossiyalik tadbirkorlarni hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga taklif etib, bu borada barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ta’kidladi. Shuningdek, Chelyabinsk viloyati mutasaddilari ham kelgusida hamkorlik istiqbollari, o‘lkadagi mavjud salohiyat va imkoniyatlar bilan tanishtirishdi.

Forum doirasida ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasida “B2B” formatidagi qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra mato, meva va sabzavotlar eksportini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shundan so‘ng, delegatsiyamiz hududdagi tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi «Moy biznes» markazi faoliyati bilan tanishdi. Viloyat rahbari markaz tajribasini puxta o‘rganish va vohamizda joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarini amalga oshirish topshirig‘ini berdi.

#Surxondaryo #Chelyabinsk #biznesforum #muzokaralar #kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo Rossiya hududlari bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirmoqda

Viloyatimiz rahbari Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi Surxondaryo delegatsiyasi ikki kunlik tashrif bilan Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida bo‘ldi.

Ayni vaqtda delegatsiyamizning tashrifi Novosibirsk viloyatida davom etmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
🛡#cybermonth2024

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish - davr talabi

"Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida Termiz tuman Ichki ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig'i Sanjar Kabilov tomonidan fuqarolar o‘rtasida kiber jinoyatlarning oldini olish, firibgarlarga aldanib qolmaslik yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda bu kabi firibgarlik jinoyatlaridan saqlanish, bunday holatlarda qanday choralar ko‘rish lozimligi yuzasidan targ‘ibot buketlari tarqatildi.

Tuman bo‘ylab oylik doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM