Termiz tumani hokimligi
2.1K subscribers
20K photos
2.55K videos
14 files
9.21K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
〰️〰️〰️

Anqara shahrida Prezidentimizni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
〰️〰️〰️

Anqara shahrida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.
〰️〰️〰️

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an raisligida O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
〰️〰️〰️

Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Muvaffaqiyat - faqat intiluvchan odamgagina nasib qiladi.

Qiyin sharoitda tushkunlikka tushadiganlarni esa juda kam yo‘qlaydi.


 ©Javoharlal Neru

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik rivojida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
⚡️TerARIda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga!

Termiz agrotexnologiyalar va innovasion rivojlanish institutida  2024-2025-o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadidaCall-center” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

❗️Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin:

☎️ +998 76 363 3224;
☎️ +998 76 363 3225;
☎️ +998 76 363 3226;
☎️ +998 76 363 3227;
☎️ +998 76 363 3230.

📱 +998 95 555 2358 (Mas’ul kotib)

“Call-center” ish rejimi:
🗓 dushanbadan shanbagacha;
🕚 soat 8:00 dan 18:00 ga qadar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Siyosiy-ma’rifat soati | Davlat xizmatchilarida kreativ fikrlash — davrning muhim talabi

Davlat xizmatchilari uchun har haftaga rejalashtirilgan Siyosiy-ma’rifat soatining bu haftaga mo‘ljallangan onlayn mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Onlayn mashg‘ulotda tuman hokimining o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari hamda korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Bugungi o‘quv soatida “Davlat xizmatchilarida kreativ fikrlash — davrning muhim talabi” mavzusidagi videolavha namoyishi hamda “Mahalladan gapiramiz”, “Mutolaa vaqti” ruknlari shuningdek, yurtimiz va xorijda ro‘y berayotgan muhim voqea-hodisalar sharhiga to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur o‘quvning to‘liq shaklini Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda You tube`dagi rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
13 июнь куни Республика болалар кутубхонасида “Меъморий меросни асраш. “Tashkent Modernism XX/XXI” лойиҳасининг навбатдаги қадамлари” маърузаси бўлиб ўтади.

Маърузада “Tashkent Modernism XX/XXI” лойиҳасининг устувор мақсадлари, ХХ аср меъморий ёдгорликларини муҳофаза қилиш бўйича олиб борилган тадқиқот ва стратегик фаолиятга атрофлича ойдинлик киритилади.

Нотиқлар: Давиде Дел Курто, София Челли ҳамда Екатерина Головатюк.

Бўлғуси меъмор ва маданий меросни асраш мавзусига дахлдор ва қизиқувчи барча мухлисларни лутфан таклиф этамиз.

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Agar siz har bir hurgan itga tosh otish uchun to‘xtatsangiz, siz hech qachon o‘z maqsadingizga  erisha olmaysiz.
©Uinston Cherchill

Odamdagi asosiy narsa aql emas, balki uni boshqaradigan narsalar: xarakter, yurak va yaxshi his-tuyg‘ulardir.
©F. M. Dostoyevskiy

Butun dunyo sizga qarshi turgandek tuyulsa, samolyot shamolga qarshi ko‘tarilishini yodga oling!
©Genri Ford

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Barchani gala konsert tomoshasiga taklif etamiz!

🎧 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqalarining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri munosabati bilan tuman markazidagi "Marvarid" dam olish maskanida soat 17:00 da gala-konsert dasturi bo'lib o'tadi.

Dastur mehmoni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Xalq artisti Mahmud Namozov.

Tumanimiz aholisi va barcha yoshlarini taqdirlash marosimi hamda konsert dasturiga taklif etamiz!

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Termiz tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi

Bugungi kunda jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi keng yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun Termiz tumani hokimligida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar tahlili, ularning oldini olish borasida olib borilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Unda tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari, aloqador tashkilot va idoralar hamda mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirok etishdi.

Dastlab, tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida olib borilayotgan ishlarning tahliliy o‘rganish natijalari o‘qib eshittirildi. Ayrim jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha mas’ullar tomonidan yetarli choralar ko‘rilmaganligi tanqid qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Tumanda og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi, ayniqsa oila turmush doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan tan jarohati yetkazish, firibgarlik kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” ishlash tizimi bo‘yicha ishlash, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida keng qamrovli profilaktik tadbirlarni kuchaytirish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter