Termiz tumani hokimligi
2.13K subscribers
18.9K photos
2.44K videos
14 files
8.82K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
Bugun “Surxon arena” sport majmuasida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” musobaqalarining taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan quyidagi jamoalarga kubok, medal hamda sertifikatlarni tantanali topshirdi.

Mini futbol bo‘yicha qiz bolalar o‘rtasida:
🥇-o‘rin – Qumqo‘rg‘on tumani 42-maktab jamoasi;
🥈-o‘rin – Boysun tumani 32-maktab jamoasi;
🥉-o‘rin – Termiz shahri 7-maktab jamoasi.


Futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇-o‘rin – Sherobod tumani 27-maktab jamoasi;
🥈-o‘rin – Qumqo‘rg‘on tumani 24-maktab jamoasi;
🥉-o‘rin – Termiz tumani 36-maktab jamoasi.

Ma’lumot uchun, viloyat hokimi kubogini qo‘lga kiritgan jamoa maktabida sun’iy qoplamali futbol maydonchasi quriladi, 2-o‘rin sohibi bo‘lgan maktabning binosi va sport zali hamda 3-o‘rinni egallagan jamoa maktabida sport zali to‘liq ta’mirlab beriladi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, “Sayxunobod” tajribasini joriy etish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Xususan, Namuna mahallasida “Termez water” MChJning ichimlik suvlarini qadoqlash sexi, Hakim bobo Qosimov hamda Qudratilla Tolipovlarning xonadonlarida issiqxonachilik, limonchilik, bog‘dorchilik, asalarichilik va parrandachilik faoliyatlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2099

#Surxondaryo #Termezwater #Sayxunobodtajribasi #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Har qanday savolga javob berish mumkin, faqat u to‘g‘ri berilsa bas.

📝 Hikmatli so‘zlar

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IQTISODIYOT TAYANCHI: Termiz tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar. Xususan, tumandagi “Ayritom sardori” fermer xo‘jaligida olib borilayotgan g‘alla o‘rimi hamda paxta parvarishi xususida so‘z boradi.

#Surxondaryo_TV

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Fuqarolar murojaatiga tez va samarali yechim topish zarur

Tuman fuqarolarining murojaatlarini tinglab, masʼullar ishtirokida yechim topish maqsadida haftaning har dushanba kuni Termiz tumani hokimligi binosida fuqarolar qabuli o‘tkazib kelinmoqda.

 Bugun ham navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 20 nafar fuqaroning yo‘l taʼmiri, moddiy yordam ajratish, uy-joy, ichimlik suvi, elektr energiya va gaz taʼminoti hamda boshqa masalalardagi murojaatlari tinglandi.

 Murojaatlarning ayrimlari shu yerning o‘zida hal etib berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📢 Diqqat e’lon: Piyoz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi uchun telegram guruhi tashkil etildi

🧅 Surxondaryo viloyati va Rossiya Federatsiyasi hududlari o‘rtasida vohamizda yetishtirilgan piyoz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Ushbu kelishuvlarga asosan viloyatimiz hududlarida tadbirkor dehqonlardan mahsulotlarni sotib olish uchun qabul punktlari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, viloyat rahbarining topshirig‘iga asosan mahsulot yetishtiruvchilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🤝 Ushbu guruh orqali dehqonlar o‘z mahsulotlarini taklif qilishlari, xaridorlar bilan savdolashishi hamda oldi-sotdi ishlarini amalga oshirishlari mumkin.

🔗 Mazkur telegram guruhiga quyidagi haqola orqali ulanishingiz mumkin:
https://t.me/+ptljmi-tTO9lYTgy

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter