Termiz tumani hokimligi
2.13K subscribers
18.9K photos
2.44K videos
14 files
8.82K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
Aholi muammolari mahallalar kesimida o‘rganilmoqda

Termz tumani “Sharof Rashidov” mahallasida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi boshqarma boshlig‘i Ahror G‘ulomov va uyushmaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sherpo‘lat Boyqulov hamda tuman hokimligi, sektor rahbarlari, 2-sektor hududidagi “mahalla yettiligi” ishtirokida aholi muammolar bilan ishlash tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda aholi muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha “Samarqand viloyati tajribasi” asosida “Sharof Rashidov” mahallasida amalga oshiriladigan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi muammolarni hal qilishda mutasaddi tashkilotlar hamkorligini taʼminlash hamda yoshlar va ayollar bandligini taʼminlash borasida masʼullarga muhim topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni vaqtda "Surxondaryo" televideniyesining "Xalq bilan muloqot" ko‘rsatuvi orqali jonli efirda Termiz tumani sektor rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Jonli efirni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/live/HKGlOgeKJCM?si=5OlhGwBAjah1g3xq

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati mirishkor dehqonlari yetishtirilgan g‘alla hosilini yig‘ishtirib olish mavsumini boshlash arafasida turishibdi. Bugun mavsum oldidan Al Hakim At-Termiziy majmuasida tadbir tashkil etildi va jonliq so‘yilib, ehson qilindi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, sektor rahbarlari, tumanlar hokimlari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va xodimlari, diniy soha vakillari hamda faollar ishtirok etishdi.

Viloyat rahbari xalqimizning rizq-ro‘zi bo‘lgan g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan, o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, bunda barcha kuch va vositalarni safarbar qilish lozimligini ta’kidladi. Mas’ullarning hamjihatlikda, soha faxriylarining maslahatlari asosida ishni tashkil etishlari muhimligi qayd etildi.

Tadbir so‘ngida yurt tinchligi, hosillar mo‘l-ko‘lchiligi, boshlanayotgan mavsumni xayrli o‘tkazishni so‘rab duoga qo‘l ochildi, Qur’on tilovat qilindi.

#Surxondaryo #Galla2024 #Ehsontadbiri

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Bilsang, topsang ilojin, bo‘lmagil nodonga do‘st,
Ittifoq bo‘lsang, izhor etmagil asrordin.

📝
Alixon Oraziy

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Termiz tumanida bir chorak davomida 138,8 tonna baliq ovlandi

🏢 Vohamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 463,8 tonna baliq ovlandi. Hududlar kesimida eng ko'p baliq Termiz tumanidagi baliq xo'jaliklarida ovlangan va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 189,2 foizga ko‘p.

⤵️ Hududlar kesimida ovlangan baliq hajmi bilan quyida tanishishingiz mumkin (tonnada):

Termiz – 138,8 tonna;
Sho‘rchi – 98,2 tonna;
Angor – 57,3 tonna;
Uzun – 25,8 tonna;
Jarqo‘rg‘on – 24,4 tonna;
Denov – 22,1 tonna;
Oltinsoy – 17,3 tonna;
Bandixon – 16,7 tonna;
Sariosiyo – 16,6 tonna;
Sherobod – 16,2 tonna;
Qiziriq – 13,0 tonna;
Muzrabot – 10,7 tonna;
Boysun – 4,3 tonna;
Qumqo‘rg‘on – 2,3 tonna;
Termiz sh. – 0,1 tonnani tashkil qildi.

Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, umumiy hajmning 55,5 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Sharof Rashidov mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda

Xabar berilganidek, Termiz tumanining og‘ir hududi sifatida tanlab olingan “Sharof Rashidov” mahallasida “Samarqand viloyati tajribasi” asosida infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun tadbirlar doirasida mahalla aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi. Ayni vaqtda tuproq va ta’mirtalab yo‘llarni toshlash, tekislash hamda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Biriktirilgan mutasaddilar ko‘chalar bo‘ylab xonadonlarda bo‘lib, aholi yashash sharoitlari va muammolarini o‘rganishmoqda. O‘rganish natijalari asosida mahallada kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Hududda keng qamrovli ishlar davom etmoqda.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter