Termiz tumani hokimligi
2.08K subscribers
20.5K photos
2.61K videos
15 files
9.41K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Bolalar hammani yaxshi ko‘radi, ayniqsa unga eʼtibor va mehr ko‘rsatganlarni.

📝 Lev Tolstoy

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Diqqat e’lon: Tanlovda ishtirok etib, mahallangizda sport maydonchasi qurilishi tashabbusini yutib oling!

O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda.

Sport maydonchalari ovoz berish yo‘li bilan g‘olib bo‘lgan mahallalarga qurib beriladi.

❗️Ovozlar joriy yil 10-may tashabbus.sport.uz sayti orqali qabul qilish boshlangan.

Siz ham o‘z mahallangizni tanlang va quyidagi havola orqali ovoz berib, mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi qurilishi tashabbbusini yutib oling!

https://tashabbus.sport.uz/vote

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Х
Fuqarolarning murojaatlari o‘rganilmoqda

Aholi murojaatlarini tinglash, ularga yechim topish maqsadida Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Mas’ullar ishtirokida fuqarolarning moddiy yordam olish, ishga joylashish, uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, suv, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, ichki yo‘llar ta’miri va boshqa masalalardagi o‘n beshdan ortiq murojaatlari o‘rganildi.

Qabulda fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, vaqt va mablag‘ talab qiladigan murojaatlar alohida nazoratga olindi va ijrosi bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
12-may- Xalqaro hamshiralar kuni

Har yili 12-may - Xalqaro hamshiralar kuni sifatida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi. Yurtimizda ham ushbu sana munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Ana shunday tadbirlardan biri O'zMTD partiyasidan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatligiga 7-“At-Termiziy” saylov okrugidan saylangan deputat Akmal Avliyaqulov tashabbusi bilan Viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olganlar har qanday vaziyatda bemorga beminnat ko‘mak berishga tayyor, qo‘li yengil, so‘zi shirin, malakali hamshiralar faoliyatini e’tirof etib, Xalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy qutlashdi.

Shuningdek, bir guruh fidoyi va jonkuyar xodimlar partiyaning esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Sayyor sud: 6 nafar shaxs muddatidan ilgari ozod etildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudi tomonidan Ichki ishlar bo‘limi probatsiya guruhi nazoratida bo‘lgan shaxslar ishtirokida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sayyor sud jarayonida Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslarga  sud insonparvarlik tamoyiliga tayanib, haqiqatda mehnatga halol munosabatda bo‘lgani va jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga kirgan 6 nafar shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Shuningdek, Probatsiya nazoratida bo‘lgan ishsiz fuqarolar uchun navbatdagi “Ishga marxamat” bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Ba’zan uzoqlashmoq kerak, yaqinlashmoq uchun. Ba’zan eslamoq kerak, eslanmoq uchun. Ba’zan yig‘lamoq kerak, ochilmoq uchun. Ba’zan sukut yaxshidir, tinglamoq uchun.


📝 Shamsi Tabriziy

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
📢 Diqqat e'lon: Sudyalar oliy maktabiga qabul davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2024/2025 o‘quv yili uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy huquq ixtisosliklari bo‘yicha qabul e’lon qilindi.

Tayyorlash kursiga o‘ttiz to‘rt yoshdan kichik bo‘lmagan (shuningdek, joriy yilning 31-dekabr kuniga qadar o‘ttiz to‘rt yoshga to‘ladigan), oliy yuridik ma’lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash bir yillik magistratura ta’lim dasturi bo‘yicha davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

❗️ Talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
tayyorlash kursining tegishli ixtisosligi yo‘nalishini ko‘rsatgan holda Sudyalar oliy maktabi direktorining nomiga ariza;
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) nusxasi;
ma’lumotnoma-obyektivka (yozma va elektron shaklda);
tayanch oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi bakalavr diplomi (ta’lim yo‘nalishi: yurisprudensiya; ta’lim shifri: 5240100 yoki 5380100) va ilovasining notarial tarzda yoki tashkilotning kadrlar bo‘limida tasdiqlangan nusxalari, agar diplom tan olingan (nostrifikatsiya qilingan) bo‘lsa, bu haqdagi hujjat nusxasi;
mehnat daftarchasining notarial tarzda yoki tashkilotning kadrlar bo‘limida tasdiqlangan nusxasi yoki my.gov.uz interaktiv davlat xizmatlari orqali olingan va maxsus kod (QR-kod) mavjud bo‘lgan elektron nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 31-dekabrdagi 363-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan shakldagi odil sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yo‘qligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma (086/1 shakl).

📆 Talabgorlardan ariza va hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 7-mayidan boshlangan bo‘lib, 7-iyunga qadar (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) davom etadi.

Ariza va hujjatlar viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sudyalari malaka hay’atlari yoki bevosita Sudyalar oliy maktabi qabul komissiyasiga taqdim etilishi mumkin.

☎️ Ma’lumot uchun tel: (998) 55-501-02-40.

📍 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
“So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar e’lon qilindi

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilingan tavsiyalarda bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 gacha faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilishi ma’lum qilingan.

Shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran, kafelar va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli pul mablag‘larini yig‘ish;

bitiruv tadbirlarida o‘quvchilardan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish;

o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X