Termiz tumani hokimligi
2.08K subscribers
20.5K photos
2.61K videos
15 files
9.41K links
Termiz tumani hokimligining rasmiy axborot kanali

Veb sayt: www.tertu.uz

Facebook: www.facebook.com/termiz.tuman.hokimligi

Telegram: https://t.me/termiztumanhokimligi

Twitter: @TermizX

Murojaat uchun: @termizt_hokimga_Murojaat_bot
Download Telegram
“Biz - sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Termiz tumanidagi umumta’lim maktablarida o‘quvchi yoshlarni turli yot g‘oyalar, xususan, turli yuqumli kasalliklardan asrash maqsadida “Biz - sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Soha mutaxassislari ishtirok etgan tadbirlarda yoshlarga ushbu kasalik va uning ayanchli oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida rasmlar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: t.me/termiztumanhokimligi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Hurmatli haydovchilar va avtotransport egalari diqqatiga!

Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ayrim AYOQShlarda “Ai-80” markali avtobenzinni “Ai-95” markasida ko‘rsatib qimmat narxlarda sotish holatlari aniqlangan. Viloyatimiz hokimining tegishli ko‘rsatmasi bilan hozirda ushbu holatlarga chek qo‘yish, kelgusida oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ilova qilinayotgan jadvallar orqali kecha, 15-yanvar kuni AYOQShlarga yetkazib berilgan avtobenzin hajmlari, mavjud qoldiq va markalari bilan hududlar kesimida tanishib olishingiz mumkin.

Hurmatli iste’molchilardan avtobenzin xarid qilishda e’tiborli bo‘lishlarini, yuqoridagi kabi holatlarga duch kelgan taqdirda huquqni muhofaza qiluvchi yoki soliq organlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: Xalqni aldab, arzon markali benzinni qimmati deb sotish bu vijdonsizlik. Bu holatlarning barchasiga chek qo'yamiz!

Surxondaryo viloyati hokimi kuni-kecha o‘tkazilgan “Hokimlik soati” yig‘ilishida yoshlarga kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda o‘z yo‘lini topishga ko‘maklashish, yoshlarni turli yot g'oyalar ta'siridan asrash masalalari hamda AYOQShlarda “Ai-80” markali avtobenzinni “Ai-95” markalisi deb sotish holatlari aniqlanganligiga to‘xtalib o‘tdi.

Aholining iste'mol huquqlarini himoya qilish, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish yuzasidan mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Dunyoda mutlaqo noto‘g‘ri narsa yo‘q. Hatto buzilgan soat ham kuniga ikki marta aniq vaqtni ko‘rsatadi.

📝 Hikmatli so‘zlar

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi va o‘rinbosarlari saylandi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi.

Quronboyev Qahramon Qo‘chqorovichO‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga saylandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek:
Inog‘omov Jovdatxon Sultanovich – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari;

Aslonov Abdullo Ubaydulloyevich – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Ma’lumot o‘rnida, Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy ta’minot sharoitlari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#Bu muhim

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning pensiyaga oid murojaatlari uchun yangi 12-71 qisqa raqamini ishga tushirdi.


Mazkur qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qilish orqali fuqarolar o‘zlarining pensiyaga oid savollariga mutaxassislardan javob olishlari yoki murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

Ma’lumot uchun: Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam va boshqa nafaqalarga oid masalalar bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari uchun 11 - 40 qisqa raqami Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazilib, faoliyati davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar shu kunlarda viloyatimizda ham jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Termiz tumanida tashkil etilgan ko‘chat ekish va parvarishlash masalalariga bag‘ishlangan seminar xususida hozirgi lavhamizda so‘z boradi.

#Surxondaryo_TV

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
“Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri davom etmoqda

Termiz tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida tumandagi “Gulistorn” mahallasidagi harbiy qismda 4-sektor hududidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Vatanparvarlik ruhida o‘tgan tadbirda ishtirok etgan o‘quvchilar harbiylar faoliyati va hayoti bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, tadbirda san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashilgan bo‘lsa, harbiylarning jangovar ruhidagi ko‘rgazmali chiqishi, qurol-aslaha va texnikalar namoyish o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: t.me/termiztumanhokimligi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Hokim va yoshlar uchrashuvi ochiq muloqot tarzda o‘tkazildi

Bugun tumandagi yoshlarning muammolari hamda takliflarini tinglash maqsadida Termiz tuman hokimi Shuxrat Nazarovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda tuman yoshlarining muammolari, qiziqishlari va o‘zini band qilish borasidagi takliflari tinglandi.

Har bir murojaatning amaliy ijrosi bo‘yicha tuman hokimi mutasaddi tashkilot rahbarlariga muhim topshiriq va vazifalar belgilab berdi.

Yoshlar tomonidan qilingan murojaatlarining ba’zilari shu joyning o‘zida bartaraf etildi va amaliy yordam berildi.

Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: t.me/termiztumanhokimligi
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter