Tergov departamenti
6.91K subscribers
9.79K photos
1.27K videos
1 file
5.29K links
IIV huzuridagi Tergov departamentining rasmiy kanali | Официальный канал Следственного департамента при МВД

Ссылки:
Сайт: tergov.uz
Facebook: facebook.com/tergov.uz
Instagram:instagram.com/tergov_uz
YouTube:youtube.com/c/tergovuz
Download Telegram
KIM TOSH OTDI?

..
.Ish bilan tanishib chiqarkanman, shoshib qoldim. Sababi jabrlanuvchining ko’zi ojiz, bir metrdan uzog’ini ko’rmaydi. YOlg’iz yashaydi, na yaqinlari, na qarindoshlari bor. Davlat tomonidan uni moddiy ahvolini yaxshilash va uy bilan ta’minlash maqsadida, ko’zi ojizlar jamiyati binosining bir qismi, uy tariqasida berilgan...Davomini o‘qish

Osmonning koʼz yoshlari (15-hikoya)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube
QOYILMAQOM REJA

Kafolat beramanki, hech kimning xayoliga bunday ajoyib fikr kelmasa kerak. G’ayratning kallasiga kelgan bu fikrdan men, ochig’i hayron bo’ldim. G’ayrat ko’p gapiradigan, o’zini aqlli qilib ko’rsatishni istaydigan va albatta, o’ta ayyor odam. Men u bilan yetti-sakkiz yil avval jazoni ijro etish koloniyasida tanishib qolganman. Ikkalamiz bir tumandan ekanligimiz sababli ancha ahil bo’lib qoldik, ozodlikka chiqqandan so’ng tez-tez ko’rishib...Davomini o‘qish

Osmonning koʼz yoshlari (16-hikoya)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube
VATANPARVAR

Bugun men uchun unutilmas kun. Negaki yangi ish boshlagan maktabimda ilk darsimni o’taman. A’lo kayfiyat va bir olam o’y-xayollar bilan ko’chada turganimda yonimga “Spark” avtomashinasi kelib to’xtadi. Manzilimiz bir ekan, mashinaning old o’rindig’iga o’tirgan ham edimki, orqa o’rindiqdan “Assalomu alaykum” degan ovoz eshitildi. Salomga alik olib, orqamga o’girilsam...Davomini o‘qish

Osmonning koʼz yoshlari (17-hikoya)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube
TOVLAMACHI

...Haydovchi yalt etib Qimmatxonga qaradi, biroq uning kaftini tizzasidan olib tashlamadi. Qim­matxon vaziyatdan foydalanib, bir qo’li bilan mashina salonidagi buyumlar qutisini ochdi va ichidagi hamyonni oldi. Voqeaning qolgan qismi ko’z ochib yumguncha sodir bo’ldi. Qimmatxon hamyonni titkiladi, ichida anchagina so’m...Davomini o'qish

Osmonning koʼz yoshlari (18-hikoya)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube
VIJDON

...Do’stim Shohrux yigirma besh yoshlarga borgan ozg’in va xushchaqchaq yigit bo’lib, o’rtoqlari uni “qo’li gul usta” deb atashlarini xush ko’radi. Mashina tuzatishni yoshligida akasidan o’rganib, hozirda o’zi mustaqil ish boshlagan. Bir kuni ertalab buzilgan mashinamni ko’rsatish uchun uning yoniga bordim. Shohrux mashinamning u yer-bu yerini ko’rgach..davomini oʼqish

Osmonning koʼz yoshlari (19-hikoya)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube
Meros

...Otaxon kampiri Hakimaning vafotidan so’ng ikki o’g’lini boshqara olmay qoldi. Nuqul ikkalasi janjallashishardi. Ota esa ikki o’g’lini ajratish va ularga nasihat berish bilan ovora. Buning ustiga ikkala o’g’ilning ayollari ham yara ustiga tuz sepgandek yoki olov ustiga moy sepgandek harakat qilishardi. Ovsinlarning kundoshlardan battar bir-biri bilan janjallashishi...Davomini o‘qish

Qasos (1-hikoya)
—————
Мерос

...Отахон кампири Ҳакиманинг вафотидан сўнг икки ўғлини бошқара олмай қолди. Нуқул иккаласи жанжаллашишарди. Ота эса икки ўғлини ажратиш ва уларга насиҳат бериш билан овора. Бунинг устига иккала ўғилнинг аёллари ҳам яра устига туз сепгандек ёки олов устига мой сепгандек ҳаракат қилишарди... Давомини ўқиш

Қасос
(1-ҳикоя)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube
Chayon zahri

...Tergov hibsxonasi oldida turarkanman, qamoqxona oldida kutib turgan odamlarni va undan chiqib kelayotganlarni kuzatib turdim. Kimdir qamoqdagi yaqin kishisi bilan uchrashishni intiqlik bilan...Davomini o‘qish

Qasos (2-hikoya)
—————
Чаён заҳри

...Тергов ҳибсхонаси олдида турарканман, қамоқхона олдида кутиб турган одамларни ва ундан чиқиб келаётганларни кузатиб турдим. Кимдир қамоқдаги яқин кишиси билан учрашишни интиқлик билан...Давомини ўқиш

Қасос (2-ҳикоя)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube
Uzr

...tegishli bo’lgan “Neksiya” avtomobilimda harakatlanib ketayotgandim. Orqa o’rindiq tomonidan sekinlik bilan “tiqir-tiqir” degan shovqin eshitilardi. Yangi mashinadan bunday shovqin eshitilsa... Davomini o‘qish

Qasos (3-hikoya)
—————
Узр

...тегишли бўлган “Нексия” автомобилимда ҳаракатланиб кетаётгандим. Орқа ўриндиқ томонидан секинлик билан “тиқир-тиқир” деган шовқин эшитиларди. Янги машинадан бундай шовқин эшитилса...Давомини ўқиш

Қасос (3-ҳикоя)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube
Bir qop pul

Alisher qosh qorayganda uyiga qaytdi. Mahal­lani ikkiga ajratgan kanalning ko‘prigidan o‘tgach, egri-bugri va o‘ydim-chuqur tor ko‘chaga burildi-yu, o‘zining xonadoni eshigiga ko‘zi tushganidan so‘ng yengil tortdi. Alisherning Beruniy-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi tashishiga ham besh yildan oshdi. Bu besh yil davomida ikkinchi mashinasi ham eskirib boryapti...
Davomini o‘qish
——————
Бир қоп пул

Алишер қош қорайганда уйига қайтди. Маҳал­лани иккига ажратган каналнинг кўпригидан ўтгач, эгри-бугри ва ўйдим-чуқур тор кўчага бурилди-ю, ўзининг хонадони эшигига кўзи тушганидан сўнг енгил тортди. Алишернинг Беруний-Тошкент йўналишида йўловчи ташишига ҳам беш йилдан ошди. Бу беш йил давомида иккинчи машинаси ҳам эскириб боряпти.
..Давомини ўқиш

Қасос
(4-ҳикоя)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube
Firibgar

Otabek telefonini qo‘liga oldi va “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ini ko‘zdan kechira boshladi. “Komila” nomli profildan “Do‘stlashamiz” belgisini ko‘rib, do‘stlikni qabul qildi va tezda “Komila”ning shaxsiy maʼlumotlari bilan tanishib chiqdi. Yigirma sakkiz yoshda, qo‘shni tumanda yashar ekan. Telefon ekraniga yozuvlarni kirita boshladi...Davomini o‘qish
—————-
Фирибгар

Отабек телефонини қўлига олди ва “Facebook” ижтимоий тармоғини кўздан кечира бошлади. “Комила” номли профильдан “Дўстлашамиз” белгисини кўриб, дўстликни қабул қилди ва тезда “Комила”нинг шахсий маълумотлари билан танишиб чиқди. Йигирма саккиз ёшда, қўшни туманда яшар экан. Телефон экранига ёзувларни кирита бошлади...Давомини ўқиш

Қасос (5-ҳикоя)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube
Jon o‘g‘risi

Maktabda taʼtil boshlanishi eshitishlari bi­lanoq sinfdoshlarining yuzida quvnoqlik, xursandchilik barq urgan. Uyida ota-onasi bilan birga bo‘lish hamda shu kabi shirin hayollar og‘ushida uylariga borishardi. Yolg‘iz Sharofatgina orqasida katta yuk ko‘tarib borayotgandek
...Davomini o‘qish
—————
Жон ўғриси

Мактабда таътил бошланиши эшитишлари би­ланоқ синфдошларининг юзида қувноқлик, хурсандчилик барқ урган. Уйида ота-онаси билан бирга бўлиш ҳамда шу каби ширин ҳаёллар оғушида уйларига боришарди. Ёлғиз Шарофатгина орқасида катта юк кўтариб бораётгандек
... Давомини ўқиш

Қасос (6-ҳикоя)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
Bezori kampirlar

Esimda, tergov-tezkor guruhi tarkibida navbatchi edim. Ertalab rahbarlar tomonidan yo‘riqnoma o‘tkazildi. Tushlikkacha bir-ikki chaqiruvlarga borib keldik. Tushlikdan so‘ng esa tuman kasalxonasiga bir bemor do‘pposlangan holda yotqizilgani xabarini oldik. Mening yonimda tezkor-tergov guruhi aʼzosi...Davomini o‘qish
—————-
Безори кампирлар

Эсимда, тергов-тезкор гуруҳи таркибида навбатчи эдим. Эрталаб раҳбарлар томонидан йўриқнома ўтказилди. Тушликкача бир-икки чақирувларга бориб келдик. Тушликдан сўнг эса туман касалхонасига бир бемор дўппосланган ҳолда ётқизилгани хабарини олдик. Менинг ёнимда тезкор-тергов гуруҳи аъзоси...Давомини ўқиш

Қасос (7-ҳикоя)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
Qotil

Chol-kampir bugun juda xursand, uyda barcha yig’ilgan. Katta o’g’li, qizi va nabiralari uyga mehmonga kelishgan. Nabiralarining shovqini quloqni qomatga keltirsa-da, anchadan beri sukunat hukm surgan uyga o’zgacha fayz olib kelishgandi. Har oyda bir-ikki marotaba farzandlari nabiralarini olib kelishgan vaqtida, chol va kampir xursandchilikdan tipirchilab qolishar, bisotidagi bor narsalarni dasturxonga to’kishardi
...Davomini o‘qish
—————
Қотил

Чол-кампир бугун жуда хурсанд, уйда барча йиғилган. Катта ўғли, қизи ва набиралари уйга меҳмонга келишган. Набираларининг шовқини қулоқни қоматга келтирса-да, анчадан бери сукунат ҳукм сурган уйга ўзгача файз олиб келишганди. Ҳар ойда бир-икки маротаба фарзандлари набираларини олиб келишган вақтида, чол ва кампир хурсандчиликдан типирчилаб қолишар, бисотидаги бор нарсаларни дастурхонга тўкишарди
...Давомини ўқиш

Қасос (8-ҳикоя)

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
JINOYATGA JAZO MUQARRAR

Hayotda kechayotgan voqea-hodisalar uchun qismat emas, har kimning o‘zi sababchidir. Zotan, kimdir ezgulik ortidan ergashib, baxt manziliga yetsa, yana kimdir gumrohligidan, fikri ojizligidan taqdiriga o‘zi qora chiziq tortadi.
..Davomini o‘qish
—————
ЖИНОЯТГА ЖАЗО МУҚАРРАР

Ҳаётда кечаётган воқеа-ҳодисалар учун қисмат эмас, ҳар кимнинг ўзи сабабчидир. Зотан, кимдир эзгулик ортидан эргашиб, бахт манзилига етса, яна кимдир гумроҳлигидан, фикри ожизлигидан тақдирига ўзи қора чизиқ тортади.
..Давомини ўқиш

НАФС БАЛОСИ (1-ҳикоя)
( ЖИНОЯТ ОЛАМИДАГИ ВОҚЕАЛАР )

#tergovchikundaligidan #zapiskisledovatelya

Tergov.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram