TerDU rasmiy kanali
20.2K subscribers
31.8K photos
3.95K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Markaziy_OAV

3500 yillik Kayrittepa yodgorligi 3D texnologiyalari bilan o‘rganilmoqda

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
👍8❤4🔥2
O‘zbek tili — milatimiz g‘ururi, mustaqil davlatimiz timsoli!

Surxondaryoda O‘zbek tili bayrami nishonlandi

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz shahrida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari hamda harbiylar ishtirok etdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining O‘zbek tili bayrami munosabati bilan voha ahliga yo‘llagan tabrigini Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining boyligi, jozibasi va xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani milliy o‘zligimizni anglash va mustahkamlash yo‘lidagi muhim tarixiy qadam ekani ta’kidlandi. Ona tilimizning nufuzini oshirish, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish borasidagi ishlarning ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.

Ayni paytda bayram tadbirlari San’at saroyi majmuasida davom etmoqda.

O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizning ajralmas qismi. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodga yetkazish barchamizning burchimizdir.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍11❤7🎉4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ Til — millatning ruhi, tarixning ovozi va avlodlarni birlashtiruvchi bebaho merosdir.

Ona tilimiz — o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va milliy qadriyatlarimizning ifodasidir. Uni asrab-avaylash, to‘g‘ri qo‘llash va kelajak avlodlarga munosib yetkazish har birimizning burchimizdir.

Zero, tilga ehtirom — millatga ehtirom!

🇺🇿
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni muborak!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤5🎉3👏1
Forwarded from Edu.uz
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti ishtirokchilariga

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlatimiz rahbari murojaatida har bir bola mehr, xavfsizlik, sifatli ta’lim va zarur tibbiy yordam olish huquqiga ega ekanini ta’kidlab, bolalik davriga yo‘naltirilgan investitsiyalar mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyoti uchun mustahkam asos bo‘lishini qayd etdi.

Murojaatda O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish, maktabgacha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda bolalarni zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar qayd etildi.

Shuningdek, Prezident bolalarning ilk rivojlanish davridan boshlab uzluksiz qo‘llab-quvvatlash, og‘ir kasalliklarni erta aniqlash va davolash, xavfsiz ta’lim va raqamli muhitni yaratish, bolalarning fikrini eshitish hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

Prezident Samarqand platformasini bolalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan samarali tajribalarni almashish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va ularning natijalarini muhokama qilishga xizmat qiluvchi amaliy muloqot mexanizmi sifatida rivojlantirish taklifini ilgari surdi.

“Farovonlik yo‘lidagi taraqqiyot har bir bolaning hayotida sezilganida umumiy yutug‘imizga aylanadi”, deb ta’kidladi Prezident.


Murojaatda bolalarning xavfsiz o‘sishi, o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi va kelajagini qurishi uchun zarur sharoit yaratish davlatlar va xalqaro hamjamiyatning umumiy mas’uliyati ekani alohida qayd etildi.

#Prezident_tabrigi #Butunjahon_sammiti

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📲 «APK Qo‘riqchi» ilovasini o‘rnatish va ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari

Ilovadan foydalanish uchun quyidagi bosqichlarni ketma-ket bajaring:

1️⃣Dastlab ilova qilingan rasmdagi QR-kod (QR code) orqali ro‘yxatdan o‘ting.
2️⃣ QR-kodni skanerlang va ekranda ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarga amal qiling.
3️⃣ «O‘rnatish» (Install) tugmasini bosing.
4️⃣Ilovani oching va so‘ralgan ruxsatlarni bering.
5️⃣ Himoya funksiyasini faollashtiring.

❗️ Muhim! Ilovani faqat rasmiy Play Market orqali yuklab oling. Noma’lum manbalardan APK-fayllarni o‘rnatmang. QR-kod orqali ro‘yxatdan o‘tishda faqat ishonchli va rasmiy QR-koddan foydalaning.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4
Forwarded from Edu.uz
Prezident özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladi

Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun quyidagi özgarişlarni nazarda tutadi:

🔵O‘ o‘ → Ö ö
🔵G‘ g‘ → Ğ ğ
🔵Sh sh → Ş ş
🔵Ch ch → Ç ç

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva alifbodagi özgarişlar yozuvdagi noqulayliklarni bartaraf etiş va özbek tilining raqamli makondagi örnini mustahkamlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.

“Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi”, — dedi u.


Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔18❤8👍6🔥2🎉1
🟦🟦🟦🟦🟦

🟢«Ma’rifat ulashib»: adabiyot, ijod va ma’naviyat uyg‘unlashgan uchrashuv

🟢Termiz davlat universitetida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, nosir va publitsist Abdunabi Hamro ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

🟢Adabiyot va ma’rifatga oshufta yoshlarni birlashtirgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi xodimi, shoira Donoxon Jumayeva, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

🟢Uchrashuvni universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Obid Shofiyev ochib, badiiy adabiyotning inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni, yoshlar qalbida kitobga muhabbat uyg‘otishning ahamiyati xususida fikr bildirdi.

🟢Shuningdek, 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ona tilimizning millat ma’naviyati, tarixi va o‘zligini asrashdagi beqiyos ahamiyati, uning boy adabiy merosini kelgusi avlodlarga yetkazish mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Ijodiy muloqot davomida Abdunabi Hamro adabiyotning inson hayotidagi o‘rni, ijod mashaqqati, mutolaa madaniyati va badiiy so‘zning ta’sir kuchi haqida o‘z mulohazalarini o‘rtoqlashdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berib, yoshlarni muntazam kitob o‘qishga, mustaqil fikrlashga va ijodiy izlanishga undadi.

🟢She’riyat, samimiy suhbat va qizg‘in savol-javoblarga boy o‘tgan uchrashuv o‘ziga xos adabiy kechaga aylanib, ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi. Zero, ma’rifat ulashish — qalblarga ziyo, tafakkurga qanot bag‘ishlash demakdir!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍5🔥1