TerDU rasmiy kanali
17.2K subscribers
28.6K photos
3.43K videos
1.03K files
12.9K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish nazarda tutilmoqda:

➡️davlat oliygohi prorektorlarini (mahalliy oliygohining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan lavozimga tayinlash;

➡️oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish;

➡️kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini belgilash;

➡️2027/2028 oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash;

➡️oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning oʻzlashtirilgan kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish tartibini belgilash;

➡️xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash, ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash;

➡️chet el fuqarolari uchun kontrakt toʻlovlari boʻyicha chegirmalar berish;

➡️xalqaro reyting tashkilotlari bilan oliygohni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Surxondaryoda “Media haftalik” loyihasiga start berildi

Global axborot makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning jadal rivoji, shuningdek, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan yangi yondashuvlarni talab etmoqda.

Shu maqsadda respublikadagi yirik ta’limiy-amaliy loyihalardan biri — “Media haftalik” Surxondaryo viloyatida o‘z faoliyatini boshladi.

Loyiha doirasida besh kun davomida jurnalistlar, blogerlar hamda matbuot kotiblari uchun PR, faktcheking va SMM yo‘nalishlarida poytaxtlik ekspertlar ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
5👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Ko'ngil olami" ko'rsatuvining navbatdagi sonida

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev ijodi xaqida so‘z yuritildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍81
TerDUda infratuzilma va xizmatlar sifati o‘rganildi.

Termiz davlat universiteti rektori mas’ullar hamrohligida universitet kampusini aylanib chiqdi. Tashrif davomida yuridik maslahat markazi, Yoshlar markazi hamda Registrator ofisi faoliyatida yaratilgan qulayliklar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, sport maydonchalaridan samarali foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur jarayonlar talaba-yoshlar uchun yanada qulay muhit yaratish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍174🔥3