TerDU rasmiy kanali
18.6K subscribers
27K photos
3.15K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🇺🇿🇮🇩Xalqaro hamkorlik: TerDU va Indoneziya o‘rtasidagi yangi bosqich

🏛Termiz davlat universiteti (TerDU) va Indoneziya Pedagogika universiteti (UPI) hamkorligida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 7 ta qo'shma ta’lim dasturlari joriy etilgan. Hozirda ushbu dasturlar doirasida 9 nafar magistrantlarimiz Indoneziyada tahsil olmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda TerDU Rossiya, Belarus, Xitoy, Malayziya va Indoneziya oliygohlari bilan birgalikda jami 15 ta yo‘nalishda muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍167🔥6🎉2
⚡️“Kids Fashion Show” – milliy va zamonaviy dizayn uyg‘unligi!

✔️Bugun shaharimizdagi “Muz saroyi” ko‘ngilochar majmuasida Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan “Kids Fashion Show” nomli ijodiy ko‘rgazma (podium) bo‘lib o‘tdi.

✔️“Kids Fashion Show” yosh dizaynerlar salohiyatini namoyon etish va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilishda muhim maydonga aylandi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17👍128👏1🎉1
🟦🟦🟦🟦

✔️Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini diqqat bilan kuzatib borgan Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari O‘ktam Asallayev Murojaatnoma mazmuni yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlashning yangi bosqichi belgilab berildi. Unda beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida ekologik muvozanatni saqlash, “Yashil” energetikani rivojlantirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ilgari surildi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni yanada takomillashtirish bilan bir qatorda ekologik barqarorlikni ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, chang-to‘zonlarning oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyatida 10 ming gektar maydonda “Yashil makon”, Sirdaryo viloyatida esa 84 kilometrli “Yashil devor” barpo etilishi belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida jami 250 ming gektar, jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 115 ming gektar maydonda daraxt va butalar ekiladi.
Shuningdek, har bir hududda botanika va dendrologiya bog‘lari hamda 20 tadan soya-salqin sayr ko‘chalari barpo etilishi rejalashtirildi, — dedi Prezidentimiz.

🟢Sanoat korxonalarida zamonaviy filtrlash tizimlarini o‘rnatish uchun 100 million dollarlik kredit liniyasining ajratilishi, atmosfera havosini monitoring qilish stansiyalarining tashkil etilishi atrof-muhitni muhofaza qilish borasida muhim amaliy qadam bo‘ladi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida issiqxonalarni ekologik toza isitish tizimlariga o‘tkazish, agroklasterlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari barqaror rivojlanishga xizmat qiladi. Shahar havosining musaffoligini ta’minlashda elektromobillar oqimini kengaytirish va ularga berilayotgan imtiyozlar tizimi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

🟢“Yashil makon” va “Yashil devor” loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda muhim omil hisoblanadi. Suv tanqisligi sharoitida irrigatsiya tizimlarini betonlash va yopiq tizimlarga o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalar resurslarni tejashning eng samarali yo‘lidir. Bularning barchasi ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75👏1
🇺🇿🇮🇳 Hindistonlik professor ishtirokida TerDUda ilmiy seminar tashkil etildi

Seminarda muhokama qilinadigan asosiy yo'nalishlar:
🔽Nufuzli ilmiy jurnallarda (Web of Sciense, Scopus) maqola nashr etish;
🔽Xalqaro grantlar (DAAD, IsDB, Erasmus, DAAD, MEXN, UNDP).
🔽Top-1000 xalqaro reytinglarga (QS World University Rankings, Academic Ranking of World Universities kabi) kirish uchun bajarilishi zarur bo'lgan ishlar;
🔽Ilmiy karyerani strategik rivojlantirish;
🔽Akademik nufuzni oshirish;
🔽Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;
🔽Innovatsiyalarni rivojlantirish;
🔽Barqarorlikni ta’minlash;
🔽Global darajada ta’sir ko‘rsatish.

Seminar-treningda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlar seminar davomida ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javoblar oldilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍178👏3🤔2🔥1🎉1