TerDU rasmiy kanali
18.9K subscribers
26.9K photos
3.13K videos
1.02K files
12.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#diqqat #kids_fashion_show

🧷 Barcha professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar diqqatiga!

☄️ Joriy yilning 26-dekabr kuni soat 13:00 da Termiz shahar "Muz saroyi" ko'ngilochar majmuasida Milliy libos va san'at fakultetining Dizayn: milliy kostyum ta'lim yo'nalishi talabalari tomonidan yaratilgan ijodiy asarlardan iborat "Kids Fashion Show" deb nomlangan ko'rgazmasi (podiumi) bo'lib o'tadi.

⬇️ Ko'rgazma davomida:

👶 Bolalar kiyimlarida milliy va zamonaviy dizayn uygʻunligi;
🎨 Yosh dizaynerlarning ijodiy gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash;
👗 Bolalar kiyimlarida qulaylik, xavfsizlik va estetika targʻiboti;
🌱 Bolalarda did, sahna madaniyati va oʻziga ishonchni rivojlantirish;
🧵 Zamonaviy moda yo'nalishidagi dizayn;
👨‍👩‍👧‍👦 etno-madaniy va yuqori sifatli bolalar kiyimlari namoyishi;
🏫 badiiy chiqishlardan bahramnd bo'lishingiz mumkin.

🙂 Barchangizni ushbu ko'rgazmaga taklif etamiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍125🔥4
#Akademik_harakatchanlik

✔️“Akademik harakatchanlik” dasturining 2025-yilgi 4-mavsum g‘olib yosh olimlari aniqlandi

🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-iyuldan 2-oktabrga qadar “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi o‘tkazildi. Unga yosh olimlar tomonidan 194 ta loyiha topshirildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 29 nafar yosh olimning loyihasi g‘olib deb topildi.

🏛Quvonarlisi ushbu tanlovda Termiz davlat universitetining 6 nafar professor-o'qituvchilari ham g‘olib deb topildi. Bugun ularga sertifikatlar topshirildi.

1. Loyiha rahbari: Eshankulov Xasan
Loyiha nomi: Plastik chiqindilardan ekologik toza bruschatkalar ishlab chiqarish texnologiyasi
Loyiha mablag‘i: 79 500 000 so‘m

2. Loyiha rahbari: Suyunov Jabbor
Loyiha nomi: Mahalliy xomashyolar asosida texnik va toza kremniy olish texnologiyasini ishlab chiqish
Loyiha mablag‘i: 76 500 000 so‘m


3. Loyiha rahbari: Chorshanbiyev Abdumalik
Loyiha nomi: Yangi turdagi nanotuzilishli metall oksidlarini olish va ularni sanoat oqova suvlarni tozalashda qo‘llash
Loyiha mablag‘i: 76 160 000 so'm

4. Loyiha rahbari: Fozilov Sherzod
Loyiha nomi: Global iqlim ozgarishi sharoitida G.hirsutum L. va G.barbadense L. g'o'za navlarining ekofiziologiyasi hamda mahsuldorligiga ananaviy va tomchilatib sug'orish usullarining tasiri
Loyiha mablag‘i: 57 557 794 so‘m

5. Loyiha rahbari: Choriyev Siroj
Loyiha nomi: O'zbekiston sharoitida mevali va manzarali o'simliklarning sista hosil qiluvchi nematodalari Loyiha mablag'i: 70 150 000 so'm

6. Loyiha rahbari: Temirova Munira
Loyiha nomi: O'rta asr simob ko'zachalarining funksiyasini aniqlash bo'yicha eksperimental-kimyoviy tadqiqotlar o'tkazish
Loyiha mablag'i: 75 220 000


Barcha tadqiqotchilar va ularning ilmiy rahbarlarini erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍13🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥2👍1
#№71 #Himoya_2025

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

🟢Termiz davlat universiteti "Matematik analiz" kafedrasi tayanch doktoranti Ergasheva Sarvinoz Baxtiyor qizi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Differensial tenglamalar va matematik fizika" ixtisosligi bo‘yicha “Задачи с недостающим условием Гурса для вырождающихся гиперболических уравнений и с недостающим условием Геллерстедта для уравнений смешанного типа с сингулярным коэффициентом” mavzusida fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Ergasheva Sarvinoz Baxtiyor qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5311🔥6👏4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛TerDU talabalari uchun yana bir Yangi yil tuhfasi

🟢Yangi imkoniyatlar, qulay muhit va talabalarga yaratilayotgan sharoitlar — bularning barchasi ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥7👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bugun, 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

🎙Soat 11:00dan boshlab MTRK telekanallari muxbirlari voqea joyidan jonli reportajlarni efirga uzatishni boshlaydi.

Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi.


✈️Yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘zingizga qulay tilda tomosha qiling:

✈️Surdotarjima bilan (o‘zbek tilida): «O‘zbekiston» telekanalida;

✈️Rus tilida tarjima bilan: «Dunyo bo‘ylab» va «Toshkent» telekanallarida;

✈️Ingliz tilida tarjima bilan: «Yoshlar» telekanalida.
〰️〰️〰️〰️

🔘 Onlayn: Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga oid strategik rejalarni birinchilardan bo‘lib kuzating


Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#fotoreportaj

🟢TerDU professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga hamda ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasini katta e’tibor va yuksak mas’uliyat bilan kuzatish jarayonidan fotoreportaj.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🔥3👏2🎉1🫡1