TerDU rasmiy kanali
18.6K subscribers
27K photos
3.15K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🏛Rektor huzurida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🟢Unda soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim mudirlari, fakultet dekanlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

🟢Yig‘ilish avvalida A.Toshqulov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bo‘lib o‘tgan “Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va ulardan samarali foydalanish” mavzusidagi rektorlar forumi tafsilotlari va belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berdi.

🟢Shundan so‘ng o‘quv yilining yakuni, qishki ta’tilga tayyorgarlik, talabalar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, giyohvandlikning oldini olish hamda o‘quv jarayonlari samaradorligiga doir masalalar muhokama qilindi. Talabalarni ta’tilga xavfsiz kuzatish, ta’til davrida talabalar bilan uzluksiz aloqani saqlash vazifalari belgilandi. Yangi yil munosabati bilan norasmiy tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslik alohida ta’kidlandi.

🟢Shuningdek, professor-o‘qituvchilarga keyingi semestrga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv kontentlarini platformalarga joylash va videodarslar tayyorlash ishlarini jadallashtirish topshirildi. Ta’til davrida infratuzilma bilan bog‘liq nosozliklarni bartaraf etish, kontrakt qarzdorliklarini kamaytirish, ilmiy va xalqaro hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

🟢Yig‘ilish yakunida ijro intizomiga alohida e’tibor qaratilib, yangi yil arafasida ezgu amallarni kengaytirish, faxriylarning holidan xabar olish va bayram kayfiyatini ulashish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍299🔥1🤔1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammitida nutq so‘zladi.

Глава нашего государства выступил на первом саммите Диалога «Центральная Азия + Япония».

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
5🔥3👍2
🟢TerDU o‘qituvchisi xalqaro raqamli arxeologiya dasturida ishtirok etmoqda

🟢Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida 2025-yil 16–25-dekabr kunlari Shimoliy-G‘arbiy universitet hamda YuNESKO huzuridagi Tabiiy va madaniy meros uchun kosmik texnologiyalar xalqaro markazi (HIST) hamkorligida
“Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun raqamli arxeologiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash seminari – 2025” bo‘lib o‘tmoqda.

🟢Mazkur nufuzli xalqaro ta’lim dasturida Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Shapulatov Ulugʻbek faol ishtirok etmoqda. Seminar doirasida raqamli arxeologiya sohasiga oid zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berilib, masofadan zondlash, GIS, 3D lazerli skanerlash, fotogrammetriya hamda dron (UAV) texnologiyalarini arxeologik tadqiqotlarda qo‘llash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

🟢Ushbu seminar Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, arxeologik yodgorliklar va madaniy merosni raqamli texnologiyalar asosida o‘rganish, hujjatlashtirish va asrashga xizmat qiladi

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥21👏1
Forwarded from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoyevMarkaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitidagi nutqida
Oʻzbekistonda kelgusi yili “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatida taʼlim vazirlarining birinchi yigʻilishini, shuningdek, mintaqadagi yetakchi universitetlar rektorlarining ilk forumini oʻtkazishni taklif etdi.

“Yaponiyaning taʼlim va malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi koʻmagini yuksak baholaymiz. Taʼlim, ilmiy va akademik almashuvlarni bundan buyon ham kengaytiramiz va qoʻllab-quvvatlaymiz.

Yoshlar hamjamiyatlari oʻrtasida uzoq muddatli aloqalarni shakllantirish, ularning ijodiy, texnologik va professional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan Yoshlarni rivojlantirish mintaqaviy tarmoq dasturlarini qabul qilish tarafdorimiz”, dedi Prezident.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍62
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎄Yangi yil bayrami konsert tomoshalariga marhamat!

Bugun, 20-dekabr kuni 18:00 dan boshlab viloyatning asosiy Yangi yil archasi o‘rnatilgan Termiz tumani “Yangi O‘zbekiston” massividagi amfiteatr maydonida O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova hamda vohamizning taniqli san’atkorlari ishtirokida o‘tkaziladigan konsert dasturiga barchani taklif etamiz.

Yangi yil bayrami muborak bo‘lsin!


Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍168👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️Janda — milliy merosning tirik nafasi

🟢TerDU Milliy libos va san’at fakultetida qadimiy janda matosini to‘qish amaliyoti qayta tiklandi.

🟢Boysunning boy urf-odat va an’analari bilan uyg‘unlashgan ushbu noyob gazlama bugun nafaqat milliy hunarmandchilikni rivojlantirmoqda, balki ustoz–shogird an’analarining bardavomligini ham ta’minlamoqda.

🟢Jandadan yarim tayyor va tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi sayyohlar uchun katta qiziqish uyg‘otib, yangi ish o‘rinlari hamda barqaror daromad manbalarini yaratmoqda.

🟢Shu bilan birga, janda matosi asosida yaratilayotgan milliy liboslar dizayni milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini namoyon etib, o‘zbek madaniyatining betakror ruhini zamon bilan hamnafas tarzda targ‘ib qilmoqda.

🟢TerDU — milliy qadriyatlar va innovatsiyalar chorrahasida!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍206🔥5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
72👍28🔥9🎉2