TerDU rasmiy kanali
18.7K subscribers
27K photos
3.15K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
➡️“Bolalar liboslari” tanlovi bo‘lib o‘tdi

🟢2025-yil 18-dekabr kuni Termiz davlat universitetida “Bolalar liboslari” nomli liboslar va eskizlar tanlovi tashkil etildi.

🟢Mazkur tanlov yosh dizaynerlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, bolalar kiyimlari dizaynida zamonaviy va milliy yo‘nalishlarni uyg‘unlashtirish, shuningdek, estetik did va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

🟢Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan bolalar uchun mo‘ljallangan kundalik, bayramona va mavsumiy liboslar eskizlari hamda tayyor libos namunalari taqdim etildi. Ishlarda ranglar uyg‘unligi, mato tanlovi, qulaylik, funksionallik va yosh xususiyatlariga moslik mezonlariga alohida e’tibor qaratildi.


🟢Taqdim etilgan ishlar:
•dizayn yechimi
•ijodiy yondashuv
•milliy elementlardan foydalanish darajasi va bajarilish sifati asosida baholandi.

🟢Tadbir yakunida eng yaxshi deb topilgan ishlar e’tirof etilib, g‘olib va faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83🔥3👏2
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiyadagi o‘zbekistonlik talabalar Prezident rasmiy tashrifi arafasida samimiy videoqutlov tayyorladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida ushbu davlatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar samimiy videoqutlov tayyorladilar.

Mazkur tashabbus yoshlarimizning Vatanga, davlatimiz rahbariga bo‘lgan hurmati va sadoqati, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usining yorqin ifodasidir.

Xorijda tahsil olayotgan iqtidorli va tashabbuskor talabalarimizning har bir yutug‘i, har bir tashabbusi O‘zbekiston yoshlarining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍94🤔1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga keldi. “Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
〰️〰️〰️

Rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆Termizda gandbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi

Unda Termiz davlat universiteti jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.


Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9👍73🎉1
Forwarded from TerDU Registrator ofisi
#savol_javob

⁉️ Ijodiy ta’til kimlarga va qaysi muddatgacha beriladi?

JAVOB: Mehnat faoliyati yoki pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotganlar uchun asosiy ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar beriladi:

1️⃣ PhD dissertatsiya yoki darslik/o‘quv qo‘llanma mualliflari — 3 oygacha.

2️⃣ DSc dissertatsiya — 6 oygacha.

❗️ Mualliflar jamoasi a’zolaridan biri yozma ariza asosida ta’til olishi mumkin. Ta’til jamoa a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.

Ilmiy daraja olishga davogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki o‘quv qo‘llanmalarning mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’iy nazar beriladi.

⚡️Ijodiy ta’tillar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

👨‍💻Ps: qoʻshimcha savol, muammo va takliflar boʻyicha @registratorofis_bot ga murojaat qilishingiz mumkin.

✈️ TerDU Registrator ofisi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👏5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢Surxon vohasining 4 ming yillik kulolchilik an'analari markaziy kanal nigohida

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94👏2
🏛Rektor huzurida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🟢Unda soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim mudirlari, fakultet dekanlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

🟢Yig‘ilish avvalida A.Toshqulov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bo‘lib o‘tgan “Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va ulardan samarali foydalanish” mavzusidagi rektorlar forumi tafsilotlari va belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berdi.

🟢Shundan so‘ng o‘quv yilining yakuni, qishki ta’tilga tayyorgarlik, talabalar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, giyohvandlikning oldini olish hamda o‘quv jarayonlari samaradorligiga doir masalalar muhokama qilindi. Talabalarni ta’tilga xavfsiz kuzatish, ta’til davrida talabalar bilan uzluksiz aloqani saqlash vazifalari belgilandi. Yangi yil munosabati bilan norasmiy tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslik alohida ta’kidlandi.

🟢Shuningdek, professor-o‘qituvchilarga keyingi semestrga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv kontentlarini platformalarga joylash va videodarslar tayyorlash ishlarini jadallashtirish topshirildi. Ta’til davrida infratuzilma bilan bog‘liq nosozliklarni bartaraf etish, kontrakt qarzdorliklarini kamaytirish, ilmiy va xalqaro hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

🟢Yig‘ilish yakunida ijro intizomiga alohida e’tibor qaratilib, yangi yil arafasida ezgu amallarni kengaytirish, faxriylarning holidan xabar olish va bayram kayfiyatini ulashish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍299🔥1🤔1🎉1