TerDU rasmiy kanali
18.6K subscribers
27K photos
3.15K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Mehr ulashish — eng oliy qadriyat

🟢TerDU Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti masʼullari va ko‘ngilli yoshlari Qumqo‘rg‘on tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurildi.

🟢 Tashrif davomida bolajonlar uchun qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ularning kayfiyati ko‘tarildi.

🟢Shuningdek, bolalarga o‘yinchoqlar va sovg‘alar tarqatilib, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatildi. Ushbu ezgu tashabbus bolajonlar qalbida quvonch uyg‘otdi hamda yoshlar ongida insonparvarlik va saxovat tuyg‘ularining yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍7🔥4👏3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
INSON QADRI.

"Qatag'on qurbonlari-millat fidoiylari"

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
10👍6👏1
TerDU tadqiqotchisi xalqaro ilmiy konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdi

🟢2025-yilning 9–12-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida A.V. Topchiyev nomidagi Neft-kimyo sintezi institutida “Fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

🟢Mazkur nufuzli anjumanda Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti tayanch doktoranti Saidov Dilmurod muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

🟢Konferensiya doirasida MDH mamlakatlari bilan hamkorlik asosida membranalar va membrana texnologiyalari sohasidagi dolzarb ilmiy yo‘nalishlar, zamonaviy yondashuvlar hamda “Atrof-muhit xavfsizligi va energiya samaradorligini ta’minlash uchun gaz va suyuqliklarni tozalash tizimlari” mavzusidagi yirik va muhim ilmiy loyihalar muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida o‘zbekistonlik konferensiya qatnashchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Ushbu uchrashuv yosh tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oshirish, ilg‘or ilmiy ishlanmalar bilan tanishish hamda ekologiya va energiya samaradorligi yo‘nalishlarida ilmiy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏4🔥32
Forwarded from TerDU Registrator ofisi
#soʻrovnoma #tanlov #eng_yaxshi_menejer

🧷 🟦🟦🟦 🟦🟦

👤 "Eng faol va namunali menejer" (fakultetlar kesimida).

❗️ Hurmatli professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar!

🏛 Termiz davlat universitetining Registrator ofisida faoliyat olib borayotgan, kundalik mehnati, yuksak muomala madaniyati, tezkorligi va fidoyiligi bilan talabalar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelayotgan xodimlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida “Eng faol va namunali menejer” nominatsiyasi bo'yicha munosib nomzodlarni aniqlashga qaratilgan so'rovnomada onlayn ovoz berish jarayoni boshlandi!

💠 Siz ham o‘z ovozingiz bilan munosib nomzodni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.

⚠️Ovoz berish jarayoni 2025-yil 15-dekabr kuni soat 16:00 dan boshlanib, 2025-yil 31-dekabr kuni soat 23:59 da yakunlanadi!

🎁 Tanlov g‘oliblari universitet rahbariyati tomonidan diplom va qimmat baho esdalik sovg‘alari bilan tantanali tarzda taqdirlanadi!

✔️ OVOZ BERISH

✈️ TerDU Registrator ofisi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥4👍2🎉2🫡1
🟦🟦🟦🟦

“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining Surxondaryo viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

➡️Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 2026-yilgi hududiy bosqichlari o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati bosqichida ishtirok etgan jamoalar orasida Termiz davlat universiteti talabalar teatr jamoasi
🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yakuniy natijalar:
🥇1-o‘rin – Termiz davlat universiteti
🥈2-o‘rin – Termiz davlat pedagogika instituti
🥉3-o‘rin – Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

🟢Mazkur bosqichda oliy ta’lim muassasalarining teatr jamoalari mintaqaviy bosqich yo‘llanmasi uchun bellashdilar.

➡️TerDU jamoasini erishilgan g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda omad tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21🔥10👏9🎉6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61
#№69 #Himoya_2025

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

🟢Termiz davlat universiteti "Algebra va geometriya" kafedrasi o’qituvchisi Safarov Toʻlqin Nazarovich Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika)" ixtisosligi bo‘yicha “Geometriya asoslari” fanini oʻqitishni zamonaviy bilimlarni qoʻllash yoʻli bilan takomillashtirishi” mavzusida pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Toʻlqin Nazarovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3910🎉7🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🟢TerDU o'qituvchilari "Munavvar kun" dasturi mehmoni bo'lishdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
🏛Termizda gandbol bayrami davom etmoqda!

🟢Bir necha kundan buyon Termiz shahri gandbol sport turi bo‘yicha yoshlar va qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Mazkur musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ikkitadan jamoa ishtirok etmoqda.

🟢Quvonarlisi, TerDU talabalari asosida shakllangan Surxondaryo viloyati jamoasi musobaqani juda muvaffaqiyatli boshladi. Jamoamiz hozirga qadar o‘tkazilgan ikki uchrashuvda:

➡️Nukus jamoasini 23:17,

➡️ROPSTTM jamoasini esa 31:29 hisobida mag‘lub etib, o‘zining yuqori sport mahoratini namoyish etdi.


Bugun soat 15:30 da Surxondaryo jamoasi Samarqand viloyati vakillariga qarshi maydonga tushadi.

Jamoamizga navbatdagi bahsda ham omad tilaymiz! G‘alabalar davomli bo‘lsin!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏97👍6