TerDU rasmiy kanali
18.6K subscribers
26.9K photos
3.14K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢TerDUda “Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida maxsus kursi tashkil etildi.

🟢Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig'iga muvofiq universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun “Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanish, tinchlik va islom ma’rifatining xalqaro e’tirofi” mavzusida 10 soatlik maxsus kursi o‘qitilmoqda.

🟢Maxsus kurs O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan dastur va o‘quv qo‘llanma asosida olib borilyapti.

Maxsus kurs mashg'ulotlarini olib borishga Yuridik hamda Tarix fakultetining malakali professor-o'qituvchilari jalb qilindi.

➡️Maxsus kurs talabalarda:

🟢Prezident nutqlarida ilgari surilgan asosiy g‘oyalarni chuqur tahlil qilish, xalqaro munosabatlar oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, barqaror rivojlanish va tinchlik konsepsiyalarining mazmunini anglash kabi kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍121
🟢TerDUda targ‘ibot tadbiri

🟢Talabalarimiz ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi
“Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Termiz shahar IIBning narkotik moddalarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan davra suhbati oʻtkazildi.

🟢Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, narkojinoyatchilikning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi, bu borada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, shuningdek Farmonda belgilangan ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

🟢Mutaxassislar yoshlarni hushyorlik va ogohlikka, sog‘lom va maʼrifatli hayot tarziga chorlab, huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bilan oʻrtoqlashdilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2
🟢TerDU Xotin-qizlar masalalari kengashi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekistonning demokratik islohotlari davrida gender tenglik tamoyillari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri — jamiyatda gender tenglikni ta’minlash, ayollar va qizlarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishdir.

➡️Demokratik islohotlar natijasida: 🟢Ayollar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etmoqda.
🟢Qizlar uchun ta’lim va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari kengaymoqda.
🟢Ayollarning rahbarlik va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochilmoqda.
🟢Zo‘ravonlik va oilaviy muammolarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


🟢Talaba-qizlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish,
🟢Ularning ijtimoiy faolligini oshirish,
🟢Huquqiy madaniyatini mustahkamlash,
🟢Liderlik va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan loyihalar va tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

➡️Gender tenglik — taraqqiyot va adolatli jamiyatning mustahkam poydevori.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍105🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar
60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍32🫡1
#№66 #Himoya_2025

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

🟢Termiz davlat universiteti "Algebra va geometriya" kafedrasi o‘qituvchisi Xo‘jamqulov Bekzod Turdaliyevich Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ekonometrika va statistika" ixtisosligi bo‘yicha “Qishloq xo‘jalik tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning ekonometrik modellari (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Bekzod Turdaliyevichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏44👍157🔥3
🟢TERDU TABIIY FANLAR FAKULTETI TALABALARI ZAMONAVIY LABORATORIYADA AMALIYOT O‘TAMOQDALAR

🟢Termiz davlat universiteti va Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan Turkiya–Niderlandiya hamkorligidagi “ALLES SAG‘LIK GROUP” MChJga qarashli “KANI-LAB” hamda “Turk Global Centr” klinik laboratoriyalari o‘rtasida imzolangan qo‘shma memorandum asosida talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yildi.

🟢Talabalar “TURK. MED. LAB.” MChJ tarkibidagi zamonaviy laboratoriyada amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlab, molekulyar diagnostika, klinik tahlillar, biokimyoviy jarayonlar va laboratoriya xavfsizligi bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

🟢Hamkor tashkilot direktori Salih Gelen tomonidan talabalar uchun maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqilib, ularning kasbiy kompetensiyasini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar taqdim etilmoqda.

🇹🇷🇺🇿Turkiya–O‘zbekiston ilmiy hamkorligining amaliy samarasiga aylangan ushbu tajriba yosh biologlarning kelajakdagi ilmiy faoliyatiga mustahkam poydevor yaratmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍4👏2