TerDU rasmiy kanali
18.6K subscribers
26.9K photos
3.14K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢“Talabalarimiz uchun manfaatli bo‘lgan tavsiyalar — tengdoshlari talqinida.”

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥7🫡3👍2👏1
🏛TerDU delegatsiyasi Qozog‘istonda xalqaro ilmiy maydonda ishtirok etmoqda.

Ayni kunlarda Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib, xalqaro hamkorlikning navbatdagi yirik loyihasida faol ishtirok etmoqda.

Ular Akademik A. Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti ва Termiz davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida elektron o‘quv vositalaridan foydalanish orqali filolog mutaxassislarni tayyorlash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.

Konferensiya doirasida professor-o‘qituvchilar:
— zamonaviy filologiya ta’limida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi,
— elektron o‘quv dasturlarining yangi avlodi,
— filolog mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion yondashuvlar
kabi dolzarb yo‘nalishlarda ma’ruzalar taqdim etmoqda.

Bundan tashqari, delegatsiya Qozog‘istonning nufuzli ta’lim markazlaridan biri — Markaziy Osiyo innovatsiyalar universitetida stajirovka o‘tash jarayonida bo‘lib, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish ustida ish olib bormoqda.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍139🔥3👏1🎉1
🏛Hurmatli ustozlar, aziz talabalar!

🟢Joriy yilning 28-noyabr kuni soat 11:00 da Termiz shahridagi San’at saroyida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam tavalludining 75-yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tadi. Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olim hamda kinorejissyorlar ishtirok etadi.

Shu kuni soat 16:00 da Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti faollar zalida Erkin A’zam ssenariysi asosida suratga olingan “Bahorni quvib” kinofilmining premerasi namoyish etiladi.

🟢Barchangizni tadbirlarga taklif etamiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍297🎉3🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun TerDU sport hayotida tarixiy kun — voha sport ixlosmandlari uchun yangi sahifa ochildi. Universitetimizda Futzal klubi tashkil etildi!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍214🔥2
Aziz vohadoshlar va adabiyot ixlosmandlari, qadrli yoshlar!

Bugun soat 11:00 da Termiz shahridagi San’at saroyida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamning 75 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tadi.

​Tadbirda taniqli yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, kinorejissyorlar hamda san’at ahli ishtirok etadi.

​Ushbu ma’naviy, o‘ziga xos badiiy kechaga barchani taklif etamiz.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍1512🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A'zam tavalludining 75 yilligiga bag'ishlanadi...

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍135🔥5👏1
🏛TERDU FAXRI – YANGI ZAFAR!

🟢Yana bir bor TerDU nomi yuksak minbarlardan jarangladi!

🟢"Milliy kompozitorlar" Respublika ko‘rik-tanlovida Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi, iste’dodli bastakor Farhodjon Nazarov o‘zining mahorati, san’atga sadoqati va yuksak ijodiy maqsadlari bilan “Yakkaxon sozanda yoki kamer ansambl uchun asarlar” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

🟢Bu yutuq — nafaqat ustozimizning, balki butun TerDU jamoasining g‘ururi, universitetimizning ijodiy salohiyati va ilmiy maktabining navbatdagi g‘alabasidir.

🟢TerDU jamoasi nomidan ustozimiz Farhodjon Nazarovni chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2318👏4🔥1
Termizda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamning 75-yillik yubileyi nishonlandi

Bugundan Surxon vohasida yana bir muhim adabiyot bayram boshlandi — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, elimiz qalbidan joy olgan adib, taniqli dramaturg va ssenarist, jamoat arbobi, Surxondaryoning ulug‘ farzandi Erkin A’zam 75 yoshni qarshi oldi.

Termiz shahrida adibning yubileyiga bag‘ishlangan tantanali madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos va betakror namoyandalaridan biri — Erkin A’zamni 75-yillik yubileyi bilan voha ahli nomidan samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda yozuvchi va jamoat arbobi Murod Muhammad Do‘st, rejissyor Jahongir Qosimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qulman Ochil, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi tadqiqotchisi Ikrom Choriyev, shoir va nosir Eshqobil Shukur, adabiyotshunos Olimjon Davlatov, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, shoir va yozuvchi G‘ayrat Majid, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Olim Toshboyev hamda adabiyot va san’at sohasining ko‘plab vakillari, atoqli adibning yaqinlari va kitobxonlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Erkin A’zamning asarlaridan parchalar o‘qib eshittirildi, uning ijodi asosida yaratilgan filmlar namoyish etildi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Erkin A’zam hozirda "Tafakkur" jurnali bosh muharriri sifatida faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, yaqinda Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning 75-yillik tavalludi ham keng nishonlangan edi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍1713👏4🔥2🎉1