TerDU rasmiy kanali
18.7K subscribers
27K photos
3.15K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

TERDU ILMIY OLAMINING NOAN’ANAVIY QAHRAMONI!

🟢Ilmiy daraja olishning an’anaviy yo‘li — dissertatsiya yozish, himoya qilish, savol-javoblar…

🟢Ammo ba’zi olimlar bor — ularning ishlari shunchalik kuchli, shunchalik innovatsionki, natijalarning o‘zi himoyaga ehtiyoj qoldirmaydi.

🟢Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna ana shunday izlanuvchi olimalardan biri.

🟢“Oltingugurt va rux elementlari asosidagi organo-noorganik gibrid antipiren-antiseptiklarni olish va ularni ishlab chiqish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi fundamental ishlari, innovatsion texnologiyalari va ixtiro patentlari asosida — dissertatsiya himoyasisiz texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdimnoma himoyasini o‘tkazdi.

🟢TerDU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash majlisi ishtirokchilari ushbu jarayonni bevosita kuzatdilar.

🟢Bu — oddiy himoya emas,
bu — ilmiy natijaning o‘zi himoyaning o‘rnini bosa oladigan darajada kuchli ekanining isboti.

🟢Mazkur jarayon universitetimiz ilmiy salohiyati, innovatsion yo‘nalishlari va ilmiy maktabining tobora mustahkamlanayotganining yorqin ko‘rinishidir.

🟢 Ilm-fanimizga yangicha fikr va yangicha yondashuv olib kirayotgan Aziza Xolboyevaga ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38👏129🔥5
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi

🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talabalar o‘rtasida “Yurtim qadriyatlari” ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda barcha oliy ta’lim muassasalarining 10 nafargacha talaba-yoshlaridan tashkil topgan terma jamoalari ishtirok etishlari mumkin.

✔️Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:

➡️1) fakultetlararo bosqich;
➡️2) hududiy bosqich;
➡️3) yarim final bosqichi;
➡️4) final bosqichi.

☑️Tanlov 3 ta shart: “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar”, “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” hamda “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” shartlari asosida o‘tkaziladi.
☑️Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin – 50 million so‘m;
🥈2-o‘rin – 30 million so‘m;
🥉3-o‘rin – 20 million so‘m.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovning birinchi fakultetlararo bosqichi noyabr oyi davomida o‘tkaziladi. Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🟢"Munavvar kun" dasturi mehmoni bo'lgan TerDU professor-o'qituvchilari o'z ilmiy ishlari va loyihalari to'g'risida ma'lumot berishdi

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131
🟦🟦🟦 🟦🟦

“Sovg‘a berish, mehmondo‘stlik va korrupsiya” mavzusida anonim so‘rovnoma

➡️O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish, xodimlar va aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Sovg‘a berish, mehmondo‘stlik va korrupsiya” mavzusida anonim so‘rovnoma yo‘lga qo‘yildi.


✔️ Mazkur so‘rovnoma to‘liq anonim shaklda o‘tkazilib, korrupsiyaga oid xavf omillarini o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

🔗 So‘rovnomada ishtirok etish havolasi:

🔗 https://forms.gle/dLo88U4YYdr4EgCS7

👥 Shu munosabat bilan universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari, hamda talabalarini so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
Surxondaryo viloyatida Yoshlar oʻrtasida giyohvandlikka qarshi kurashga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi

▶️ Batafsil
———
Сурхондарё вилоятида Ёшлар ўртасида гиёҳвандликка қарши курашга қаратилган тарғибот тадбири ўтказилди

▶️ Батафсил
———
В Сурхандарьинской области проведено агитационное мероприятие по борьбе с наркоманией среди молодежи


▶️ Подробно

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
10👍5🔥1🎉1
Forwarded from TerDU Registrator ofisi
🧷 🟦🟦🟦 🟦🟦

Akademik qarzdorlikni bartaraf etish vaqti keldi.

❗️ Akademik qarzdor (yoki fanlar tafovuti) bo'lgan talabalar uchun qayta o'qish jarayonlari 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi semestri davomida qaytaoqish.tersu.uz platformasida tashkil etilmoqda.

🫥Qayta o‘qish istagini bildirgan talabalar:

avval kontrakt.edu.uz platformasidan kredit-modul shartnomalarini shakllantirishi;
shartnomada ko‘rsatilgan kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishi;
universitetning qaytaoqish.tersu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuborishi;
shartnoma to'lovini amalga oshirib, qaytaoqish.tersu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirgandan so‘ng, o‘quv jarayonida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

❗️Eslatma:
🟢qayta o‘qish uchun shartnoma olish va o‘quv jarayonlarida ishtirok etish uchun arizalar yuqorida ko‘rsatilgan platforma orqali amalga oshiriladi;
🟢o‘quv jarayonida faol ishtirok etish, mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida qatnashish hamda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishinishi lozim.

🔗
qaytaoqish.tersu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.youtube.com/shorts/-zNAScNdDdM

👨‍💻Ps: qoʻshimcha savol, muammo va takliflar boʻyicha @registratorofis_bot ga murojaat qilishingiz mumkin

🌐 TerDU Registrator ofisi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104🔥3👏2
Rektor talabalar turar joylarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini o‘rganib chiqdi.

Dastlab issiqlik uzatish tizimini ko‘zdan kechirib, aniqlangan nosozliklarni qisqa muddatda bartaraf etish hamda mavsum davomida talabalarni uzluksiz issiqlik va qulay muhit bilan ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

​Shuningdek, rektor yotoqxonalardagi yashash sharoitlari, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, tozalik va tartib masalalarini ham o‘rganib, tegishli tavsiyalarni berdi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍13👏126🔥3
Boysun tumanida turizm, maktab va turar joylar qurilishi o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetining "Darband" o‘quv-amaliyot bazasi hamda Xo‘jamayxona darasida zamonaviy turizm markazini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Hudud uchun ishlab chiqilgan master-rejaga muvofiq, zip-layn, kapsulali uylar, "hiking", "hard trekking", 5 kilometrli velo va piyoda yo‘laklari, shuningdek, boshqa zamonaviy turizm infratuzilmasi loyihalari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga qurilish ishlarini hududning tabiiy muhiti va landshaftiga zarar yetkazmagan holda, ekstremal turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng, nuroniylar va faollar ishtirokida tumanning Gaza mahallasida dastur doirasida yangidan barpo etilgan maktabdagi jihozlash va hududni o‘rash ishlari ko‘zdan kechirilib, hududiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Nuroniylar chekka qishloqlarda ham bunday zamonaviy sharoitlar yaratilayotgani uchun Prezidentimizdan minnatdor ekinliklarini ta’kidlab, yurt tinchligi va xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochdilar.

Shuningdek, tumanda barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massividagi turar joylar, ijtimoiy va tadbirkorlik obyektlari qurilishi bilan tanishilib, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
16👍9