TerDU rasmiy kanali
18.6K subscribers
27K photos
3.15K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2
#№57
#Himoya_2025

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti "Ingliz tili o`qitish metodikasi" kafedrasi katta o`qituvchisi Mardonova Ra`no Ochildiyevna Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda  "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik"  ixtisosligidan  “Ingliz va o‘zbek tillarida epitetning leksik-semantik hamda leksikografik xususiyatlari”  mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Ra'no Ochildiyevnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3216👏11🔥4🎉1
📣 DIQQAT E'LON!

📌 Termiz davlat universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga 2026-yil uchun talabgorlarni qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari boshlandi


🗓 Imtihon o‘tkaziladigan fanlar nomi, sana, xona va vaqti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.👇🏻

🔗 Batafsil

📝 Talabgorlar uchun: Imtihonlarga kelganingizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni (pasport yoki ID karta) o‘zingiz bilan olib kelishni unutmang.

🗓 Barcha mutaxassisliklar bo‘yicha imtihon va suhbatlar universitetning axborot texnologiyalari fakulteti binosida belgilangan sanalarda o‘tkaziladi.

📍 Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko'chasi, 43-uy.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍104🤔2🔥1
TerDUda talabalarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilmoqda.

Termiz davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli, foydali va qiziqarli o‘tkazishga qaratilgan tashabbuslar izchil ravishda kengaymoqda. Shulardan biri — fakultetlar kesimida o‘tkazilayotgan “Osh chempionati” ayniqsa talaba-qizlarimizning kelajakda mustahkam oila qurishiga tayyorgarlik ko‘rishida muhim o‘rin tutmoqda.

Mazkur chempionatda qizlarimiz nafaqat palov pishirish bo‘yicha mahoratini namoyish etmoqda, balki jamoaviy ishlash, mas’uliyat, oila qadriyatlariga hurmat kabi fazilatlarni ham o‘zida mustahkamlamoqda.

Tadbir doirasidagi sport musobaqalari esa talaba-qizlarimizning kundalik hayotida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, faol va ijobiy kayfiyatda bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Fayzli dasturxonga tortilgan palovning mazasi va ko‘rinishini baholagan ustozlarimizning iliq fikr-mulohazalari qizlarimizga qo‘shimcha ruh va ishonch baxsh etmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍2317🔥2
#ichki_turizm

Ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasiga asosan har oyning bir shanbasi yoki yakshanbasi “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” sifatida belgilangan.

Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlarni hamrohligida viloyatimizning qadimiy va bebaho tarixiy maskanlari boylab sayohatlar uyushtirishmoqda.

“Yosh arxeologlar” to'garagi a'zolari va 1-kurs talabalari “Sulton Saodat” majmuasi, “Qirqqiz” qalasi hamda Al Hakim At-Termiziy ziyoratgohiga tashrif buyurishib, ushbu yodgorliklarning tarixiy ahamiyati, meʼmoriy uslubi, ular bilan bogʻliq afsona va rivoyatlar hamda ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍116
“Eng faol yil talabasi” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 27-q/q, Madaniyat vazirligi 01-17-15-q/q, Yoshlar ishlari agentligi 01-07/21-q/q, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi q-q-03-03, Fanlar akademiyasining 2/5-sonli 2024-yil 25-iyuldagi qoʻshma qarorlari hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-oktabrdagi 2/61-08-3101-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida “Eng faol yil talabasi” tanlovi doirasida Termiz davlat universiteti bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tashkiliy ishchi guruh a'zolari tomonidan 7 ta nominatsiya bo'yicha fakultetlarda g'olib bo'lgan 76 nafar talabalarning hujjatlari ko'rib chiqildi.

Nominatsiyalar bo‘yicha 1-2-3-o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyatining faxriy yorlig‘i hamda pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi.


Batafsil havola: www.tersu.uz/announcements/view/935

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
10👍7🎉2👏1
TerDU professorlari fikrlari – mahalliy matbuotda!

“Bugunning gapi” ruknida TerDU professori, siyosiy fanlar nomzodi Hakim Rasulovning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy jarayonlar va mintaqaviy hamkorlik haqidagi qisqa tahliliy maqolasi chop etildi.

Surxon tongi
— PDF

Muallif global beqarorliklar fonida Markaziy Osiyoda shakllanayotgan tinchlik, o‘zaro ishonch va integratsiya jarayonlarining ahamiyatini ta’kidlaydi. O‘zbekistonning mintaqada faol siyosiy pozitsiyasi hamkorlikni mustahkamlab, yangi siyosiy qiyofa shakllanishiga xizmat qilayotgani qayd etiladi.

Hakim Rasulovga ko‘ra, umumiy tarix va qadriyatlar mintaqaviy integratsiyaning asosiy poydevori bo‘lib, hamkorlik — kelajak muvaffaqiyatining eng muhim kafolatidir.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
3👏114👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍7🔥21👏1