TerDU rasmiy kanali
18.6K subscribers
26.9K photos
3.14K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Kuz–qish mavsumida xavfsizlik: TerDUda xonadonbay profilaktika ishlari kuchaytirildi

🟢Kuz–qish mavsumini xavfsiz va betalafot o‘tkazish maqsadida TerDUda xotin-qizlar bo‘yicha inspektor hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari tyutorlar hamrohligida talabalar xonadonlarida profilaktik va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi.

🟢Havo haroratining pasayishi bilan gaz, elektr yoki muqobil yoqilg‘i bilan ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanish ehtiyoji ortib borayotganligi sababli, uchrashuv davomida talabalar va xonadon egalari uchun yong‘in xavfsizligi talablari, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalari, zaharlanishning oldini olish, hamda texnik nosozliklarning oldini olish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar batafsil tushuntirildi.

🟢Tadbir jarayonida ishtirokchilarga maxsus tayyorlangan eslatmalar va tarqatma materiallar topshirildi. Shuningdek, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.

🟢Mazkur profilaktik uchrashuvlar — kuz–qish mavsumida har bir fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i va osoyishtaligini asrashga xizmat qiladigan muhim qadamdir.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#ota_onalar_fikri | #soʻrovnoma

Hurmatli ota-onalar!

Ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etayotgan holatlarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, universitet faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida talabalarning ota-onalari o‘rtasida “Iste’molchilarning ta’lim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi” mavzusi bo‘yicha sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazilayotganligini ma’lum qilamiz va unda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

🔗 So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
Talaba ota-onalari uchun so‘rovnoma havolasi

🔎 So‘rovnoma anonim tashkil etilib, uning natijalari muhokama etiladi, ta’lim sifatini oshirish choralari ko‘riladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston vaqti bilan | Talabalar uchun registrator ofisi – raqamli servisning yangi modeli

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍87🔥6👏2
O‘quv-tajriba xo‘jaligida loyihalar ijrosi o‘rganildi

O‘tgan hafta Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Termiz tumanida joylashgan o‘quv-tajriba xo‘jaligida viloyatdagi oliygohlar olimlari va yosh tadqiqotchilarining ilmiy loyihalari taqdim etilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan edi.

Topshiriqqa asosan, 3 gektar maydonda 450 dan ortiq bodom, ertapishar shaftoli va o‘rik ko‘chatlari ekilishi hisobiga yangi bog‘ barpo etildi, shuningdek, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish uchun 8 gektarlik tajriba yer maydoni tayyorlandi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur o‘quv-tajriba xo‘jaligida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif doirasida agrotexnologiyalarni rivojlantirish, yerdan samarali foydalanish, suv va energiya resurslarini tejash, yuqori hosildorlikka erishish hamda talabalar uchun xalqaro amaliyot va ish o‘rinlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotlarda piyoz, indou, rukkola, ukrop, mosh, javdar, bug‘doy, kanop, kungaboqar kabi qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, quyosh energiyasiga asoslangan ekologik toza agrotizim yaratish, to‘qsonbosti usulida ekin ekish texnologiyasi, shuningdek, universitet va "GetWork" agentligi hamkorligida talabalarni xorijga, jumladan Bolgariyaga mehnat migratsiyasiga yuborish rejalari haqida ma’lumot berildi.

O‘quv-tajriba xo‘jaligi maydonlaridan samarali foydalanish, talabalarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlash, shuningdek, ularni ta’til davrida yuqori daromadli, qonuniy va kafolatlangan ish o‘rinlari asosida xorijga yuborish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, hududda Termiz davlat universitetiga qarashli qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot va o‘quv-tajriba bazasida baliq chovoqlari yetishtiriladigan inkubatsiya sexi hamda ko‘chat ko‘paytiradigan laboratoriya qurish rejalari bilan ham tanishildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍173👏2🔥1
TerDU rasmiy kanali
#premyera 🎭 Ch.Aytmatovning “Momo yer” asaridan spektakl premyerasi Kuni kecha Termiz davlat universitetining “Janub gavhari” talabalar teatr studiyasi tomonidan buyuk adib Chingiz Aytmatovning mashhur “Momo Yer” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklning…
E’lon! Hurmatli talabalar!

🟢"Janub Gavhari" talabalar teatri studiyasi ijodkor va iste’dodli yoshlarni kastingga taklif etadi!

🎭 Teatr san’atiga mehr qo‘ygan, sahnada o‘z qobiliyatini sinab ko‘rishni istagan barcha talabalar uchun bu katta imkoniyat!

📅 Sana: 24-noyabr, 14:00
📍 Manzil: Axborot texnologiyalari fakulteti 110-xona

Keling va iste’dodingizni keng auditoriyaga namoyish eting!

"Janub Gavhari" bilan ijodiy yo‘lingizni boshlang!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥127🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
8
🇪🇺Yevropada mavsumiy ishlar, Work and Travel dasturi!

🙋Kimlar qatnashishi mumkin: Talabalar, yoshlar, ayollar, yigitlar va oilalar. Yosh chegarasi 45 yoshgacha!

Asosiy ma’lumotlar:

🗓️Muddati: 3–6 oy
💶 Ish haqi: 550 — 1300 yevro (kasb va tajribaga qarab)
🗣 Til talabi: rus yoki ingliz tili
🏢 Tashkilot: Get Work xususiy bandlik agentligi
📍 Ish joylari: oshpaz, bosh oshpaz, administrator, qabulxona xodimi (receptionist, hostess), gigienist va umumiy ishchilar.

Afzalliklar:

🏠 Yashash joyi bilan ta’minlanadi
🍽 Kuniga 2–3 mahal ovqat
🤝 Ish beruvchidan ichki ko‘mak
🌍 Xalqaro tajriba va til amaliyoti
✈️Aviachipta xarajatlari qoplanadi

💡Work and Travel dasturi orqali talabalar nafaqat ishlash, balki Yevropani o‘rganish, madaniyat bilan tanishish va ingliz tilini amaliy qo‘llash imkoniga ega bo‘ladi.


📞 Get Work xususiy bandlik agentligiga bog‘lanish uchun:
📱 Telefon: +998 91 789 11 66
📱 Telegram: @Getwork_termiz

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
TerDU professor-o‘qituvchilari Turkiyaning yetakchi universitetlarida

Ayni kunlarda Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Turkiyaning “Top 1000” reytingiga kirgan yetakchi oliy ta’lim muassasalari — Hacettepe universiteti (QS–641) hamda Anqara universiteti (QS–801)larda xizmat safarida bo‘lib turishibdi.

Tashrif davomida:
🟢Professor-o‘qituvchilarimiz mazkur nufuzli universitetlarning talabalari va professorlari uchun maxsus ma’ruzalar o‘tkazdilar.
🟢Kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
🟢Turkiyalik hamkorlarning boy axborot-resurs platformalaridan foydalanish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.
🟢Oliy ta’lim jarayonini tashkil etishdagi ilg‘or tajribalar, dars jarayonlari va ilmiy muhit bilan yaqindan tanishildi.

Ushbu tashrif natijasida nomoddiy investitsiyalar doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish, raqamli platformalarda hamkorlikni kengaytirish orqali universitetning ilmiy salohiyati va xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
20👍10🔥4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

TerDU professor-o‘qituvchilari tomonidan maktablar bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🔥6👏4🎉21🤔1🫡1
#tafsilot

TerDUda navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Rektorimiz huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda prorektorlar, boshqarma va bo‘lim mudirlari, shuningdek kun tartibidagi masalalarga mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar yuzasidan axborot tinglandi va tegishli vazifalar belgilab berildi:
🟢 Universitetni TOP-1000 talik ro‘yxatiga kiritish hamda xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallash bo‘yicha qilinayotgan ishlar;
🟢 ta’lim sifati va uning eksport salohiyatini oshirish;
🟢 xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
🟢 bitiruvchilar bandligini ta’minlash;
🟢 Termiz tumanidagi o‘quv-tajriba xo‘jaligidagi loyihalarning joriy holati.

Yig‘ilish yakunida yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish maqsadida mutaxassislarni yuborish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🤔53