TerDU rasmiy kanali
18.7K subscribers
26.9K photos
3.14K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#tafsilot

TERDU KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI


2025-yil 13-noyabr kuni Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan professor-o‘qituvchilarga ehtirom ko‘rsatildi.

Shuningdek, A. Toshqulov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasi mazmun-mohiyati haqida fikr yuritib, unda ilgari surilgan g‘oyalarni chuqur o‘rganish va siyosiy bilimlarni boyitib borish zarurligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Kengash raisi yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalar xususida to‘xtalib o‘tdi. “Surxon tongi” va “Termiz universiteti” gazetalarida e’lon qilingan vakant lavozimlar bo‘yicha tanlov natijalarini tasdiqlash. Bu jarayon inson omilisiz shaffof ovoz berish orqali amalga oshirildi unda nomzodlarning o‘zlari ham ishtirok etishdi.

Kengash yig‘ilishi kun tartibidan o‘rin olgan turli masalalarda Kengash a’zolarining e’tiboriga “Amaliy san’at: badiiy kulolchilik” yo‘nalishidan “Rangtasvir: dastgohli” yo‘nalishiga o‘tgan talabalar uchun fanlar farqini bepul o‘zlashtirishga ruxsat berish;

2026-yil uchun rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari kontingentini belgilash;
• Kontrakt to‘lov muddatini uzaytirish;
• Darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish;
• Akademik litseyda tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarga “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash;
• Innovatsion rivojlanish strategiyasi doirasidagi ayrim loyihalarni moliyalashtirishni bekor qilish;
shuningdekk, nomli stipendiyalarga nomzod bo‘lgan talabalar ro‘yxati ham a’zolar tasdig‘idan o‘tkazildi.


Yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
18👏16👍3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar
60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
5👍5👏2
Milliy qadriyat — millat iftixori

TerDUning tarix fakulteti va yuridik fakulteti talabalari ishtirokida “Osh festivali” tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, an’anaviy taomlarimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, talabalarda jamoaviylik va do‘stlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbirga Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri ijodiy jamoasi tashrif buyurib, talabalar tomonidan tayyorlangan milliy taomimiz — palovga baho berishdi, ular bilan samimiy suhbatlashishdi hamda o‘z ijro va chiqishlari orqali bayramona kayfiyat ulashishdi.

Ushbu festival yoshlarimizning faolligini oshirish, do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va milliy an’analarimizni yanada keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

TerDU — qadriyatlarni e’zozlaydigan maskan!


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍196🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌎 Hurmatli ustozlar, aziz talabalar!

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti stadionida “Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida gala-konsert tashkil etilmoqda. Dastur mehmoni Oʻzbekiston xalq artisti, vohadoshimiz Mahmud Namozov.

🙋 Vatanni madh etish, yoshlarni bir bayroq ostida birlashtirishdek ezgu maqsadni koʻzlagan koʻngilochar tadbirga barchangizni, yaqinlaringiz va oila aʼzolaringizni ham taklif etamiz.

⏰️Bugun soat 17:30,
📍 Termiz davlat universiteti stadioni.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2913🎉7🤔3🔥1👏1
TerDUda ijara xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

🟢TerDUda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mas’ulligida tashkil etilgan profilaktik tadbirda dastlab, fakultet tyutorlariga xavfsizlik choralariga oid ko‘rsatmalar berildi. Shundan so‘ng ularga biriktirilgan xodimlar fakultetlar kesimida ijara xonadonlarini o‘rganishga chiqishdi.

🟢Tadbir davomida xonadonlarda yong‘in xavfsizligi, is gazidan himoyalanish, elektr va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar o‘tkazildi.

🟢Ushbu sa’y-harakatlar talabalar hayot faoliyatini xavfsiz muhitda tashkil etish, favqulodda holatlarning oldini olish, shuningdek mas’ul xodimlar va tyutorlar o‘rtasida uzviy hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostidagi gala-konsert boshlanish arafasida...

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍278🔥5👏4
Dasturini quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

https://www.instagram.com/terdu_rasmiy/live/18068155265607262
🔥2512👍9👏7🎉5