TerDU rasmiy kanali
18.6K subscribers
27K photos
3.15K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Surxondaryoda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi

Bugun Surxon vohasida yurtimiz ma’naviy hayotida muhim ahamiyatga ega tadbir — O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi.

Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, viloyat ijodkorlari, mutasaddilar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbirda viloyat rahbari ardoqli shoirni Surxondaryo ahli nomidan samimiy tabriklab, uning asarlarida yurtimizning go‘zalligi, xalqimiz ruhi va milliy qadriyatlarimiz chuqur ifoda etilganini ta’kidladi. Shuningdek, shoir ijodida insonparvarlik, Vatanga muhabbat va inson sha’nini ulug‘lash g‘oyalari muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

Tadbir davomida yozuvchi va ijodkorlar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari shoir asarlaridan namunalar o‘qishdi. Shu bilan birga, Usmon Azimning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etildi.

Ayni paytda viloyatning barcha hududlarida atoqli ijodkorimiz, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’naviy uchrashuvlar va ijodiy kechalar o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim 1950-yil 13-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tavallud topgan.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍163
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan,
Termiz davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashabbusi bilan quyidagi tanlovlar tashkil etiladi:


➡️“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!”
➡️“Biz tahsil olayotgan ta’lim muassasida korrupsiyaga o‘rin yo‘q!”

Tanlov yo‘nalishlari:
🟢Eng yaxshi insho — 📍Axborot-resurs markazi binosida
🟢Eng yaxshi rasm — 📍“Milliy libos va san’at” fakulteti hududida
🟢Eng yaxshi videorolik — onlayn va oflayn formatlarda qabul qilinadi

📅 Tanlov o‘tkaziladigan sana: 2025-yil 25-noyabr

🟪 G‘oliblar rag‘batlantiriladi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

🟢 Tanlov tafsilotlari fakultet dekanatlari hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi orqali taqdim etiladi.

Keling, korrupsiyasiz ta’lim muhitini birgalikda yarataylik!


🕊Ishtirokchilar o‘z materiallarini @azizbek11_18 profiliga yuborishlari mumkin!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍7
Xalqaro hamkorlik doirasida yangi mahorat darslari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ–2909-son qarorida belgilangan oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Termiz davlat universitetida yana bir muhim tashabbus amalga oshirildi.


Eron Respublikasining Sheyda instituti musiqa o‘qituvchisi Tahmineh Fakhravari qariyb bir oy davomida “Musiqa ta’limi” kafedrasi talabalariga: “O‘zbekiston va Eron musiqa san’atining bog‘liqligi”, “Eron klassik musiqasi” mavzularida mahorat darslarini o‘tdi.

Safar yakunida Tahmineh Fakhravari xonim Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov bilan uchrashib, berilgan imkoniyat va samimiy munosabat uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar berdi.

O‘z navbatida rektor ham mehmonni ehtirom bilan qabul qilib, musiqiy ta’lim sohasida xalqaro tajriba almashinuvi muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, Tahmineh Fakhravari “Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik” yo‘nalishidagi talabalarga “Solfedjio” fanidan 30 soatlik dars mashg‘ulotlarini o‘tdi.

Bu tashabbus ikki xalq musiqiy madaniyatining o‘zaro yaqinligini yanada mustahkamlash, talabalar ijodiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro tajriba almashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍17👏86🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar
60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍52🔥1
XVIII Nemis tili o‘qituvchilari anjumani bo‘lib o‘tdi!

🟢Kuni-kecha Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan Shveytsariya elchixonasi, Gyote instituti, Xorijdagi maktablar bo‘yicha Markaziy boshqarma (ZfA) hamda Germaniya akademik almashinuvlar xizmati (DAAD) hamkorligida “Malakali, amaliyot bilan uzviy bog‘liq, kelajakka yo‘naltirilgan” shiori ostida 18-Nemis tili o‘qituvchilari anjumani bo‘lib o‘tdi.

🟢Unda O‘zbekistonning turli hududlaridan 250 dan ortiq nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

🟢TerDUdan roman-german tillari kafedrasi dotsenti Imomova Umida va kafedra katta o‘qituvchisi Amanova Yulduz ham mazkur anjumanda faol ishtirok etishdi.

Bunday xalqaro darajadagi uchrashuvlar o‘qituvchilarimizning malakasini oshirish, ilg‘or tajriba almashish va nemis tilini o‘qitish sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1611🔥8👍2🎉1🫡1