TerDU rasmiy kanali
18.7K subscribers
26.9K photos
3.14K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🇪🇺🇺🇿 Bugun TerDUda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Toivo Klaar boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.

Samimiy va konstruktiv muloqot davomida universitet rektori Yevropa Ittifoqi bilan ta’lim, ilm-fan va akademik hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator tashabbus va takliflarni ilgari surdi. Jumladan:

🟢Viloyatdagi OTMda nemis va fransuz tillarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish;
🟢Erasmus+ loyihalari doirasida seminarlar tashkil etish hamda Yevropadagi nufuzli OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish;
🟢Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yanada faollashtirish orqali ta’limiy hamkorlikni chuqurlashtirish.

Ma’lumot o‘rnida: so‘nggi yillarda TerDU professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalarining Erasmus+ (PAVER, INTRAS, TRIGGER) loyihalaridagi faolligi ortib, ishtirokchilar soni 200 nafardan oshdi. Hozirgi kunda TerDU 10 dan ortiq Yevropaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16👍15👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

TerDUda “Milliy qadriyatlar — millat iftixori” mavzusida keng qamrovli tadbir tashkil etildi


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
10👏7🤔2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢Ayni damda viloyatimiz markazidagi muhtasham Sanʼat saroyida vohadoshimiz, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda...

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍145🔥3
🟦🟦

O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni mazkur havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
🔗https://www.instagram.com/terdu_rasmiy/live/18108219787546041
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍5
Surxondaryoda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi

Bugun Surxon vohasida yurtimiz ma’naviy hayotida muhim ahamiyatga ega tadbir — O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi keng nishonlandi.

Termiz shahridagi "San’at saroyi" majmuasida o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, viloyat ijodkorlari, mutasaddilar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Tadbirda viloyat rahbari ardoqli shoirni Surxondaryo ahli nomidan samimiy tabriklab, uning asarlarida yurtimizning go‘zalligi, xalqimiz ruhi va milliy qadriyatlarimiz chuqur ifoda etilganini ta’kidladi. Shuningdek, shoir ijodida insonparvarlik, Vatanga muhabbat va inson sha’nini ulug‘lash g‘oyalari muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

Tadbir davomida yozuvchi va ijodkorlar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari shoir asarlaridan namunalar o‘qishdi. Shu bilan birga, Usmon Azimning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etildi.

Ayni paytda viloyatning barcha hududlarida atoqli ijodkorimiz, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’naviy uchrashuvlar va ijodiy kechalar o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim 1950-yil 13-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tavallud topgan.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍163