TerDU rasmiy kanali
18.7K subscribers
26.9K photos
3.14K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon

TerDU rektori kampusda bo‘lib, kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi


Bugun Termiz davlat universiteti rektori kampus hududida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab qozonxonalarning ishlash holati, muqobil yoqilg‘i zaxirasi hamda o‘t yoquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng rektor Talabalar turar joyida bo‘lib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, xonalar tozaligi va qulayligi bilan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida, TerDU kampusida 10 ta o‘quv binosi, 5 ta yordamchi bino va 7 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularning barchasi tabiiy gaz yoqilg‘isida ishlovchi 9 ta qozonxona orqali isitiladi. Shuningdek, 30 tonna ko‘mir zaxirasi ham shakllantirilgan.


Oshxonaning sanitariya-gigiyena holatiga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Rektor talabalar bilan samimiy muloqot qilib, ularning o‘qish, yashash sharoitlari va mutolaa qilayotgan kitoblari bilan qiziqdi. Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirib, rektorga minnatdorlik izhor etdilar.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍259👏6🔥3🫡2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi.

В Белом доме состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом.

#Mirziyoyev #tashrif #AQSH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍153🔥3
Talabalar xavfsizligi – doimiy e’tiborda!

🟢Kunlarning sovishi va havo haroratining pasayib borishi bilan issiqlikka va issiqlik manbalariga bo‘lgan ehtiyojimiz ortib boradi. Bu jarayonda ko‘ngilsiz hodisalarning yuzaga kelish ehtimoli ham vujudga keladi. Ana shu jihatlarni inobatga olgan rektorimiz tomonidan fakultet mas’ullariga ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan har bir talabaning yashash sharoitlarini o‘rganib profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan Shunga asosan fakultet mas’ullari ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar yashash sharoitlarini o‘rganishdi.

🟢Uchrashuv davomida xonadonlardagi isitish vositalari va ularning texnik holati ko‘zdan kechirildi.

🟢Talabalarga is gazidan zaharlanishning oldini olish choralari, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish zarurligi haqida tushuntirishlar berildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92👏1
Forwarded from TerDU Registrator ofisi
🏆 “KELAJAK MEROSI” xalqaro mukofoti ta’sis etildi!

Prezidentimizning 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–330-son Qarori bilan “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi.


✔️ 2025-yildan boshlab har yili o‘tkaziladigan ushbu mukofot quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:

Yo‘nalishlar:
🟢Adabiyot
🟢Madaniy meros
🟢Teatr va kino
🟢Musiqa va raqs
🟢Tasviriy va amaliy san’at
🟢Moda va dizayn
🟢Ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar


🏆 Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarga:
➡️ statuetka
➡️ diplom
➡️ 10 ming AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti topshiriladi.

💫 Bu — o‘z iste’dodingni dunyoga ko‘rsatish va nomingni tarixda qoldirish fursati!

Bu haqda batafsil quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin! www.tersu.uz/announcements

📱 TerDU Registrator ofisi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Видеолар_2025
#ИмомТермизий


🕌Ҳадис тарихида ўчмас ном қолдирган буюк аллома — Имом Термизийнинг ҳаёти ва илмий-маънавий мероси

✍️Имом Термизий ХИТМ Матбуот хизмати

Telegram |Facebook | Termiziy.uz | Instagram | YouTube
👍71
TerDUda “Milliy qadriyatlar — millat iftixori” mavzusida keng qamrovli tadbir tashkil etildi

Tadbir doirasida talaba-qizlarimiz milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni keng targ‘ib etish maqsadida o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar.

Milliy o‘yinlar, shuningdek aql charxi hisoblangan shahmat va shashka musobaqalarida ham faol ishtirok etishdi.

Milliy liboslar namoyishi hamda pazandachilik yo‘nalishida ham talaba-qizlarimiz o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, turli xil somsa, pishiriq va salatlar tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar. Tadbir davomida “Osh chempionati” ham o‘tkazildi.

Tadbir yakunida kampusda bo‘lib turgan rektorimiz talabalarning tungi vaqtini mazmunli o‘tkazayotgani, shuningdek, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish yo‘lida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Taomilga ko‘ra, turli shartlar bo‘yicha g‘olib va faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
22👍8👏7🔥4🎉1