TerDU rasmiy kanali
18.6K subscribers
27K photos
3.15K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
TerDUda “OITS – asr vabosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

🔸Iqtisodiyot fakultetida viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, fakultet masʼullari, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirokida “OITS – asr vabosi” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.

🔸 Tadbir davomida mutaxassislar OITS kasalligining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi.

🔸Muloqotlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, foydali tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar bilan tanishdilar.

🔸 Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarda sog‘lom hayotga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, OITS haqida to‘g‘ri tushuncha hosil qilish va profilaktikaning ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

TerDU talabalari "Munavvar kun" dam olish dasturi mehmoni bo'lishdi
.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍84🔥2
Hokim va tadbirkorlar uchrashuvi: fan, ta’lim va ishlab chiqarish birligi — samaradorlik garovi

Prezidentimizning tashabbus va topshiriqlari asosida ta’lim, fan va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya qilish, sohalarda ilmiy yondashuvni kuchaytirish hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda bugun Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tadbirkorlar, ilmiy jamoa vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda startap tashabbuskori bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

"Fan – ta’lim – ishlab chiqarish integratsiyasi" mavzusida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda universitetning professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar va ilmiy xodimlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi ishlanmalar taqdimot qilindi.

Shuningdek, "Spin Off" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni hal etish va ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Bundan tashqari, "Surxondaryo – Yaponiya xalqaro texnikumi"ni tashkil etish loyihasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida viloyat hokimi talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularga o‘z tavsiya va maslahatlarini berdi. Bilim, tashabbus va yangilikka intilish har bir yoshning kelajak yo‘lidagi eng muhim qadam ekanini alohida ta’kidladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍238🔥2