TerDU rasmiy kanali
18.7K subscribers
26.9K photos
3.14K videos
1.02K files
12.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#tafsilot

Rektor huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Bugun TerDUda rektor A.Toshqulov rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim mas’ullari hamda kun tartibidagi masalalarga daxldor mutasaddilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda avvalo TerDU kampusida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda SPIN OFF loyihalarini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tashabbuslar taqdimoti o‘tkazildi.

Shuningdek, rektor A.Toshqulov kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o‘tkazish, bu borada amalga oshirilgan ishlarni yana bir bor nazoratdan o‘tkazish, shuningdek ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoitini o‘rganish va noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍226🤔1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

Rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy dasturlariga resurslarni keng jalb etish maqsadida kambag‘allikka qarshi kurashishning yangi moliyaviy arxitekturasini yaratish vaqti keldi.


Президент Шавкат Мирзиёев:

Настало время создать новую финансовую архитектуру борьбы с бедностью, которая привлечет ресурсы в социальные программы развивающихся стран.


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍113
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

🗓️ Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
🙋Kasbingizni YPIP bilan rivojlantiring!

🟢Toshkentdagi yetakchi tashkilot va kompaniyalarda amaliyot o‘tamoqchimisiz?

🟢Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tadigan YPIP dasturi taqdimotiga taklif qilamiz! Ushbu loyiha AQSh Elchixonasi tomonidan to‘liq moliyalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha hududlaridagi bakalavr talabalari uchun mo‘ljallangan.

📅 6-noyabr
⏰️ 10:00
📍 Axborot texnologiyalari fakulteti, 105-xona

🟢Dastur doirasida talabalar yozgi amaliyotda qatnashadilar, professional ko‘nikmalarni rivojlantiradilar, biznes va STEM yo‘nalishlarida mentorlik qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘ladilar hamda kuchli tarmoq (network) shakllantiradilar.

Kasbiy maqsadlaringiz sari ilk qadamni qo‘ying — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!


Boost Your Career with YPIP!
Would you like to gain real work experience and intern at leading companies and organizations in Tashkent?
Join us for a presentation at Termez State University about the Young Professional Internships Program (YPIP) — a fully funded program by the U.S. Embassy Tashkent for undergraduate students across Uzbekistan.

📅 November 6
⏰️ 10:00
📍 Faculty of Information Technology, Room 105

Through YPIP, students complete summer internships at top companies, develop professional skills, receive mentorship in business and STEM fields, and build a strong professional network.

Don't miss this opportunity to accelerate your career and learn from program staff firsthand!


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥2🎉1
TerDUda “OITS – asr vabosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

🔸Iqtisodiyot fakultetida viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, fakultet masʼullari, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirokida “OITS – asr vabosi” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.

🔸 Tadbir davomida mutaxassislar OITS kasalligining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berishdi.

🔸Muloqotlarda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, foydali tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar bilan tanishdilar.

🔸 Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarda sog‘lom hayotga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, OITS haqida to‘g‘ri tushuncha hosil qilish va profilaktikaning ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

TerDU talabalari "Munavvar kun" dam olish dasturi mehmoni bo'lishdi
.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍84🔥2
Hokim va tadbirkorlar uchrashuvi: fan, ta’lim va ishlab chiqarish birligi — samaradorlik garovi

Prezidentimizning tashabbus va topshiriqlari asosida ta’lim, fan va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya qilish, sohalarda ilmiy yondashuvni kuchaytirish hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda bugun Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tadbirkorlar, ilmiy jamoa vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda startap tashabbuskori bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

"Fan – ta’lim – ishlab chiqarish integratsiyasi" mavzusida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda universitetning professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar va ilmiy xodimlar tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalar hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi ishlanmalar taqdimot qilindi.

Shuningdek, "Spin Off" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni hal etish va ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Bundan tashqari, "Surxondaryo – Yaponiya xalqaro texnikumi"ni tashkil etish loyihasi yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida viloyat hokimi talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularga o‘z tavsiya va maslahatlarini berdi. Bilim, tashabbus va yangilikka intilish har bir yoshning kelajak yo‘lidagi eng muhim qadam ekanini alohida ta’kidladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍238🔥2