Techieland
65 subscribers
82 photos
3 videos
7 files
126 links
⚡️ Technical insights, computer science topics, research, and theories. Personal perspectives on technology.

Contact: @Bayramov_S
Download Telegram
Uzun post o'qigisi kelmaganlar:
— Shunchaki @sage_room bu yerga kiring, va o'zingiz sinab ko'ring.
______

AI agent-lar men o'ylaganimdan ancha qiziq ekan. Men ularni shunchaki "yet another AI wrapper" deb hisoblardim. Lekin ularni azgina o'rganib ko'rib mana bunday xulosaga keldim:

LLM — bu dvigatel, shunchaki dvigatelni o'zi unchalik foydali emas, lekin bu dvigatel orqali: Mashina, Samalyot, xatto Raketa yasashimiz mumkin. AI agent-lar ham huddi shunga o'xshaydi, LLM-ni o'zi yetmaydi, context-management, memory, security, etc... qo'shimcha mexanizmlar kerak.

O'zimni AI agentimni yasashni boshladim. Shunchaki research uchun, boshqa hech qanday maqsad yo'q (hozircha).

Men faqat arxitekturasi haqida o'ylayman, buni Nodira bot bilan ham maslaxatlashib turaman. AI-ni o'zi esa "o'zini-o'zi" quradi. Hozircha men 1 qator ham code yozmadim.

Hozircha agent-da juda ham ko'p muammolar bor 😅, privacy, security, ma'lumotlarni chalkashtirishi yoki unutib qo'yishi, serverni o'zi stabil emas bazida crash bo'ladi.

Shu barcha mavjud muammolarni, birma-bir tuzatib chiqish menga juda qiziq, AI ga doir o'zim bilmagan juda ko'p yangiliklarni shu orqali o'rganishim mumkin.

Tepadagi guruhda u bilan suxbatlashib ko'rishingiz mumkin.

P.S. Ha aytgancha, agent ismini va jinsini o'zi tanladi. E'tibor bersangiz botni username-mida dobby ismi bor. Men uni shunday nomlamoqchi edim boshida 😂
👍3🔥1
«Железный человек 2» — shu sahnani eslaysizmi?
Senat kostyumni topshirishni talab qiladi — Toni rad etadi

Hayotda ham xuddi shunday holat bo'lyapti:

Anthropic (Claude AI) — AQSh Mudofaa vazirligi bilan bir shartnoma shartlari ustida keskin bahs qilyapti. Rasmiy nomi esa yanada qo'rqinchli: "Department of War".

Bunga javoban Google va OpenAI xodimlari ham jim o'tirmadi: Ichkaridan bunt boshlashdi.

Muammo shundaki, AQSH Anthropic-dan "ommaviy kuzatuv" (Mass domestic surveillance) va "avtonom qurollar" (Fully autonomous weapons) uchun ham Claude-ni ishlatishni talab qilyapti. Anthropic esa buni rad etyapti.

Pentagon Anthropic-ga 27-Fevral (bugun)-gacha muxlat bergan, aks holda qora ro'yxatga olish yoki qonun bo'yicha majburiy itoat ettirish bilan tahdid qilgan.
5😨4
Forwarded from Muhammadsaid - Blog
1👍1😁1
Internetda savol berishibdi:
Claude Code haqiqatan ham Cursor yoki Copilot-dan yaxshiroqmi? Ikkalasiga pul to'layapman, farqi bormi?

Mening javobim:
Sanab chiqilsa farqlari ko'p. Lekin eng muhim katta farqlaridan birini aytib o'tmoqchiman.

Claude-Code uchun siz Pro/Max subscription-dan foydalanishingiz mumkin. ToS (foydalanish shartlari)ga ko'ra, buni boshqa hech qayerda qila olmaysiz. Agar siz agentlarga katta-katta ishlarni ko'p qildirsangiz, uzoqroq vaqtda juda ko'p pulni tejab qolishingiz mumkin.

Texnik jihatdan siz va Claude o'rtasida turib API kalitidan foydalangan boshqa har qanday "proksi" vositalari (e.g. Cursor) bilan kamroq qiymatga erishasiz.

Misol uchun, quyidagi rasmda mening Feb 3 – Mar 4 oralig'idagi shaxsiy Claude Code statistikamni ko'rishingiz mumkin.

311.8M token ishlatilgan, cache hit rate 94%. API key orqali bu tahminan ~$370 bo'lar edi. Men esa Pro subscription orqali $20 ga shuncha qiymatga erishyapman. 1 yilda esa bu farq yanayam katta bo'lib ketadi.

P.S. oxirgi vaqtlarda Pro subs ham yetmayapti, $100 lik Max subs-ga o'tishni o'ylab yuribman...
3🔥4
Kecha claude-code da qiziq feature chiqarishibdi.

Endi siz gapni orasida biror narsa esdan chiqib qolgan bo'lsa /btw deb prompt yozishingiz mumkin ekan. Bu umumiy flowga halaqt bermasakan, yoki contextni ham buzib qo'ymas ekan.

Ajoyib-a?

P.S. endi /wtf degan command qo'shib berishsa... ))
👍5🤣5
Ramazon hayiti bilan barchani tabrikliman 🎉🎉🎉

Haqiqiy bayramda haqiqiy hursandchilikni tiliman ))
1🎉7👍1
Claude-dan yana yangilik

Claude endi mouse, keyboard va ekranni boshqarishi va ishingizni bajarishi mumkin ekan. Siz esa Claude-ni istalgan joyda telefoningizdan boshqarishingiz mumkin ekan.

Claude yangi feature qo'shdi, yana tonnalab startuplar bankrot bo'ladigan bo'ldi ))

Endi sizga OpenClaw-ni keragi yo'q ))

P.S. Odam bularni ishlatib ko'rishgayam ulgurmayapti...
👍3
Forwarded from Brogrammist
Agar backend dasturchi sifatida shularning kamida 10 tasini aniq tushuntirib berolmasangiz, o'zingizga bir shapaloq tushuring.

Frontend dasturchi sifatida ham men shu gapni aytgan bo'lar edim. Kuchli frontendchilar ham shulardan kamida 10 tasini bilishi shart.
👍1
Brogrammist
Agar backend dasturchi sifatida shularning kamida 10 tasini aniq tushuntirib berolmasangiz, o'zingizga bir shapaloq tushuring. Frontend dasturchi sifatida ham men shu gapni aytgan bo'lar edim. Kuchli frontendchilar ham shulardan kamida 10 tasini bilishi…
Man azgina yana qo'shardim, at least 15-20 tasini tushuntirib beromasez shapaloq tushurvuring 😅

Bulani hammasini practice qilib ko'radigan real case-larga duch kemagan bo'sezam, o'rganish uchun experiment qilib ko'rvuring. Recreational programming orqali aynan shunday ishxonada duch kemidigan mavzulani o'rganishiz mumkin.

Tech Interview-lada shaxsan manga 6-7 tasidan tashqari hammasi savol qilib berilgan ekan.
👍2
Kasb yo'limda tub burilish: 6 yillik dasturchilikdan keyin PM bo'ldim.

6+ yil dasturchi bo'lib ishladim. Front-end ham qildim, back-end ham qildim, microservice'lar ham yozdim. Noldan platformalar qurdim, legacy tizimlarni modernizatsiya qildim, real-time data pipeline'lar qurdim, AI servislar integratsiya qildim. R&D jamoada ichki framework va infrastruktura ustida ishladim. Technical interview'lar o'tqazdim, junior va intern'larga mentorlik qildim.

Bularning hammasi menga juda ko'p narsani o'rgatdi. Shu bilan birga mendagi yetishmaydigan boshqa skill'larni kashf qilishimga ham yordam berdi.

1 yil avval yirik (juda yirik) manufacturing kompaniyaga supply-chain app ustida ishladim. Mustaqil, side-project sifatida. Do'stlarimdan iborat jamoa yig'dim, ularni boshqardim. Customer bilan gaplashdim, task'larni tuzib chiqdim, do'stlarim yozgan kodlarni review qildim, o'zim ham kod yozdim, devops va security ham menda. ~300 soat vaqt sarflandi. Natija yaxshi chiqdi. PO generation 2-4 soatdan 5-10 daqiqaga tushdi, oylar davomida xato PO sababli katta zararlarga olib kelayotgan xatolarni tizim darhol ushlab berdi.

Tizimni 2 oy bepul ishlatishdi. Keyin tizimni ishlatmay qo'yishdi 🫠

Eng og'riqli joyi bu emas edi. Eng og'riqli joyi... men keyin nima qilishni bilmasdim. Market research qilmagan edim. Bitta customer shunchaki so'ragan feature'larni biz qurib bergandik. Boshqa customer'lar bormi, qaramadim. Bozorga qanday olib chiqaman degan rejam ham yo'q edi.

Production'da sinalgan MVP qo'limda turibdi. Tushum esa: $0 🚬

Xulosa:
Shuncha yil dastur qurishni o'rgandim. Endi "odamlar ishlatadigan" dastur qurishni o'rganaman (inshaAlloh).

Hozirgi ishimda ham xuddi shuni ko'ryapman. Bozordagi eng yirik kompaniyalardan biri bilan bir nechta custDev o'tkazdik, asosiy pain'larini o'rgandik, boshqa kompaniyalarda ham xuddi shu muammolar borligini tasdiqlash jarayonidamiz. Keyin esa tizimni shunga moslashtiramiz. Shunday yo'l bilan kliyentlarni birma-bir on-board qilamiz. Shu yo'l bilan "odamlar ishlatadigan" product paydo bo'ladi.

Market research, PMF, distribution, growth — bu skill'larni hozirgi AI tobora rivojlanib borayotgan zamonda bilish sizga juda katta imkoniyat eshiklarini ochishiga aminman. Ushbu postda bu haqida avval ham aytgandim.

Endi esa o'zim rasman Technical Product Manager bo'ldim.

SWE tajribam yo'qolib ketmaydi, u men bilan qoladi, hatto o'sishda ham davom etadi 💪. Katta app qurishda arxitekturani tasavvur qila olaman, boshqara olaman, kerak bo'lsa o'zim ham qo'shilib yoza olaman. Lekin endi esa shu bilimlarni fonida "nima qurishni bilish va sotish" skill'larini o'stirishga harakat qilaman.

Yangi yo'l, noaniq joylari ko'p, hayajonli ham, qo'rqinchli ham. Endi o'zimni kim deb tanishtiraman?, dasturchi deymanmi, PM deymanmi? 6+ yillik texnik tajribam endi "asosiy skill" emas, "qo'shimcha ustunlik" bo'lib qoladimi degan savollar ham miyamda aylanadi. Lekin shular menga ayni kerak narsalar edi deb o'ylayman, bu imkoniyatni bergan kompaniyamga katta rahmat aytaman.

Bundan keyin kanalda SWE + PM kesishgan content'lar va yangi insight'larim haqida yozib boraman. PM from SWE's perspective ⚡️

Bu postni o‘qib, o‘zini eslaganlar bormi?
Yoki allaqachon shunaqa holatdan o‘tganlarchi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏105👍4🔥1
"Master Claude & Agentic AI" — Vibe coding tegishli skillarni o'rgatadigan platforma chiqaribdi Anthropic. $99ga imtihon topshirib certificate ham olish mumkin ekan.

Shuni o'rganib chiqishimiz kerak.

https://claudecertifications.com/courses
👍4
Milla Jovovich endi Vibecoder

Aktrisa GitHub'da MemPalace degan open-source tool chiqaribdi. AI agentlarning xotirasini boshqarish uchun. Do'sti bilan birgalikda, Claude Code yordamida yozishgan. LongMemEval benchmarkda pullik va bepul yechimlardan ham ustunroq natija ko'rsatgan.

48 soat ichida repo 19,000+ star yig'di.
Haqiqiy Resident Evil 💀

Endi o'ylab ko'ring: aktrisa AI bilan open-source tool yozayapti. Dunyo o'zgarishda davom etyapti. Siz qaysi sohada ishlashingiz muhim emas: designer, moliyachi, menejer, shifokor. AI toollar barcha soha vakillari uchun zarur.

Agar o'xshatish mumkin bo'lsa, bu Internet paydo bo'lgan zamonga o'xshaydi. Internetdan faqatgina dasturchilar foydalanmadi, butun dunyo foydalandi, va to'g'ri foydalanishni bilgan har qanday soha vakillari faqatgina o'sishdi.

Hali boshlamagan bo'lsangiz, bugun boshlang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1🤣1
Assalomu Alaykum, Qurbon hayiti barchangizga muborak bo’lsin 🎉
🎉5
O'zbekcha audioni daqiqasiga 60 so'm atrofida matnga aylantirishni o'rganamiz (STT)

Agar sizga o'zbek-rus-ingliz tillari aralashgan audioni matnga aylantirish (Speech-to-Text) kerak bo'lsa, KotibAI yoki AishaAI kabi servislarga murojaat qilishingiz mumkin albatta va bu sizga daqiqasiga taxminan 400+ so'mdan aylanadi.

Keling endi arzonroq yo'llarini qidirib ko'ramiz. Bu uchun Gemini 2.5 Pro modelini tanlaymiz. Lekin uni to'g'ridan-to'g'ri ishlatish muammoni to'liq hal qilmaydi. Raw audioni yuborsangiz, daqiqasiga taxminan 200-600 so'mlardan tushadi. Bu yerda input-tokens, thinking-tokens va audioni o'zini katta ahamiyati bor.

Gap shundaki, input-tokens 200k'dan oshib ketsa, Gemini bu so'rovni 2x narxda hisoblaydi. Agar thinking-tokens'ga limit qo'yilmasa, Gemini juda ko'p "o'ylab" yuborishi mumkin va bu ham asossiz qimmatlashtiradi. Audioda gapirilmagan qismlari ko'p bo'lsa bu ham narxni qimmatlashtiradi va model adashishiga ham olib keladi (hallucination).

Audioni qayta ishlash jarayoni (Gemini'gacha)

Normalizatsiya
— file'dan audio ajratiladi, stereo'dan mono'ga, 16kHz sampling rate'ga keltiriladi (resampling).

HPF (High-Pass Filter) — 80Hz'dan past chastotalar kesiladi, chunki inson ovozi tahminan 85Hz'dan boshlanadi. HVAC g'uvullashi, mikrofon shovqini tozalanadi.

De-clicking — audiodagi qisqa, keskin "click" shovqinlar olib tashlanadi. Bular mikrofon urilishi, raqamli artifact, yoki yomon audio codec natijasida paydo bo'ladi.

Dynamic normalization — baland va past ovozlar tenglashtiriladi. Agar birinchi odam mikrofonga yaqin, ikkinchisi uzoqda gapirsa balandlik farqi paydo bo'ladi.

VAD (Voice Activity Detection) — odam gapirmagan qismlari kesib tashlanadi. Bu orqali 10-20% narxdan yutish mumkin va hallucination ehtimoli kamayadi.

Time-stretch (1.25x) — audio tezlashtiriladi, audio uzunligi qisqargani sababli token soni ham shuncha kamayadi. Sifatga sezilarli ta'sir qilmaydi lekin qo'shimcha 20% narxdan yutiladi.

Bularning ko'pchiligini ffmpeg orqali osongina bajarishimiz mumkin. Odam gapirmagan qismlarini ajratib olish uchun esa AI model kerak bo'ladi. Bu uchun self-host qilib CPU bilan ishlatish mumkin bo'lgan "yengil" modellar mavjud. Shaxsan men "Silero VAD" modelini ishlataman.

Odamlarni ovozlaridan ajratib tanish uchun (diarization) Pyannote audio community-1 modelini ishlatish mumkin lekin bu pipeline'ni ancha sekinlashtiradi, men hozircha bu ishni Gemini'ni o'ziga topshirdim (biroz noaniq, lekin yetarlicha yaxshi)

Shu optimizatsiyalar yordamida STT xizmatini daqiqasiga 60 so'mgacha arzonlashtirish mumkin. O'zim shu pipeline'da ishlaydigan telegram bot qurganman, 2 oydan oshiq vaqtdan beri jamoamiz bilan bu botdan aktiv foydalanib kelamiz. Audio bilan ishlashda hali yechilmagan boshqa qiziq muammolar ham bor, bu mavzuni research qilishda davom etaman.

Sizlarda STT uchun qanday use-case'lar bor?

Shu mavzuga qiziqadigan yoki STT'ga ehtiyoji bor insonlarni tanisangiz ularga ham shu postni yuborib qo'ying, bu pipeline'ni setup qilishda yordam berishim mumkin.

@techielanduz
👍5
Hozir "hamma" vibe coder. Marketolog, buxgalter, manager, umrida bitta ham stack trace ko'rmagan odamlar nimadirlar qurishyapti 🚬.

Ochig'i, bu termin asabga tegishni boshlagan. Biz ikkita butunlay boshqa-boshqa tushunchalarni farqlab olishimiz kerak:

Vibe Coding — prompt yozasiz, kodni o'qimasdan qabul qilasiz, ishga tushirasiz. Karpathy bu terminni aynan shu ma'noda aytgan edi: "forget that the code even exists". AI hukmron, siz esa tomoshabin.

Vibe Engineering — shunday workflow va infra qurasizki (context engineering, skills, hooks, guardrails, CI, testlar), AI xato qila olmay qoladi. Xuddi shu AI. Xuddi shu tezlik. Lekin natija ustidan siz hukmronsiz, AI esa oddiy ijrochi.

Eng qizig'i, kuchli SWE va Team lead'lar allaqachon 20-30 yildan beri aslida vibe engineering bilan shug'ullanishadi. Faqat oldin qo'l ostilarida junior va middle'lar bo'lgan bo'lsa, endi LLM'lar. Ular uchun deyarli hech nima o'zgarmagan, shunchaki industriya keskin tezlashgan xolos.

Xo'sh, sizga savol: siz kimsiz vibe coder'mi yoki vibe engineer?

P.S. Dasturchilikka chindan qiziqsangiz, vibe coding qilishdan emas, asos bilimlarni o'rganishdan boshlang.

@techielanduz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍9
ai-2027.com yozuvchilari tomonidan ai-2040.com ni ham chiqarishibdi
Hozir uyda sveti borlar: silar hayotdagi omadilarni katta qismini svetga ishlatib qo’yyapsilar, ehtiyot bo’linglar ))
😁2👍1🤣1