Tech girl | feedbacks
18 subscribers
8 photos
Bu kanalda "Tech girl" tekin loyihasi uchun yuborilgan fikr va mulohazalarni ko'rishingiz mumkin
Download Telegram
Forwarded from Sevara Baratova
Sizga kattakon rahmat ustoz, tekin kurs bòlsa ham shunchalik jon kuydurib, vazifalarni bittalab tekshirib, erinmasdan tushuntirganingiz, ilm òrgatganingiz uchun. Videodan kòrib tushunmaganim narsalarni, chaynab bergandek qilib oson yòl bilan tushuntirib berdingiz. Hatto CSS ham oson tuyulib qoldi. Ilmingiz bundanda ziyoda bòlsin, shogirdlaringiz soni kòpaygandan kòpayaversin, amiin.
Òzi soham, qiziqishlarim boshqa bòlsa ham kanikulda yana bir yangi sohada òzimni sinab kòrdim, davom ettirishni juda xohlagan bòlar edim lekin sentyabrdan yana òsha hectic lifestyle'im boshlanadi va bunga physically ulgurmay qolaman deb qòrqaman...
Kattakon rahmat, bergan ilmlaringizga rozi bòling, ikki dunyoda foydagizga hujjat bòlsin)
Forwarded from Ойнура Кудратиллаевна
Lekin darslar uchun rahmat . Mazza qildim.O'zim uchun yangi yo'nalish kashf qildim. Sizni zo'r qilib, hazilomuz, hayotimizga bog'lab tushuntirish uslubiz juda yoqdi. Avval dasturlash nima nimaga kerakligi bilmasdim.Hozir ancha bilimga ega bo'ldim siz sabab. Kechqurun demay xatolarimizni bittalab ko'rdiz, erinmadiz , tushunmasak tushuntirib, barcha savollarimizga javob berdiz. Hammasi uchun rahmat.
Forwarded from Dilbar Nabijonova
Assalom aleykum. Bu kursda o'qiguncha dasturchilik nima ekanligini umumman bilmasdim, ITishniklarning vazifasi nima ekan-a deb yurardim. Allohga shukr-ki Sevaraxonning kurslarida o'qib nafaqat buning nimaligini bildim, balki hatto o'zim ham dasturchi bo'la olishim mumkinligini tushundim. Ustoz HTML ni juda ham oson, sodda qilib tushuntirib berdingiz katta rahmat sizga, ilmingiz va martabangiz bundanda ziyoda bo'lsin❤️❤️💋
Forwarded from 𝓐𝓷𝓲𝓼𝓪🔮
Assalomu aleykum. Rostini aytsam ummuman bu sohadan habarim yoʻq edi. Shu sohada birinchi ustozim boʻlib menga yordam berib oʻrgatdiyiz. Tekinga 1 oy oʻrgatgan boʻlsayizda sizda hech qachon masuliyatsizlikni koʻrmadim. Doim vaqtida dars oʻtib tekshirdingiz vazifalarimizni. Samimiy boʻlib hammaga tushunmagan joylarni bemalol yozib video tashab berdiyiz. Sizni juda yaxshi koʻraman bir oy davomida bizga zur ustozlik qilganingiz uchun kattakon raxmat. Doimo sogʻ salomat boʻling. Yuzinigizni tabassum tark etmasin. 😍🫶😍
Forwarded from Мафтуна Акмаловна
Ва алайкум ассалом

Севара, рахмат катта берган билимларингиз учун ❤️‍🔥 Аллох манфаатли килсин. Ман мазза килдим окиб. Баъзида дангасалик килдим, баъзида шароит тугри келмади, лекин вазиятларими доим тушуниб ургатдиз мехр билан.

Давомини энди уйдеги бошка масаладарни хал килиб олсам окиман ИнШааАллох ❤️‍🔥

Рахмат яна бир бор
Forwarded from Yulduz
Assalomu alaykum, ustoz.
Dasturlash bo‘yicha bergan bilimlaringiz uchun katta rahmat. Kurs juda zo‘r bo‘ldi. Ko‘p narsalarni o‘rgandim. Darslar davomida har bir mavzuni sodda va tushunarli tarzda tushuntirdingiz. Darslar juda foydali bo‘ldi. Dasturlashga bo‘lgan ishtiyoqim yanada oshdi. Sizga sog‘lik va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Forwarded from Nozima
Darslar juda qiziqarli va manfaatli bo`ldi, hozir boshlagan kursimda ham HTML o`rganyapmiz, hammasi siz o`rgatgan narsalar. Alloh rozi bo`lsin, tekinga shuncha bilimlarni o`rgatdingiz ❤️
Forwarded from Muattar
Assalomu alaykum, salomatmisiz? Men oxirgi payt vazifalarni qilolmagan bo'lsam ham, ko'p narsa o'rgandim darslaringizdan. Tekin bo'lsa ham, detalno o'rgatildi, yuzaki emas, feedback va qila olmagan joylarimiz qo'shimcha videolar bilan qayta tushuntirildi. Yuzaki qaralmagan, tayyorgarlik ko'rilgan va vazifalarni tekshirishga alohida vaqt ajratilgan kurs.

Eng yoqqan tarafi tekin deb ko'p odam ovolib, nazoratsiz tashlab qòyilmagani bo'ldi.

Pullik kursga kelsak, narxi yaxshi belgilangan, qachon boshlanishini aytsangiz, shunga qarab hal qilaman davom ettirish yoki ettirmaslikni.

Qiziqarli va sabr talab qiladigan sohadagi faoliyatingizda omad tilayman. Katta rahmat, ilmlariz ziyoda bo'lsin.
Forwarded from Mehrangiz
Assalomu alaykum. HTML darslari ajoyib edi dasturlashga yanayam qiziqishim oshdi. Szga Rahmat bu uchun. Manga eng yoqqan tomoni vazifalar Va ularni tekshirishiz edi. Xato bulsa yechimlarigacha urgatardiz. Rozi bulin bergan bilimlarizga. Rahmat kattakon💐💐💐💐
сизга хам рахмат шунчалик бепул булса хам дастурлашни урганишимга ёрдам бердингиз мен хам сизни каналда хам доим кузатиб бораман ургатган билимларингизга рози булинг менда дастурлашга доир хеч кандай маълумот йук эди сиз сабаб буни тушундим сал булса хам ургандим анча маълумотга эга булдим Аллох сизни доим кулласин сог булинг саломат булинг❤️
Forwarded from Mahliyo Shavkatovna
Darslar judayam tushunarli aniq qisqa vaqti tig'iz odam ham bemalol darsni zapisini korib vazifalarni bajara oladi. Eng sodda usulda tushuntirgan odam siz bolsayiz kerak. Vazifalar ham bir biridan qiziq Mazza qilib oqidim yana davom etish nasib qilsin ❤️
Forwarded from Дурдона
Assalomu alaykum ustoz.Bu loyihani tashkil qilganingiz uchun katta rahmat.Shu orqali komputerda kod yoza olishimni o'zimga isbotladim.1 oy o'zim bilan tinimsiz kurashdim.Darslar qiyinlashyapti endi bajarolmayman baribir desa bir xayolim,yo'q oxirigacha borish kerak deb deyarli oxirigacha yetib keldim.Xudoga shukr.Darslar formati menga juda qulay bo'ldi,o'zimga qulay paytda o'rganib vazifani bajardim.Tan olaman,ko'pincha vazifani aytilgan vaqtga taqab yoki ba'zan kechikib topshirdim,buning uchun sizdan ming bor uzr so'rayman.Man komputerni olgan paytim mittivoyimga ham kerak bo'ladi-da😁.
Savollarga guruhdan javob ololdim,mavzu o'zi yaxshi tushuntirgani uchun ko'p savol bo'lmadi.Vazifalarni tekshirib,har biriga alohida feedback berganingiz uchun alohida rahmat.
Forwarded from Nargizoy Mukhtarova
Декретда отирган она сифатида айтаманки бу курс менга жуда катта мотивация берди. Уйда нима килишимни билмай депрессия да эдим. Курс анча фикримни озгартирди. Демак Колимдан келаркан деган деб ойладим. Сизга хам каттакон рахмат эринмастан Бирма бир текшириб бердингиз. Ози жаримага тушмокчимастим ортамизда вакт масаласи болиб хайолдан котарилиб копти топшириш 😄 anyway, мехнатингизга рози болинг. Аллох рози босин сиздан. Анча кизга билим бердиз. Палоооон пулга курс олиб, ортасига келиб ха менгамаскан бу деб ташаб кетиш коп болади копчиликда. Бу курсда ростанам Coding мен учун ми йокми шуни билволаркансиз. Яна бир бор рахмат
Forwarded from zarnigor
Sizga katta raxmat ustoz bu loyihani tashkil qilib, ayamasdan vaqt ajratganiz uchun🫂. Darslarni o'qib, shuncha bilimga ega bo'ldim😌. Ayniqsa, menga eng yoqqani darslarni tushunarli va sodda tarzda o'rgatishiz va vazifalarni tekshirib feedback berishisiz bo'ldi. Pullik darslardan alo bo'sa bordir, lekin kam joyi yoq😁
O'rgatgan bilimlarizga rozi bo'ling teacher, nasib bo'sa qolganini ham keyinroq o'rganaman qoldirmasdan
Love u❤️‍🔥
Forwarded from Sadoqat Abdusattor qizi
Forwarded from 𝓢𝓱𝓪𝓱𝓵𝓸
Dasturlashga kirib kelishim va eng muhimi mehr qo'yishimga sababchi bo'ldiz, tashakkurlarim😌 Darslar haqiqatdanam aniq-tiniq sodda tilda tushuntirilgan, hamma narsani yoritib bergansiz. Va menga yoqqan yana bir jihati, bizni mustaqil yana nimadirla o'rganishga, izlanishga undaganiz bo'ldi😄 o'zim qiziqqanim uchun menam ancha-muncha narsalani izlanib o'rganishga harakat qildim. Men o'zim uchun yangi skill hosil qiloldim, bundan judayam xursandman, albatta siz tufayli🥰 Alloh rozi bo'lsin!
Sizga judayam havas qilaman, kanalizni kuzatib. Shijoatiz, qat'iyatiz va mas'uliyatni ko'ra olishiz yoqadi. Ayniqsa chellenjlariz) Buyam bitta motivatsiya-da menga😁
Sizga kaattakoon rahmaat, shunchali erinmasdan hamma vazifalarimizni tekshirib, kamchiliklarini to'g'rilab tushuntirganiz uchun❤️
Assalomu alaykum yaxshimisiz,bot orqali arzimagan pulga 1k dan ortiq odam keldi.Ikki marta siz bilan ishladim, mazza qildim.
Chunki bunaqa qiling bunaqa qiling deb boshqalarga oʻcshab boʻynimizga yuklab qoʻymadiz,oʻziz tinchittiz hammasini.yana shunaqa loyiha qilsez sheriklikka chaqiravering🌟🌟
Forwarded from Malika
Assalomu alaykum Sevaraxon yaxshimisiz
Siz tayyorlab bergan bot uchun katta rahmat, biz qoʻygan barcha talablarga javob beradigan qilib, joy-joyiga qoʻyib tayyorladiz
Hech qanaqa xatoliklarsiz, oʻz vaqtida ishlab berdiz. Yana kerak boʻlsa bot bilan bogʻliq ishlar albatta sizga murojaat qilaman 🫂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Salvina
Sevara zor boʻldi
Loyiha qilsak yana sizga aytamiz mazza juda koʻp sarflamadik 300 + adashmasam nu zor keldi

Bot ishlarini esa oʻziz bajarib tashladz baraka toping
Forwarded from Gavhar
Sevara rahmat kattakon, konkurs zo'r bo'ldi va bot ham zo'r ishladi, qotib qolib yo qanaqadir muammolar bo'lmadi. Sizga bemalol ishonamiz Xudo xohlasa keyingi konkurslardayam. ❤️