O’qituvchiga maslatlar (1-qism)
O’qituvchi - sinfda muhim ahamiyatga ega shaxs. Sinf boshqaruvida eng asosiy vazifani aynan ustoz bajaradi. O’qituvchi qanday qilib ongli ravishda sinfni boshqarishini esa kitobimizning ikkinchi bobida tanishamiz.
Har bir ustozning dars berishda o’zining o’zgacha uslubi va xarakteri mavjud. Professional ustoz qattiqqo’l va talabchan bo’ladi deyish esa shunchaki stereotip xolos. Aslida qanday bo’lsangiz bolalarga shunday ko’rining, samimiy bo’ling.
Yilning boshidan sinfda qo’llab quvvatlovchi muhitni yaratishga harakat qiling. Albatta bu dars soatlaringizga boshida ta’sir etadiganday ko’rinadi, ammo keyin yil davomida sinf boshqaruvida qiynalmaysiz. Siz o’quvchilaringizni hurmat qilsangiz, ular ham sizni hurmat qilishadi.
Bolalar o’z fikrlarini bildirishni va gaplashishni juda ham yaxshi ko’rishadi. Ularni eshita oladigan inson aynan siz bo’ling. Darsdan tashqarida ular bilan ozgina suhbatlashib, fikrlarini eshitishda sabrli bo’la olsangiz, ular sizga ishonishni boshlaydilar, va katta ehtimol bilan yana suhbatlashishni istaydilar.
Faqat bir xil ovozda darsni o’tish o’quvchilarni zerikishiga olib keladi. Dars davomida gapirish toningizni o’zgartirib turing. Albatta bu sal noodatiy va kulguli bo’lishi mumkin, ammo zerikib uxlagandan ko’ra, hazillar bilan dars o’tish afzal emasmi?
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube

1. Aslingizdek ko’rining yoki ko’ringaningizdek bo’ling.
Har bir ustozning dars berishda o’zining o’zgacha uslubi va xarakteri mavjud. Professional ustoz qattiqqo’l va talabchan bo’ladi deyish esa shunchaki stereotip xolos. Aslida qanday bo’lsangiz bolalarga shunday ko’rining, samimiy bo’ling.
2. O’quvchilaringizni qo’llab quvvatlang.
Yilning boshidan sinfda qo’llab quvvatlovchi muhitni yaratishga harakat qiling. Albatta bu dars soatlaringizga boshida ta’sir etadiganday ko’rinadi, ammo keyin yil davomida sinf boshqaruvida qiynalmaysiz. Siz o’quvchilaringizni hurmat qilsangiz, ular ham sizni hurmat qilishadi.
3. O’quvchilaringizni eshiting.
Bolalar o’z fikrlarini bildirishni va gaplashishni juda ham yaxshi ko’rishadi. Ularni eshita oladigan inson aynan siz bo’ling. Darsdan tashqarida ular bilan ozgina suhbatlashib, fikrlarini eshitishda sabrli bo’la olsangiz, ular sizga ishonishni boshlaydilar, va katta ehtimol bilan yana suhbatlashishni istaydilar.
4. Gapirish toningizni o’zgartirib turing.
Faqat bir xil ovozda darsni o’tish o’quvchilarni zerikishiga olib keladi. Dars davomida gapirish toningizni o’zgartirib turing. Albatta bu sal noodatiy va kulguli bo’lishi mumkin, ammo zerikib uxlagandan ko’ra, hazillar bilan dars o’tish afzal emasmi?
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
👍3🔥2
O’qituvchiga maslahatlar (2-qism)
Ustoz bo’lish - bu doim o’z ustida ishlash va manfaatli ilm tarqatish demakdir. O’qituvchining ilmi o’quvchilariga oson yuqishi uchun esa, ba’zi e’tibor beradigan jihatlar mavjud.
Bir ko’rinishda g’alati eshitilgan bu ibora asli haqiqatdir. O’quvchilaringizni qay darajada nazorat qilyapsiz? Bu ularga manfaatlimi? Nazoratingiz onglimi? Ba’zan ularni ongli ravishda nazoratsiz qoldirishingiz ham - sinf boshqaruvining zamonaviy uslublaridan biridir. Imtihon va individual vazifalarda o’quvchilaringizni qattiq nazoratga oling, sinf bo’ylab yuring, bergan tarqatma materialingizda bolaning ismiga ham qarab qo’ying. Ammo guruhda bajariladigan vazifalarda nazoratni kamaytiring, o’quvchilaringiz o’z fikrlarini erkin ifoda eta olishlariga imkon bering, faqat yordam kerak bo’lsagina yonlariga boring. Shunda o’quvchilaringiz faqat bosimda dars qilishni emas, mustaqil bo’lganda ham ilmni tanlashni o’rganishadi.
So’z bilan tushuntira olmagan narsalarimizni yuz ifodamiz va imo-ishoralarimiz bilan osongina tushuntirib qo’yamiz odatda. Keling buni darsda ham qo’llaymiz. O’quvchilaringizga ko’rsatma berganingizda faqat og’zaki emas, balki ishoralar bilan ham bildiring. Masalan 24-chi betni oching deganda, barmoqlaringiz bilan ikki va to’rt raqamini ko’rsating. Yoki biror mavzuni tushuntirganda qo’llaringizni ochiq va qaddingizni tik tuting, dars davomida barcha o’quvchilarning ko’zlariga birma bir qarab gapirishni unutmang.
Ustozmiz, ta’biiyki bizda turli darajadagi o’quvchilar mavjud, Beginnerdan boshlab Advancedgacha. “Tilshunos sifatida darslarni faqat ingliz tilida o’tgim keladi, ammo o’quvchilarim menga go’yoki o’zga sayyoraliklar tilida gapirayotganimdek qarashadi.” Bu holat ko’pchilikga, ayniqsa Beginner va Elementary darajalarini o’qitayotgan ustozlarga tanish bo’lsa kerak. Bunga yechim esa, tilingizni osonlashtirish. Ingliz tilida gapirayotganda sekinroq va dona dona gapiring, ko’rsatma berganda faqat kerakli ma’lumotlarni gapiring. Masalan: “Open the page 57, exercise 1, match words with pictures”. Ha ba’zan o’quvchilarni ona tilini ham qo’shib gapirishni hech kim taqiqlamagan. Faqat me’yorni ushlang, Pre-Intermediate darajasida ona tilingizni ishlatmang. Albatta ingliz tilini yaxshi bilishingizga hech qanday shak-shubha yo’q, ammo biz bolalarga maqtanish uchun emas ilm tarqatish uchun ustoz bo’lganmiz, to’g’rimi?
Shu bilan “O’qituvchiga maslahatlar” bobini muvaffaqiyatli yakunladik, kitobning davomi qiziq bo’lsa bizni kuzatishda davom eting qadrli obunachilar.
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
Ustoz bo’lish - bu doim o’z ustida ishlash va manfaatli ilm tarqatish demakdir. O’qituvchining ilmi o’quvchilariga oson yuqishi uchun esa, ba’zi e’tibor beradigan jihatlar mavjud.
5. Nazoratni nazorat qiling.
Bir ko’rinishda g’alati eshitilgan bu ibora asli haqiqatdir. O’quvchilaringizni qay darajada nazorat qilyapsiz? Bu ularga manfaatlimi? Nazoratingiz onglimi? Ba’zan ularni ongli ravishda nazoratsiz qoldirishingiz ham - sinf boshqaruvining zamonaviy uslublaridan biridir. Imtihon va individual vazifalarda o’quvchilaringizni qattiq nazoratga oling, sinf bo’ylab yuring, bergan tarqatma materialingizda bolaning ismiga ham qarab qo’ying. Ammo guruhda bajariladigan vazifalarda nazoratni kamaytiring, o’quvchilaringiz o’z fikrlarini erkin ifoda eta olishlariga imkon bering, faqat yordam kerak bo’lsagina yonlariga boring. Shunda o’quvchilaringiz faqat bosimda dars qilishni emas, mustaqil bo’lganda ham ilmni tanlashni o’rganishadi.
6. Ishoralar gapirsin.
So’z bilan tushuntira olmagan narsalarimizni yuz ifodamiz va imo-ishoralarimiz bilan osongina tushuntirib qo’yamiz odatda. Keling buni darsda ham qo’llaymiz. O’quvchilaringizga ko’rsatma berganingizda faqat og’zaki emas, balki ishoralar bilan ham bildiring. Masalan 24-chi betni oching deganda, barmoqlaringiz bilan ikki va to’rt raqamini ko’rsating. Yoki biror mavzuni tushuntirganda qo’llaringizni ochiq va qaddingizni tik tuting, dars davomida barcha o’quvchilarning ko’zlariga birma bir qarab gapirishni unutmang.
7. Tilni osonlashtiring.
Ustozmiz, ta’biiyki bizda turli darajadagi o’quvchilar mavjud, Beginnerdan boshlab Advancedgacha. “Tilshunos sifatida darslarni faqat ingliz tilida o’tgim keladi, ammo o’quvchilarim menga go’yoki o’zga sayyoraliklar tilida gapirayotganimdek qarashadi.” Bu holat ko’pchilikga, ayniqsa Beginner va Elementary darajalarini o’qitayotgan ustozlarga tanish bo’lsa kerak. Bunga yechim esa, tilingizni osonlashtirish. Ingliz tilida gapirayotganda sekinroq va dona dona gapiring, ko’rsatma berganda faqat kerakli ma’lumotlarni gapiring. Masalan: “Open the page 57, exercise 1, match words with pictures”. Ha ba’zan o’quvchilarni ona tilini ham qo’shib gapirishni hech kim taqiqlamagan. Faqat me’yorni ushlang, Pre-Intermediate darajasida ona tilingizni ishlatmang. Albatta ingliz tilini yaxshi bilishingizga hech qanday shak-shubha yo’q, ammo biz bolalarga maqtanish uchun emas ilm tarqatish uchun ustoz bo’lganmiz, to’g’rimi?
P.S.
Shu bilan “O’qituvchiga maslahatlar” bobini muvaffaqiyatli yakunladik, kitobning davomi qiziq bo’lsa bizni kuzatishda davom eting qadrli obunachilar.
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
👍2❤1
O’quvchilaringiz haqida.
Mana “Sinf Boshqaruvi Texnikalarining” 3-bo’limiga ham yetib keldik, Jim Scrivener bu bo’limda ta’limning asl egalari, ya’ni o’quvchilar haqida yozadi.
Sinfda o’quvchilar har xil bo’ladi, boshqa millat va madaniyat vakillari bo’lishi mumkin. Har bir o’quvchini qarashlari va qadriyatlarini hurmat qiling, hatto u sizniki bilan mos kelmasa ham. Sinfda boshidan iliq muhit yarating va o’quvchilar ham bir biriga hurmat bilan murojaat qilishlarini ta’minlang.
Ism - har bir insonning o’zini ifodalashidir. Ism bilan murojaat qilish katta kuchga ega. O’quvchilaringizga doim ismlari bilan murojaat qiling. Ismlarni qayta qayta takrorlash sizga noto’g’ri tuyulsada, bu bolalarga yoqadi. Ular e’tiborda ekanliklarini his qilishadi va tabiiyki gapingizga katta ehtimol bilan quloq solishadi.
“Sinfda 25-45ta bolani o’qitaman, tilni o’rgatishni iloji yo’q!” degan so’zlarni ba’zan eshitib qolamiz. Albatta til o’rgatishda sinfda 7-13ta bola bo’lgani ma’qul, ammo doim ham bu imkoniyat berilavermaydi. Katta sinflarni o’qitadigan o’qituvchilarda nahotki yechim bo’lmasa?
Jim Scrivenerning fikricha, bunday o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish kerak. Masalan, leksiya formatda dars berganingizdan so’ng 40ta bolani 4-5 ta guruhga bo’lib vazifalar berishingiz, va doim sinfda harakatda bo’lishingiz lozim. Sinf bo’ylab yurishingiz va har bir guruhga e’tibor qaratishingiz ham kerak. Bu uchun esa 1soatning o’zi yetmaydi albatta, va taxminan ikki oyingiz bu tizimni bolalarga o’rgatishga ketadi.
Sinfda so’ngi qarorni siz chiqarsangizda, buni go’yoki o’quvchilar o’zlarining tanlovi kabi qabul qilishlarini ta’minlang. Masalan, yilning boshida sinf qoidalarini o’quvchilarga taqdim etish o’rniga, o’sha qoidalarni ular bilan birga yarating. Yoki biror bolaning axloqida o’zgarish sezsangiz, u bilan alohida gaplashing va u nima qilgan bo’lar edi, o’zidan so’rang.
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
Mana “Sinf Boshqaruvi Texnikalarining” 3-bo’limiga ham yetib keldik, Jim Scrivener bu bo’limda ta’limning asl egalari, ya’ni o’quvchilar haqida yozadi.
1. O’quvchilar har xil.
Sinfda o’quvchilar har xil bo’ladi, boshqa millat va madaniyat vakillari bo’lishi mumkin. Har bir o’quvchini qarashlari va qadriyatlarini hurmat qiling, hatto u sizniki bilan mos kelmasa ham. Sinfda boshidan iliq muhit yarating va o’quvchilar ham bir biriga hurmat bilan murojaat qilishlarini ta’minlang.
2. Ismlarini eslab qoling.
Ism - har bir insonning o’zini ifodalashidir. Ism bilan murojaat qilish katta kuchga ega. O’quvchilaringizga doim ismlari bilan murojaat qiling. Ismlarni qayta qayta takrorlash sizga noto’g’ri tuyulsada, bu bolalarga yoqadi. Ular e’tiborda ekanliklarini his qilishadi va tabiiyki gapingizga katta ehtimol bilan quloq solishadi.
3. O’quvchilar soni juda ko’p.
“Sinfda 25-45ta bolani o’qitaman, tilni o’rgatishni iloji yo’q!” degan so’zlarni ba’zan eshitib qolamiz. Albatta til o’rgatishda sinfda 7-13ta bola bo’lgani ma’qul, ammo doim ham bu imkoniyat berilavermaydi. Katta sinflarni o’qitadigan o’qituvchilarda nahotki yechim bo’lmasa?
Jim Scrivenerning fikricha, bunday o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish kerak. Masalan, leksiya formatda dars berganingizdan so’ng 40ta bolani 4-5 ta guruhga bo’lib vazifalar berishingiz, va doim sinfda harakatda bo’lishingiz lozim. Sinf bo’ylab yurishingiz va har bir guruhga e’tibor qaratishingiz ham kerak. Bu uchun esa 1soatning o’zi yetmaydi albatta, va taxminan ikki oyingiz bu tizimni bolalarga o’rgatishga ketadi.
4. Demokratiya muhiti.
Sinfda so’ngi qarorni siz chiqarsangizda, buni go’yoki o’quvchilar o’zlarining tanlovi kabi qabul qilishlarini ta’minlang. Masalan, yilning boshida sinf qoidalarini o’quvchilarga taqdim etish o’rniga, o’sha qoidalarni ular bilan birga yarating. Yoki biror bolaning axloqida o’zgarish sezsangiz, u bilan alohida gaplashing va u nima qilgan bo’lar edi, o’zidan so’rang.
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
👍3🔥1
O‘qituvchining asosiy vazifalari.
Kitobimizning 4-bo’limida muallif ustozning asosiy vazifalari haqida so’zlaydi.
O‘qituvchi talabalarga aniq va qisqa ko‘rsatmalar berishi kerak. O’quvchilar berilgan ko‘rsatmalarni tushunishlarini ta’minlash uchun ulardan nima qilishlari lozimligi haqida so‘rash, yoki misol keltirishlarini so’rash mumkin.
Talabalarni o‘qish jarayonida qo‘llab-quvvatlash va ularning ishlarini kuzatish orqali ularga yordam ko‘rsating.
Dars o’tganda vaqtni oldindan rejalashtiring, har bir vazifa uchun mos vaqt ajrating va dars davomida belgilangan jadvalga rioya qiling.
Muammolarni boshqarish va tartibni buzadigan xatti-harakatlarni oldini olish uchun boshidan to’g’ri yondashing. Bolalar bilan yil boshidan tartib intizom haqida darslar o’ting va qoidalarni birga yarating.
Noto‘g‘ri javoblarni muloyimlik bilan to‘g‘rilash va o‘quvchilarni yana sinash orqali ularni rag‘batlantirishni o’rganing. Bolalarga “sinfda noto’g’ri javob yo’q faqat shu vaziyatga to’g’ri kelmaydigan javoblar bor xolos” degan fikrlashni singdiring.
Har bir o‘quvchining faol ishtirok etishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ba’zi o’quvchilaringiz tortinchoq va ba’zilari giperaktiv bo’lishi mumkin. Ular orasida balansni saqlash va har birining ishtirokini nazorat qilishga odatlaning.
Materiallarni to‘g‘ri va samarali tarzda taqdim etish va ulardan foydalanish ham yaxshi natijaning kalitidir. Darslaringizda tarqatma materiallardan, darslikdan, online o’yinlardan va sizga kerakli kitoblardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Faqat materiallar o’ylangan natijaga olib borsin.
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
Kitobimizning 4-bo’limida muallif ustozning asosiy vazifalari haqida so’zlaydi.
1. Ko‘rsatmalar berish.
O‘qituvchi talabalarga aniq va qisqa ko‘rsatmalar berishi kerak. O’quvchilar berilgan ko‘rsatmalarni tushunishlarini ta’minlash uchun ulardan nima qilishlari lozimligi haqida so‘rash, yoki misol keltirishlarini so’rash mumkin.
2
.
Talabalarni yo‘naltirish.
Talabalarni o‘qish jarayonida qo‘llab-quvvatlash va ularning ishlarini kuzatish orqali ularga yordam ko‘rsating.
3. Vaqtni
boshqarish.
Dars o’tganda vaqtni oldindan rejalashtiring, har bir vazifa uchun mos vaqt ajrating va dars davomida belgilangan jadvalga rioya qiling.
4
.
Sinf tartibini ta’minlang.
Muammolarni boshqarish va tartibni buzadigan xatti-harakatlarni oldini olish uchun boshidan to’g’ri yondashing. Bolalar bilan yil boshidan tartib intizom haqida darslar o’ting va qoidalarni birga yarating.
5. Javoblarni qayta yo‘naltirish.
Noto‘g‘ri javoblarni muloyimlik bilan to‘g‘rilash va o‘quvchilarni yana sinash orqali ularni rag‘batlantirishni o’rganing. Bolalarga “sinfda noto’g’ri javob yo’q faqat shu vaziyatga to’g’ri kelmaydigan javoblar bor xolos” degan fikrlashni singdiring.
6. O‘quvchilarning ishtirokini nazorat qilish.
Har bir o‘quvchining faol ishtirok etishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ba’zi o’quvchilaringiz tortinchoq va ba’zilari giperaktiv bo’lishi mumkin. Ular orasida balansni saqlash va har birining ishtirokini nazorat qilishga odatlaning.
7. O‘quv materiallari bilan ishlash.
Materiallarni to‘g‘ri va samarali tarzda taqdim etish va ulardan foydalanish ham yaxshi natijaning kalitidir. Darslaringizda tarqatma materiallardan, darslikdan, online o’yinlardan va sizga kerakli kitoblardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Faqat materiallar o’ylangan natijaga olib borsin.
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
👍4
O’zaro hamkorlikni rivojlantirish.
Yilning boshida dars berganimda o’qivchilarimdan doim shikoyat tushar edi: “Ustoz guruhda ishlashimiz shartmi?” Guruhda, sheriklikda yoki individual ishlash muhim. Kitobimizning “O’zaro hamkorlikni rivojlantirish” bo’limi aynan shu haqida.
Aksariyat o’quvchilar yolg’iz ishlashni yoqtirishadi, katta ehtimol bilan madaniyat sababli. Sinfda individual ishlash uchun belgilangan vazifalar bor: online o’yin o’ynaganda, yozma nazorat ishi topshirganda yoki mavzuni to’liq tushunib misollar yechganda. Ammo doim ham yolg’iz ishlash yaxshi emas.
Individual ishlashdan chiqishning eng samarali uslubi bu sheriklikda ishlashni integratsiya qilish. Bolalaringizga do’sti bilan birga vazifani bajarishga imkon bering. Biror yangi mavzuni o’tganingizda, mavzu bo’yicha testlarni aynan skeriklikda bajarishga berganingiz ma’qul, chunki bolalar bir birlariga yordam berishadi va tushuntirishadi.
O’quvchilaringiz sheriklikda ishlashni o’rganishgandan so’ng ularni guruhda ishlashga o’rgating. Jamoaviy ishlash uchun: proyektlar, taqdimotlar, poster yaratish kabi qiziqarli vazifalarni bersangiz bo’ladi.
Muallifning ta’kidlashicha darslarda ushbu uchta turdagi ishlash usulini doimiy ravishda almashtirib turish, dars doim jonli va qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi.
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
Yilning boshida dars berganimda o’qivchilarimdan doim shikoyat tushar edi: “Ustoz guruhda ishlashimiz shartmi?” Guruhda, sheriklikda yoki individual ishlash muhim. Kitobimizning “O’zaro hamkorlikni rivojlantirish” bo’limi aynan shu haqida.
1. Individual ishlash.
Aksariyat o’quvchilar yolg’iz ishlashni yoqtirishadi, katta ehtimol bilan madaniyat sababli. Sinfda individual ishlash uchun belgilangan vazifalar bor: online o’yin o’ynaganda, yozma nazorat ishi topshirganda yoki mavzuni to’liq tushunib misollar yechganda. Ammo doim ham yolg’iz ishlash yaxshi emas.
2. Sheriklikda ishlash.
Individual ishlashdan chiqishning eng samarali uslubi bu sheriklikda ishlashni integratsiya qilish. Bolalaringizga do’sti bilan birga vazifani bajarishga imkon bering. Biror yangi mavzuni o’tganingizda, mavzu bo’yicha testlarni aynan skeriklikda bajarishga berganingiz ma’qul, chunki bolalar bir birlariga yordam berishadi va tushuntirishadi.
3. Guruhda ishlash.
O’quvchilaringiz sheriklikda ishlashni o’rganishgandan so’ng ularni guruhda ishlashga o’rgating. Jamoaviy ishlash uchun: proyektlar, taqdimotlar, poster yaratish kabi qiziqarli vazifalarni bersangiz bo’ladi.
P.S
.
Muallifning ta’kidlashicha darslarda ushbu uchta turdagi ishlash usulini doimiy ravishda almashtirib turish, dars doim jonli va qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi.
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
👍6
Shu bilan Jim Scrivenerning “Sinf Boshqaruvi texnikalari” kitobining xulosalarini yakunladik. Umid qilamizki kitob barchamizga qiziqarli va manfaatli bo’la oldi.📚
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
TeacherTrainer (3).pdf
31.2 MB
Assalomu alaykum
Dayarli bir oy davomida kanalga post chiqara olmadik.
Bu vaqtda biz muhim ish bilan band edik.
Nima ish deb o'ylaysizmi?
Biz tez orada o'qituvchilar uchun gazeta chiqarishni boshlaymiz.
Bu gazeta rang-barang va o'qituvchilar uchun juda ham qiziqarli bo'ladi.
Agar sizda maqolaga g'oyangiz bo'lsa, biz uni gazetada chop etamiz.
Gazetada oy o'qituvchisi ruknida ko'p yillik tajribasi bor o'qituvchilar tajribasi va mahorati haqida ham chop etamiz.
Agar sizda yaxshi g'oya yoki juda ham kuchli pedagog tanishingiz bo'lsa biz bilan aloqaga chiqing.
Aloqa: @dewons
Yuqorida gazetamizning yarim tayyor holati berilgan

👍9❤2⚡1🔥1
Bugundan boshlab Parker J Palmer tomonidan yozilgan "Courage to Teach" kitobini qisqa xulosalarini ko'rib chiqamiz.
Parker J. Palmer amerikalik o'qituvchi, yozuvchi va aktivist. U ta'lim, sotsiologiya va ijtimoiy o'zgarishlar haqida ko'plab kitoblar yozgan.
U o'qituvchi shaxsiy hayotiga e'tibor qaratgan tadqiqotchilardan biri. U ta'limni rivojlantirish yo'lida har xil metodikalar va texnikalarga emas balki o'qituvchini emotsional holati va shaxsiy rivojlanishiga va insoniy xislatlariga asosiy e'tiborni qaratgan.
"Courage to Teach" kitobi davlat maktabida ishlab turli qiyinchiliklar duch kelgan o'qituvchining hamkasblari uchun yozgan ichki kechinmalari.
Bu kitobda siz har qanday o'qituvchi tajribasi davomida duch kelishi mumkin bo'lgan turli xil muammolar va ularga yechim topishingiz mumkin.

👍1🔥1
The Courage to Teach (Parker J. Palmer) (Z-Library).pdf
1.7 MB
Kitobning ingliz tilidagi versiyasi.
O'zbekchasini qidirdik, lekin topa olmadik.

🔥3👍1
O'qitish metodga emas shaxsiyatga ko'proq bog'liq.
1. Shaxsiyat
2. Bilim
3. Pedagogik metodlar va texnikalar
Ko'p o'qituvchilar pedogogik metodlar va texnikalarni birinchi o'ringa qo'yadi. Bular ustida ko'proq ishlashga harakat qiladi. Bu muhim lekin o'qituvchi shaxsiyati Palmer uchun va o'quvchilar uchun muhimroq.
Palmer oddiy savol beradi. Siz o'quvchilarni inson deb ko'rasizmi yoki mashina deb ko'rasizmi?
Mashina uchun buyruq berilsa yetadi. Buyruqni bajaradi. Mashinaga to'g'ri buyruq berilsa va material berilsa yetadi.
Inson uchun buyruq berilsa, inson buyruq berayotgan inson bilan o'rtada ishonch shakllantirmaguncha buyruqni bajarmaydi yoki buyruqni chala bajaradi.
Shuning uchun Palmer dastlab o'qituvchilar o'zlarining shaxsiyatlarini rivojlantirishlari tarafdori.
O'qituvchi shaxsiyati uni o'quvchilar tasavvurida kim sifatida shakllanishiga va o'quvchilar unga hurmat bilan yoki hurmatsizlik bilan yondashishiga sabab bo'ladi.
1. O'qituvchi subatlashish uchun ochiqmi?
2. O'qituvchi hazil tushunadimi?
3. O'qituvchi tez jahli chiqmaydimi?
4. O'qituvchi o'quvchi hissiyotlarini va holatini tushunadimi?
5. O'qituvchi hayotidan xursandmi?
6. O'qituvchi nima o'tayotgan mavzusi yoki fani muhimligiga o'zi ishinadimi?
7. O'qituvchi tabiatan qiziqarli insonmi?
Shu savollarni o'zingizdan, o'quvchilaringizda va hamkasblaringizdan so'rab ko'ring. Shunda siz o'zingiz va hamkasblaringiz shaxsiyati haqida bilib olasiz. Ko'p hollarda bu savollarni hammasiga "ha" deb javob bergan o'qituvchi yaxshi o'qituvchi va "yo'q" deb javob bergan o'qituvchi yomon o'qituvchi bo'ladi.
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
Palmer fikricha o'qituvchi uchun 3 ta narsa muhim.

Shaxsiyat savollari:
1. O'qituvchi subatlashish uchun ochiqmi?
2. O'qituvchi hazil tushunadimi?
3. O'qituvchi tez jahli chiqmaydimi?
4. O'qituvchi o'quvchi hissiyotlarini va holatini tushunadimi?
5. O'qituvchi hayotidan xursandmi?
6. O'qituvchi nima o'tayotgan mavzusi yoki fani muhimligiga o'zi ishinadimi?
7. O'qituvchi tabiatan qiziqarli insonmi?
P.S
Shu savollarni o'zingizdan, o'quvchilaringizda va hamkasblaringizdan so'rab ko'ring. Shunda siz o'zingiz va hamkasblaringiz shaxsiyati haqida bilib olasiz. Ko'p hollarda bu savollarni hammasiga "ha" deb javob bergan o'qituvchi yaxshi o'qituvchi va "yo'q" deb javob bergan o'qituvchi yomon o'qituvchi bo'ladi.
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
🔥4❤1
O'qituvchi Shaxsiyati
O'qituvchi sinfda 7 xil rolda bo'lishi mumkin
Bunday o'qituvchi uchun eng muhim narsa bu tartib intizom. U bu intizomga qattiq amal qiladi va har qanday qoidadan chiqishni jazolaydi. Bu o'qituvchi darsni ham ma'lum bir tartib asosida o'tadi.
Aktyor o'qituvchi darsni teatrdagi sahna ko'rinishi deb o'ylaydi va darsni iloji boricha qiziqarli va kulgili qilishga harakat qiladi. Buning uchun u turli xil hikoyalar, she'rlar va hazillardan foydalanadi.
Bu o'qituvchi uchun o'quvchilar hissiyotlari va ularning darsda o'zlarini erkin his qilishlari eng muhim faktorlar. Ular har bir o'quvchini ko'nglini olishga va ularning muammolarini hal qilib berishga qattiq harakat qilishadi.
Hamkor o'qituvchi asosan o'quvchilar ahilligiga va sinf bir butun sifatida harakatlanishiga e'tibor qaratadi va dars o'tish tartibi ham shunga asoslangan bo'lib asosan o'quvchilarga guruhda ishlash uchun turli xil proyektlar va guruh vazifalari beradi.
Tadqiqotchi o'qituvchi har doim har xil mavzularda yangi narsalarni o'rganib yuradi va o'quvchilarga ham mavular berib, bu mavzular haqida internetdan va kitoblardan ma'lumot topishni vazifa sifatida beradi.
Bu o'qituvchi har doim yangiliklar qilishga harakat qiladi. Sinfda mavzuni tushuntirishni har dars har xil yangi uslublarini sinab ko'radi.
Mentor o'quvchilar bilan yaqin aloqa o'rnatadi va o'quvchilarga ilmoqli instruksiyalar berib ularni oldinga harakatlanishlari uchun yo'l ko'rsatadi. O'quvchilarni asosan mavzuni o'zlari o'rganishlariga undaydi yoki majburlaydi.
Har bir o'qituvchi sinf xonasida o'zining o'ziga xos dars o'tish uslubi va o'quvchilar bilan ishlash metodlariga ega. Bu uslublarni o'qituvchilar kimdandir o'rganishgan yoki yillar davomida o'zlari sekinlik bilan shakllantirishgan.
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
O'qituvchi sinfda 7 xil rolda bo'lishi mumkin
1. Boshqaruvchi
Bunday o'qituvchi uchun eng muhim narsa bu tartib intizom. U bu intizomga qattiq amal qiladi va har qanday qoidadan chiqishni jazolaydi. Bu o'qituvchi darsni ham ma'lum bir tartib asosida o'tadi.
2. Aktyor
Aktyor o'qituvchi darsni teatrdagi sahna ko'rinishi deb o'ylaydi va darsni iloji boricha qiziqarli va kulgili qilishga harakat qiladi. Buning uchun u turli xil hikoyalar, she'rlar va hazillardan foydalanadi.
3. Enaga (qo'pol tarjima: Caregiver)
Bu o'qituvchi uchun o'quvchilar hissiyotlari va ularning darsda o'zlarini erkin his qilishlari eng muhim faktorlar. Ular har bir o'quvchini ko'nglini olishga va ularning muammolarini hal qilib berishga qattiq harakat qilishadi.
4. Hamkor
Hamkor o'qituvchi asosan o'quvchilar ahilligiga va sinf bir butun sifatida harakatlanishiga e'tibor qaratadi va dars o'tish tartibi ham shunga asoslangan bo'lib asosan o'quvchilarga guruhda ishlash uchun turli xil proyektlar va guruh vazifalari beradi.
5. Tadqiqotchi
Tadqiqotchi o'qituvchi har doim har xil mavzularda yangi narsalarni o'rganib yuradi va o'quvchilarga ham mavular berib, bu mavzular haqida internetdan va kitoblardan ma'lumot topishni vazifa sifatida beradi.
6. Innovator
Bu o'qituvchi har doim yangiliklar qilishga harakat qiladi. Sinfda mavzuni tushuntirishni har dars har xil yangi uslublarini sinab ko'radi.
7. Mentor
Mentor o'quvchilar bilan yaqin aloqa o'rnatadi va o'quvchilarga ilmoqli instruksiyalar berib ularni oldinga harakatlanishlari uchun yo'l ko'rsatadi. O'quvchilarni asosan mavzuni o'zlari o'rganishlariga undaydi yoki majburlaydi.
Har bir o'qituvchi sinf xonasida o'zining o'ziga xos dars o'tish uslubi va o'quvchilar bilan ishlash metodlariga ega. Bu uslublarni o'qituvchilar kimdandir o'rganishgan yoki yillar davomida o'zlari sekinlik bilan shakllantirishgan.
Siz qaysi roldasiz?
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
🔥3❤2
Ta'lim sifatini Yaxshilash
Ta'lim sifatini yaxshilash uchun har xil turdagi o'zgarishlar va innovatsiyalar kiritiladi.
Ba'zida maktablar yangi texnikalarni sotib olishadi.
Ba'zida maktablar yangi baholash sisemasiga o'tishadi.
Ba'zida singapur metodiga o'tishadi.
Ba'zida yaponiya metodini qo'llashni boshlashadi.
Bu barcha o'zgarishlar boshqaruvchilarga yoqadi. Chunki bular haqida mediada gapirsa bo'ladi. O'qituvchiga erkinlik berish yoki uni ishlash sharoitini yaxshilash oxirgi masala.
Har qanday zamon o'zgarishiga qaramay ta'lim asosi o'zgarmaydi. Ta'lim asosida o'qituvchi o'quvchi munosabati yotadi.
Ta'limni yaxshilash yo'li o'qituvchiga ishlash sharoitini yaxshilash.
Professor McJeremyga ko'ra, o'qituvchi yoki har qanday kasb egasiga ishida o'zini erkin his qilib o'zini berib ishlashi uchun 3 ta narsa kerak.
1. Yaxshi Homashyo
Agar duradgorga qiyshiq va nuqsonlari bor taxta berilsa, u hamma vaqtini taxtani to'g'rilashga sarflaydi. Taxtadan nimadir yasashga yoki unga naqsh berishga vaqti qolmaydi.
2. Yaxshi Hamkasblar
Hamkasblar ishlash atmosferasini yaratishadi. Agar hamma bir biriga yordam bersa va bir biriga qarshi orqasidan haraklanmasa, bu ishxona ishchilar uchun yoqimli joyga aylanadi.
3. Yaxshi Boshqaruv
Boshqaruv vazifasi muammoli vaziyatlarni hal qilish. O'qituvchi har bir qadamini nazorat qilish va o'qituvchi maktabda dars o'tish yo'llarini o'rgatish emas.

1👍6❤1🔥1
Shunday darsda qatnashganmisiz?
Dars boshlandi. O'qituvchi prezentatsiya qo'yadi. O'yin o'ynaladi. Mavzuni tushuntirish boshlanadi. Mavzu asosida mashq bajariladi.
Dars o'tilishi mukammaldek ko'rinadi lekin nimadir g'alati. Nimadir g'ashingizga tegadi va darsga quloq solgingiz yoki darsni kuzatgingiz kelmaydi.
Bu holat odatda dars berayotgan o'qituvchi darsda keragidan ortiqcha metod va texnikaga urg'u berganda yuz beradi.
Hamma narsa bor lekin o'qituvchida insoniylik yo'q. O'qituvchi robotdek harakatlanadi. O'qituvchi gaplaridagi suniylik va metod va texnikalarni darsning bir qismi emas balki o'sha metod va texnikalarni ishlatish uchun ishlatayotgani sezilib turadi.
Bu holatda o'qituvchi darsga ruh bera olmaydi. O'qituvchi darsda o'zini erkin his qilishi va o'zini tabiiy tutishi o'quvchilarga ham darsda o'zlarini erkin his qilishga imkon beradi. Darsni qiziqarliroq qiladi.
Dars o'tish jarayonini formulaga solib bo'lmaydi. Ba'zida darsda spontanno aytilgan "kartoshka" so'zi o'quvchilarga 10 daqiqalik o'yindan ko'proq kulgi, zavq berishi mumkin. Bu faqat tabiiy o'tilgan darslarda yuz beradi.
O'qituvchi o'zligini qabul qilishi kerak va shu o'zligi asosida darsini rejalashtirishi kerak. O'qituvchi agar hazilkash bo'lsa, hazil aytishdan uylamasligi kerak. Agar o'qituvchi jiddiy bo'lsa, jiddiy dars o'tib ham yaxshi dars o'tish mumkin.
O'qituvchi o'z harakteridan tashqariga chiqsa, buni o'quvchilar biladi va suniylik o'qituvchini sharmanda qiladi.

👍10❤2
Yoqimsiz Suhbatdosh
Kim bilan do'stlashasiz?
Ko'pchilik uchun do'st birga vaqt o'tkazganda umumiy mavzular haqida gaplasha oladigan inson yoki umumiy ishlarni birga qila oladigan sherik.
Siz futbol ko'rsangiz, futbol ko'radigan odam bilan gaplashishingiz oson. Tez til topishib ketishingiz mumkin. Mavzu futboldan siyosatga va keyinchalik kundalik muammolarga ko'chadi. Futbol sizni bir odam bilan birlashtirgani uchun siz bu odam bilan boshqa mavzularda ham gaplashasiz.
Maktabda o'quvchilaringiz bilan gaplashishingiz uchun umumiy mavzu bormi?
Siz o'quvchilaringiz bilan faningizdan boshqa yana qaysi mavzuda gaplasha olasiz?
PUBGni tushunasizmi? Tiktokni tushunasizmi? Ular qiziqqan sohalarni birortasini bilasizmi?
Agar siz bu sohalar vaqtni bekor ketkazadi deb o'quvchilarga leksiya o'qisangiz, ular sizni o'sha zahoti eshitishni to'xtatadi. Siz ham faylasufni butun hayot yolg'on mavzusidagi leksiyasini eshitmaysizku. Bu sizga qiziqarsiz va aloqasi yo'qdek tuyuladi.
O'quvchilar sizni eshitishi uchun oldin ular bilan do'stlashing. Buning uchun ular qiziqadigan narsalar haqida o'rganing va darsda bulardan misol sifatida foydalaning.
Shunda ham hamma o'quvchi sizni eshitmasligi mumkin lekin bir qismi sizga e'tibor berishni boshlaydi. Sekinlik bilan bitta bitta o'quvchini o'zingizni eshitishga majbur qilasiz. Bittada hammaga yoqib yoki hammani e'tiborini o'zingizga qaratishning imkoni yo'q.

👍3
O'qituvchi O'lgan Kun
Darsga tayyorlandingiz. Materiallar chiqardingiz. O'quvchilar uchun o'yin tayyorladingiz. Darsga sidqidildan 100% tayyorlandingiz. Xonaga kirdingiz. Dars boshlamoqchi edingiz, zavuch orqangizdan kirdi va leksiya boshladi. Dars xarom bo'ldi. Ichingizda siqildingiz, lekin maydi dedingiz.
Keyingi kun. Keyingi dars. Dars boshladingiz. O'quvchilar eshitmayapti. Orqada qizlar gaplashyapti. Bolalar bir biriga nimadir chizib ko'rsatib xiringlashyapti.
Bu ikki kun sizni xo'rlangandek his qilishga majbur qiladi. Siz haqiqatdan ham xo'rlandingiz. Uydagi ishlarni tashlab, shaxsiy rohatdan voz kechib, yoningizdan pul sarflab sizga 7 yod begona odamlarni o'qitish uchun harakat qilsangizu, lekin sizni va sizni tayyorgarligingizni 1 tiyinga olishmasa og'ir.
Ko'p o'qituvchilar hayotida bunday holat bir necha marta bo'lgan va yuraklari chilparchin bo'lgan. Shundan beri darsga tayyorlanishmaydi. O'sha kunlarda o'zlaridagi o'qituvchilikka bo'lgan qiziqishni ko'mib yuborishgan.
Lekin o'sha kuni sizni kimdir sinf xonasida eshitayotgani sizga ko'rinmagan. Sizni xonada 2 yoki 3 kishi eshitayotgandi.
O'qituvchilik og'ir lekin sabr talab qiladigan kasb. Siz darsga tayyorlanishni to'xtatsangiz, darslaringiz yaxshilanib yoki mahoratingiz oshib qolmaydi.
Sizda yagona yo'l oldinga. Siz xonadagi 2 yoki 3ta o'quvchi uchun tayyorlanishni davom ettiring. Sekinlik bilan ularni soni 3tadan 4taga, 6tadan 10taga yetadi.
Omad.

👍9💯3🔥1😭1
O'qituvchi vs Mentor
Maktabda, o'quv markazda yoki universitetda dars beruvchi odam ikki xil rolda bo'lishi mumkin:
1. O'qituvchi
2. Mentor
O'qituvchi va mentor vazifasi o'xshash lekin bu vazifani qanday bajarishiga qarab farq qiladi.
O'qituvchi
O'qituvchi asosiy vazifasi o'z fanini va dars mavzusini tushuntirib berish va o'quvchi vazifasini tekshirib olish. O'qituvchi o'quvchiga fanni o'zlashtirishidagi muamolarni hal qilishga yordam beradi. Bu jarayonda u sinf bilan ishlaydi va o'quvchilarga aniq ko'rsatmalar berib ularni oldinga harakatlanishga yordam beradi. O'qituvchi sinfga dars berishni to'xtatganda, o'quvchilar uni unutishadi yoki aloqa qilishni to'xtatishadi.
Mentor
Mentor asosiy vazifasi o'quvchilarga oldinga yurishga yordam berish va bunda u sinf bilan emas o'quvchilar bilan ishlaydi. U o'quvchilar bilan chuqurroq munosabatlar o'rnatadi va ularni shaxsiy hayotlari, maqsadlari va orzulariga tasir o'tqazadi. Mentor sinfga darsga kirishni to'xtatgandan keyin ham o'quvchilar bilan aloqa qilishni to'xtatmaydi.
O'qituvchi va mentor qiladigan ishlari va asosiy e'tibor qaratadigan sohalari har xil. Birini yaxshiroq yoki yomonroq deyish ular qiladigan ishga hurmatsizlik ko'rsatishga teng.
Siz mentormisiz yoki o'qituvchi?

👍5🔥2
Mavzu va Misollar
Mavzuni o'quvchilar tushuntirish darsning asosiy qismi.
O'qituvchilar mavzuni 3 xil uslubda tushuntirishadi.
O'qituvchi — ba'zi o'qituvchilar mavzuni o'zlarining tajribalariga asoslangan holda tushuntirishadi. Misollar o'qituvchi hayotida boshidan o'tkazgan voqealarga asoslangan bo'ladi.
O'quvchi — ba'zi o'qituvchilar mavzuni o'quvchilar hayotiy tajribalariga asoslangan holda tushuntirishadi. Misollar o'quvchilar hayotiga oid.
Mavzu — ba'zi o'qituvchilar mavzuni yo hayotiy voqealarga yoki tasavvurdagi voqealarga bog'lashmaydi va shunchaki o'quvchilarga qoidalarni yodlashni aytishadi.
Siz qaysi uslubdan foydanasiz?

Ingliz tili darsi. O'qituvchi to'g'ri talaffuz qilishni o'rgatyapti. O'qituvchi aytadi: Men Britaniyaga borganimda hindlar Appleni [aple] deb aytishgan tushunmaganman. Shuning uchun sizlar to'gri talaffuz qilishni o'rganishingiz kerak.
O'quvchi — ba'zi o'qituvchilar mavzuni o'quvchilar hayotiy tajribalariga asoslangan holda tushuntirishadi. Misollar o'quvchilar hayotiga oid.
Ingliz tili darsi. O'qituvchi present simple (hozirgi zamon)ni tushuntiryapti. O'qituvchi so'raydi: Jamol sen har kuni nima qilasan? Har oyda bir nima qilasan?
Mavzu — ba'zi o'qituvchilar mavzuni yo hayotiy voqealarga yoki tasavvurdagi voqealarga bog'lashmaydi va shunchaki o'quvchilarga qoidalarni yodlashni aytishadi.
Ingliz tili dasi. O'qituvchi present simple (hozirgi zamon) ni tushuntiryapti. O'qituvchi aytadi: hozirgi zamon doimiy takrorlanadigan harakatlar uchun ishlatiladi.
Siz qaysi uslubdan foydanasiz?
Teacher Trainer
Telegram | Instagram | Youtube
👍7
Rivojlanish — O'sish
O'qituvchi o'zini ustida ishlashi oson. Buning eng oddiy 4ta yo'li bor.
Refelection
O'qituvchi dars o'tib bo'lgandan keyin bir kunda bir soat dars qanday o'tkanligi haqida o'zini taassurotlarini yozishi kerak. Taassurotlarni yozish vaqtida o'qituvchi dars davomida o'zi rejalashtirmay qilgan aqlli harakatlarni payqaydi va keyingi darslarda shu ishlarni yana qaytarishi mumkin
Kuzatuv
O'qituvchi boshqa o'qituvchilar darsini kuzatishi mumkin. Bu kuzatuv, kuzatuvchi o'qituvchiga katta yordam beradi. Kuzatuvchi darsni kuzatish davomida dars o'tayotgan o'qituvchi odatlarini o'rganishi va o'ziga yoqqanlarini o'z darslarida foydalanishi mumkin.
Badiiy Asar
O'qituvchi badiiy asarlar o'qish orqali odamlar fikrlashi, harakteri, dunyoqarashi, xohishlari va orzulari haqida chuqurroq bilimga ega bo'ladi. Bu ularga o'z o'quvchilarni yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
Pedagogika
O'qituvchi pedagogikaga oid kitoblar o'qishi mumkin. Bunday kitoblar odatda karyerasi davomida qandaydir yangilik topgan yoki ko'p yillik tajribaga ega o'qituvchilar tomonidan yoziladi. Bunday kitoblarni o'qish xuddi kuchli o'qituvchi bilan suhbatlashib undan maslahat olishga o'xshaydi.

Qo'rquv
Insonlarni, shu jumladan o'quvchilarni 2ta narsa fanni o'qishga va vazifalarni bajarishga ruhlantiradi.
1. Ichki Motiv
O'quvchilar odatda o'qituvchini eshitishadi va berilgan vazifalarni bajarishadi agar o'quvchi fanga qattiq qiziqsa yoki fanni o'zlashtirish orqali qandaydir yutuqqa erishishini bilsa.
Ko'pchilik bugungi kunda ingliz tili o'rganishmoqda va buning sababi universitetga kirish.
2. Qo'rquv
O'quvchilar ko'p hollarda o'zlarini nazorat qila olishmaydi. Ular fanlarni o'zlashtirmasliklarining asosiy sabablaridan biri ham shunda. Bunday holda o'qituvchi ma'lumot berishdan tashqari o'quvchilar tartib intizomini ushlash va ularni nazorat qilish vazifasini ham bajarishadi. Bunday holda o'qituvchi masulyatsiz o'quvchilar uchun aniq belgilangan jazolarni ishlab chiqishi kerak.
O'quvchilar qoidani buzganda ular shu jazolar asosida jazolanishi kerak. Bu o'quvchilarni tartibga kelishiga imkon beradi.
Ba'zi o'qituvchilar jazolarni qoralashadi. Ularni jazo berish o'quvchini fandan uzoqlashtiradi deyishadi. Lekin insonlarni insoniyligini taminlovchi asosiy faktor bu cheklovlar va cheklovlar asosida yotgan jazolar.

👍6❤3