TDTU Q.f. Matbuot xizmati
530 subscribers
9.29K photos
1.16K videos
234 files
3.86K links
Eng yaxshi investitsiya farzandlar uchun sarflangan investitsiyadir.
Download Telegram
3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni sifatida dunyo boʻylab nishonlanadi.

Uning maqsadi - jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishdan iborat.
👉 @tdtufilialquqon.
#Xalqaro_kun

ℹ️ Nogironligi bo'lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e'tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992 yillar Xalqaro nogironlar o'n yilligi deb belgilangan edi. Mazkur o'n yillik yakunida (1992 yilning 14 oktabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, 3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni deb e'lon qilingan.

⚠️ Mazkur xalqaro hujjatga muvofiq, BMTga a'zo barcha mamlakatlarga, shuningdek, tegishli tashkilotlarga nogironligi bor shaxslarning to'laqonli hayot kechirishi, ishlashi, ta'lim olishi va salomatligini tiklashi uchun muntazam tarzda zarur shart-sharoitlar yaratib berish, mazkur kunni keng miqyosda nishonlash tavsiya etilgan.
👉 @tdtufilialquqon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro press-klubning “Elektron hukumat: Farovon jamiyat, qudratli davlat sari dadil qadam” mavzusidagi sessiyasi

Xudoyor Meliyev, Adliya vaziri oʻrinbosari:

“Oʻzbekiston — 2030 dastur qabul qilingan. Uni tezlashtirish boʻyicha davlat rahbarining qarori ham qabul qilindi. ”

👉
@tdtufilialquqon
🟦🟦🟦🟦

🧠 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida kafedra professor-oʻqituvchilari oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

🇺🇿 Bellashuvni filial direktori B.A.Qushimov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

🧊 Qiziqarli boʻlib oʻtgan intellektual oʻyin yakunida, filial Elektr va elektronika kafedra oʻqituvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

🌐 Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Nogironligi bo'lgan shaxslarga berilgan ayrim imtiyozlar

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida qo'shimcha qabul kvotasi ajratiladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslarning avtotransport vositalari uchun ajratilgan to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga DXM va (yoki) YIDXP orqali xizmat ko'rsatishda 50 foiz miqdorida chegirma qo'llaniladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro'yxatidan (qayta ro'yxatdan) o'tkazish uchun davlat boji undirilmaydi.

🔹 Nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalar, 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga nafaqa tayinlashda davlat xizmatlari bepul ko'rsatiladi.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar bolalarini davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozli ro'yxatga kiritilgan.

🔹 Tegishli tibbiy xulosa asosida muhtoj shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya qilishning texnik vositalari beriladi.

🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar sanatoriy-kurortda bepul sog'lomlashtirish huquqiga ega.

🔹 I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning mulkida bo'lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.

🔹 Mehmonxonalarda nogironligi bo'lgan shaxslar uchun alohida sharoitga ega xona tashkil etiladi.

🔹Xizmat turar joylarida yashayotgan I va II guruh nogironlari xizmat uyidan boshqa turar joy bergan holda ko'chiriladi.

🔹Nogironligi bo'lgan yoshlarga BHMning 50 baravarigacha (15 mln so'mgacha) subsidiya ajratiladi.

🔹Byudjet mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug'ullanish va ulardan foydalanish uchun nogironligi bo'lgan bolalar to'lovdan ozod etiladi.

🔹Bolalikdan nogiron bo'lganlar, shuningdek I va II guruh nogironlarining MHTEKMning 3 baravari (2 mln 760 ming so'm) miqdoridagi mablag'lari daromad solig'iga tortilmaydi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat.

▶️ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida kafedra professor-oʻqituvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan Zakovat intellektual oʻyinidan maxsus videorolik!

👨‍💻 Operator: Sardor Baxodirov
🤝3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni.
Maʼlumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktabrdagi 47/3-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni sifatida dunyo boʻylab nishonlanadi. Uning maqsadi - jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar huquqlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishdan iborat.
Filialda 5 nafar nogiron talabalar tahsil oladi.Ularga stipendiyaning 50%miqdorida moddiy ragʻbatlantirildi.
Shuningdek, filialga biriktirilgan mahallalardagi nogironlardan xabar olish tyutorlar – Z.Egamberdiyeva, X.Asranqulovlarning tashabbuslari bilan amalga oshirildi. Ular oʻzlariga biriktirilgan talabalar bilan birgalikda Qoʻqon shahar "Istiqbol" mahallasida istiqomat qilayotgan 6 nafar nogiron fuqarolar holidan xabar oldilar. Jumladan, Qoʻqon shahar "Navoiy" mavzeining turli xonadonlarida istiqomat qilayotgan: Sultonov Alyorbek (2-guruh nogironi) A.Navoiy 72-uy 13-xonadon, Abdullayeva Moxinabonu A.Navoiy 80A-uy 38-xonadon, Yuldashev Shoxruhxon A.Navoiy 62-uy 6-xonadon, Baxtiyor Xolmatov A.Navoiy 71-uy 44-xonadon, Ibroxim Azimov A.Navoiy 74-uy 37-xonadon, Rustamova Maʼsumaxon A.Navoiy 80A-uy 23-xonadonlariga tashrif buyurib nogironlar holidan xabar oldilar.
🏐 @tdtufilialquqon.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️YUNESKO Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan moddiy madaniy meros obyektlari hududida obodonlashtirish va qurilish ishlari olib borilmaydi (YUNESKO ishlari bo'yicha milliy komissiya bilan kelishilgan holatlar bundan mustasno).

👉 @tdtufilialquqon
Mamlakat yoshlariga ilm olish uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish va ularning nazdida bugungi kun jamiyatida haqiqiy yetakchi kim ekanligini o'rganish maqsadida:

EVEREST o'quv markazi "Haqiqiy lider kim?" mavzusida navbatdagi insholar tanlovi va grantini e'lon qiladi!🔥

Tanlov doirasida 10 nafar g'olibni aniqlab, ularga 12 oy mobaynida (2023-yil to'liq) EVEREST'ning istalgan manzilida MUTLAQO BEPUL tahsil olish imkoni beriladi!

Insholar tanlovi ikki bosqichdan iborat:

1️⃣-bosqich - 20-dekabrgacha insholar qabul qilinadi va 40 ta eng saviyali insho saralab olinadi!
2️⃣-bosqich - 2023-yil 5-yanvargacha saralangan 40 nafar da’vogar bilan suhbat tashkil qilinadi.

🏆 6-10-yanvar oralig'ida esa 10 nafar g'olib - grant sohiblari e'lon qilinadi.

👉 Insho shaklini esa EVEREST OFFICIAL Telegram kanalidan bilib olishingiz mumkin bo'ladi!

EVEREST endi Yunusobodda ham ochildi! Tashrif buyuring!

Instagram | Telegram | YouTube | 📍Manzillar | Ta'lim reklamasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қўқон шаҳрида ногиронлар куни муносабати билан хайрия тадбири ўтказилди

"Турон" тантаналар саройида ногиронлиги бор ва имконияти чекланган фуқаролар учун дастурхон ёзилиб, эътибор кўрсатилди. Қўқон шаҳар ҳокими Маруфжон Усмонов иштирокчиларга давлатимиз раҳбарининг Халқаро ногиронлар куни муносабати билан мамлакатимиз халқига йўллаган мурожаатини ўқиб эшиттирди.

Шаҳримизда бу борада амалга оширилаётган ишлар хусусида тўхталиб ўтиб, имконияти чекланган фуқароларнинг муаммоларини ҳал этиш шаҳар ҳукуматининг диққат эътиборида бўлишини билдирди. Барчага сихат-саломатлик, тинчлик-хотиржамлик тилади.

Manba qoqon.uz|
👉 @tdtufilialquqon