Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy kanali
982 subscribers
3.16K photos
124 videos
65 files
1.46K links
Манзил: Самарқанд вилояти, Оқдарё тумани, Даҳбед қўрғони, А.Темур кўчаси 7
Тел: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88
Facebook: fb.com/SamARU23
Veb-sayt: www.samaguni.uz
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Oʻqishni_koʻchirish

⚠️ RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakolatidagi talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan arizalar (oliy taʼlim muassasalaridan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha) vazirlik komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.

Koʻrib chiqish natijalari ariza mualliflariga quyidagi tartibda eʼlon qilinadi:

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilmaganligi boʻyicha maʼlumotlar ariza mualliflarining transfer.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi. Shunga koʻra ushbu toifadagi talabalar 2021-yil 5-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab arizalarining koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shaxsiy kabinetlari orqali maʼlumot olishlari mumkin.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalar roʻyxati 2021-yil 6-sentabr kuni 16:00 dan boshlab talabalar oʻqishi koʻchirilishi soʻralgan oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalarning bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida koʻchirilishi muayyan oliy taʼlim muassasasi tomonidan uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli koʻrib chiqilgandan soʻng belgilanadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Oʻqishni_koʻchirish

⚡️Uzrli sabablarga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolar DIQQATIGA!!!

Prezidentning 279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish boʻyicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Hududiy ishchi guruhlar 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (oʻsha kuni ham) faoliyat koʻrsatadi.

Yuqoridagi qarorga asosan fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga koʻra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:

🗄talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun;
🗄 davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

🗄oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
🗄talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
✍️pasport nusxasi;
✍️yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Oʻqishni qayta tiklash boʻyicha (koʻchirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil boʻlganligidan qatʼi nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM