Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy kanali
975 subscribers
3.11K photos
123 videos
65 files
1.45K links
Манзил: Самарқанд вилояти, Оқдарё тумани, Даҳбед қўрғони, А.Темур кўчаси 7
Тел: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88
Facebook: fb.com/SamARU23
Veb-sayt: www.samaguni.uz
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonining an’anaviy (oflayn) tarzda boshlanishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan

Ayni kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ta’lim jarayonini an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra tegishli ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish yuzasidan yakuniy xulosa tasdiqlangandan so‘ng, vazirlik sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali rasmiy tarzda e’lon qilinadi.

Shu o‘rinda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, ularning ota-onalari ham farzandlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan qarashlari va, albatta, vaksinatsiya jarayoniga faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

Emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi.

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari toʻgʻrisida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining bayonoti

Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Acharya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya bermagan. Litsenziya olgandan keyingina ta’lim faoliyati olib borishi mumkin.

Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari tavsiya etiladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube