3.15K subscribers
7.06K photos
282 videos
3 files
263 links
Локомотивное депо «Узбекистан».
+99871-299-68-05
Instagram: https://instagram.com/uzdepo?r=nametag

Facebook: https://m.facebook.com/depouzbekistan/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ovoz muhim!
Saylovda ishtirok eting!


“O‘zbekiston” lokomotiv deposi.
📌2024-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2024 yil 28 iyun kuni faol va tashabbuskor yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv videoselektor yig‘ilishining 31-sonli bayoni 20-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Oʻzbekiston” lokomotiv deposida faollar zalida korxona rahbari N.M.Hamdamov hamda bosh muhandis J.S.Ergashev boshchiligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor, oʻsib kelayotgan barkamol avlodga boʻlgan gʻamxoʻrlik davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani bilan ham juda ahamiyatlidir. Yoshlar uchun qaratilgan eʼtibor, ularni qoʻllab - quvvatlash darajasi kun sayin ortib borayotgani oʻgʻil-qizlar uchun koʻplab imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Zero yoshlar vatan kelajagi, ertangi kunning bunyodkorlaridirlar.

Shu jumladan, lokomotiv deposining yosh xodimlariga depo rahbariyati, kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda yoshlar ittifoqi bo’limi tomonidan alohida etibor berilib kelinmoqda.

Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda depo boshlig’i yosh xodimlarni qiziqtirayotgan savollar, yuzaga kelgan kamchiliklar va ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish borasidagi takliflarini tingladi va ushbu berilgan takliflar hamda savollar yechimi yuzasidan mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berdi.

Yig’ilishtan so’ng boshqarmada bo’lib o’tkan Boshqaruv raisining 2024-yil 26- apreldagi “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish to‘g‘risida”gi N-312-sonli buyrug‘i asosida tashkil qilingan ZUKKO KITOBXON-2024 ko'rik tanlovining yakuniy Respublika bosqichida faxrli 3-o’rinni egallagan tahlil guruhi operatori Zarifa Tursunova hamda “Kasbim-faxrim-2024” ko’rik tanlovida turli yo’nalishlarda faxrli o’rinlarni egallagan korxona yoshlarini mehnatini yuksak baxolab depo rahbari va kasaba-uyushma raisi nomidan qimmatbaho sovg’a va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.