TCh-2 Qoʻqon lokomotiv deposi
398 subscribers
3.18K photos
64 videos
2 files
58 links
Qo‘qon lokomotiv deposi — temir yo‘l harakat tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish yo‘nalishidagi axborot maydoni.

🔧 Lokomotivlarning texnik holati va yangilanishi
🚆 Harakat xavfsizligi va ishlab chiqarish jarayonlari
Download Telegram
🚂 Harakat xavfsizligi oyligi: Har bir detal qat'iy nazoratda!⚠️

"Harakat xavfsizligi oyligi" doirasida temir yo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash hamda harakat tarkiblarining texnik holatini yanada yaxshilash borasidagi tadbirlar izchil davom etmoqda.
Xususan, "Qo‘qon lokomotiv deposi" filiali bosh muhandisi B.Y.Karimov tomonidan Andijon filialidagi yo‘lovchi tashuvchi va tezyurar elektropoyezdlarning texnik holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, poyezdlarning xavfsiz to‘xtashini ta'minlovchi muhim qism — tormoz tizimidagi qum sistemalari chuqur tekshirilib, ularning ishlash holati va belgilangan talablarga muvofiqligi nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, harakat xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan boshqa texnik jihozlar ham mutaxassislar ishtirokida to‘liq ko‘zdan kechirildi.

Maqsad — yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash va poyezdlarning o‘z vaqtida, uzluksiz harakatlanishiga erishish! .✅👮🏻‍♂
🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat bayrog‘i – milliy g‘ururimiz, mustaqilligimiz va Vatanga sadoqatimiz ramzidir.
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Qo‘qon lokomotiv deposi” filialida bayrog‘imizning mazmun-mohiyati, tarixi va milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni haqida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida davlat ramzlariga hurmat, Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
🇺🇿 Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz!
👍15👏6🔥1
🚆Harakat xavfsizligi oyligi 🚧:
«Qo‘qon lokomotiv deposi» Andijon filialida nazorat tekshiruvlari o‘tkazildi.
⚠️

Bugun, 2026-yil 19-noyabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining N-559-sonli buyrug‘i hamda harakat xavfsizligi oyligi doirasida «Qo‘qon lokomotiv deposi» bosh muhandisi B.Y.Karimov tomonidan Andijon filialida navbatdagi tekshiruv o‘tkazildi.
ВЛ80ˢ-2419 elektrovozining quyidagi qismlari texnik holati ko‘zdan kechirildi:

🔰 Kabina: Boshqaruv pulti, o‘lchov asboblari va o‘t o‘chirgich holati tekshirildi.

🔰 Akkumulyator: Batareya yashigi va elementlarining sozligi nazorat qilindi.

🔰 Mashina bo‘limi: Elektr kontaktorlari va kommutatsiya qurilmalari ko‘zdan kechirildi.

🔰 Tom qismi: Izolyatorlar, yuqori kuchlanish o‘tkazgichlari va tok qabul qiluvchi (tokopriyomnik) tekshirildi.

🔰 Qum hamda yurish qismi: Tashqi ko‘rik va ko‘rik maydonchasidagi holat o‘rganildi.

Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.✅

#Qoqonlokomotivdeposi
❤1👍1