Tavba
1 subscriber
41 photos
1 link
Download Telegram
“…. albatta, shayton insonga aniq dushmandir”.

#YusufSurasi,5-oyat📖

“….va shaytonning kirdikorlariga ergashmanglar, chunki u sizlarga ochiq dushmandir”.

#An’omSurasi,142-oyat📖

Alloh taolo marhamat qiladi:
“U: “Menga habar ber-chi, mendan mukarram qilganing shumi?
Agar meni qiyomat kunigacha qoldirsang, uning oz qismidan tashqari barcha zurriyotini jilovlab olaman”, dedi.


#IsroSurasi,62-oyat📖
2
Alloh taolo bandasini o’ziga ixlosli qilib qo’ysa, shayton uni yo’ldan hech ozdirolmaydi.
1
Oyati karimada keladi:

“U Zot aytadi: “Boraver, ulardan kim senga ergashsa, u holda shubhasiz do’zax yetarli jazoingiz bo’lur””

#IsroSurasi,63-oyat📖

Ulardan kimni bo’ysundirib, jilovlab olgan bo’lsang, ular bilan birga hammangizning borar joyingiz jahannamdir.


Iblis aytadi: Alloh taolo o’zimga buyurgan vazifani bajaryapman,
chunki u menga bunday degan:

“”…ulardan kuching yetganini ovozing bilan qo’zg’at, ular ustiga otliq va piyoda qo’shingni tort, topgan mol-dunyosi va bola-chaqalarida sherik bo’l va ularga va’dalar qil”. Haqiqatan shayton ularga yolg’on-aldovdan boshqasini va’da qilmaydi”.

#IsroSurasi,64-oyat📖

Iblis: “Meni adashtirish vazifasiga Alloh taolo ma’mur qilgan”, deb o’ylamasligi uchun Haq subhanahu taolo aytadi:
”… u holda shubhasiz do’zax yetarli jazoingiz bo’lur”.
Ya’ni,
iblis ham ular bilan birga jahannamga kiradi, hech kim unga bandalarni adashtirgin deb buyurmagan. Iblis o’zi o’ch olishni maqsad qilgan.
Shayton hisob kuni - qiyomatda bandalar huzuriga keltiriladi. Uning nima deyishini Alloh taolo Qur’oni karimda habarini bergan:

“Ish bitib bo’lgach, shayton:
“Albatta, Alloh sizlarga haqni va’da qilgan edi, men esa sizga va’da berdim-u, va’damga xilof qildim. Ustingizdan hech qanday hukmronligim yo’q edi, faqat chorlashim bilanoq o’zlaringiz menga itoat qilib ketdilaringiz. Endi meni emas, o’zlaringizni malomat qilinglar.
Men sizlarga yordam bera olmayman, sizlar ham menga yordam bera olmaysizlar. Ilgari meni sherik qilganlaringizni endi albatta inkor etaman. Zolimlarga albatta alamli azob bordir”,dedi”.

#IbrohimSurasi,22-oyat📖


Haq subhanahu va taolo bunday marhamat qiladi:

“Ey Odam bolalari, shayton ota-onalaringizni avratlarini o’zlariga ko’rsatish uchun liboslarini yechib jannatdan chiqarganidek, sizlarni ham yo’ldan ozdirmasin.
Chunki u va unga o’xshashlar o’zingiz sezmagan tomondan sizni ko’rib turishadi. Shaytonlarni haqiqatan imon keltirmaydiganlarga do’st qilganmiz”.


#A’rofSurasi,27-oyat📖
Unga birinchi tavba qilgan kishi otamiz Odam alayhissalom bo'ldilar.
Oyati karimada keladi:
"...Odam Parvardigoriga osiy bo'lib, yo'ldan ozdi. So'ngra Parvardigori uni tanlab oldi, tavbasini qabul etib, hidoyat qildi".

#TohaSurasi,121-122-oyatlar📖
Qur'oni karimda Haq taolo e'lon etgan:

"(Ey Muhammad,) Mening O'zimgina kechirimli, rahmli ekanimni bandalarimga bildirib qo'ying".

#HijrSurasi,49-oyat📖
Haq taolo O'zi yaratgan Odam bolalari Uning haqqini buyurilganidek to'liq ado qilolmasliklarini azaldan bilganidan ham ularni qilmishlari uchun O'zidan istig'for tilashga buyurdi.
Tavba
Photo
Oyat ohirida Haq taolo bular bilan ish yakuniga yetmasligidan ogohlantirib qo’yayapti:
“… hamda sizlar bilmaydigan narsalarni yaratadi”.
Sayyidimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Haq taolo buroqni hizmat qildirib qo’ygan bo’lsa,
Sulaymon alayhissalomga shamollarni bo’ysundirib qo’ydi.
Bu kabi mo’jizalar payg’ambarlarga berilgan edi. So’ngra odamlarga ilm berib hozirda odamlar uchoq, qitor(poyezd) va moshinalarni bo’ysundirib qo’ydi.
Haq taolo aytadi:

“U barcha narsalarni juft-juft yaratdi va sizlarga kemalar hamda hayvonlardan miniladigan ulovlar qilib berdi.
Sizlar ular ustiga minganlaringizda, so’ngra unga o’rnashib olgach, Parvardigoringizning ne’matini eslab:
“Bizlarga buni bo’ysundirib qo’ygan Zot pokdir, bunga o’zimiz qodir emas edik; va albatta bizlar Parvardigorimizga qaytuvchilarmiz”,deysizlar”.


#ZuxrufSurasi,12-14-oyatlar📖


Va yana aytadi:

“Va ular yuklaringizni sizlar joningizni qiynatibgina eta oladigan yurtlarga ko’tarib boradi”.

#NahlSurasi,7-oyat📖

“U hayvonlardan yuk tashuvchilarni va so’yiladiganlarini berdi”.

#An’omSurasi,142-oyat📖
1
Hodisalarning ehtiyoji turfa xildir.
Ishga kirishayotganda quvvat hosil qilishga:
“Kuch va Qudrat egasi bo’lgan Alloh nomi bilan” deb,
agar ilmiy ishga kirishadigan bo’lsa:
“Har narsani biluvchi bo’lgan Alloh nomi bilan” deb,
boylik talabida esa:
“Behojat bo’lgan Alloh nomi bilan” deb boshlash lozim.
1
Yumshoqlik istagida “Bismillahil Haliym”,
Shijoat payti “Bismillahil Qohhar” deyiladi.
3
Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam hamd aytsalar:

“Alloh! Sen poksan, Senga maqtovlarni sanay olmayman, Senga O’zing maqtaganingdek maqtovlar bo’lsin!” der edilar.


✍️ Imom Muslim rivoyati
1
“Yer undiradigan narsalardan, ularning o’zlaridan va ular bilmaydigan narsalardan barcha juftlarni yaratgan Zot pokdir”.

#YosinSurasi,36-oyat📖

“Tunga kirganingizda ham, tongga kirganingizda ham Allohni poklab yod etinglar”.

#RumSurasi,17-oyat📖
Alloh taoloni boshqalardan ulug’lab “takbir” aytish kerak. Har qanday ish ustida yoki har qanaqangi ulug’ davrada ekaningizda Rabbingizning nidosi - buyrug’i yetib kelsa,
“Rabbim har narsadan Ulug’,
Uning buyruq va qaytariqlari har narsadan ustun”,
deya Uni ulug’lab “takbir” ayting.
“Kim yomonlik yoki o’ziga jabr qilsa, so’ngra Allohdan mag’firat so’rasa,
u Allohning kechiruvchi va mehribon ekanini ko’radi”.


#NisoSurasi,110-oyat📖

“Agar qaytarilgan gunohlarning kattalaridan saqlansalaring, kichiklarini kechirib, yaxshi manzilga kiritamiz”.

#NisoSurasi,31-oyat📖
Alhamdulillah, bugun «Tavba» kitobi mutolaasini tugatdim.🥹 (Biz birgalikda bu kitobni tamomladik)
Muhim deb bilgan barcha ma’lumotlarni yetqazishga, ulashishga harakat qildim. Sizlarga ham foydali bo’ldi degan umiddaman.

Kanal boshidan kuzatayotgan, ilm olayotganlardan Alloh rozi bo’lsin,
Yangi qo’shilganlar kanaldagi barcha ma’lumotlarga e’tiborli bo’lgan holda o’qib, ilm olishlaridan umidvorman.
Alloh ilmingizni ziyoda qilsin🤲

Bu kitobni hadiya qilgan insonga o’z minnatdorchiligimni bildiraman,
Alloh rozi bo’lsin ulardan 🤲

Hisobga tortilmasingizdan burun
O’zingizni hisob-kitob qiling!


«Tavba» - sevimli kitoblarimdan biri bo’lding♥️

https://t.me/tavbahaqida
4👍1🔥1🕊1
Tavba pinned a photo