هناك الكثير من الكلمات الجميلة التي سيقولها الناس عنك، ولكن عليك أن تموت أولا من أجل ذلك.
فيودور دوستويفسكي
Odamlarning siz haqingizda aytadigan goʻzal gaplari juda koʻp, lekin buning uchun avval oʻlishingiz kerak.
Fyodor Dostoyevskiy

🔥17💯10👍7😢2🎉2
Sizdan sodir boʻladigan niyat, qasd, azm, xohish, iroda, duo evaziga...
Siz yaxshi oʻqib turgan boʻlsangiz, yaxshi "ketayotgan" boʻlsangiz,
boʻshashmasdan tetik, sogʻlom, ishchan boʻlib yashayotgan boʻlsangiz,
moliyaviy holatingiz barqaror boʻlsa, zaruriy ehtiyojlaringiz yoʻq boʻlsa,
yaxshi, solih doʻstlaringiz koʻp boʻlsa,
bilingki, barchasini Alloh yaratib beryapti.
Sizdagi natijakorlik oʻzingiz sababli emas. Siz kabi yaxshi niyat qilayotganlar, intilayotganlar son mingta.
Sizdagi qasddan keyin imkoniyatni Alloh yaratib bersa, harakatga kuch-quvvat bersa, harakatni ham yaratib bersa, toʻgʻri joyda va toʻgʻri zamonda boʻlishingizni yana Alloh ta'minlasa,
kerakli odamlarga kerakli vaqtda roʻbaro qildirib qoʻysa,
sizga zarur narsani Oʻzi ilhom qilsa,
bir ishga qunt, toqat, hafsala, chidam, bardosh, sabr bersa...
Men, men, men deyishga,
maqtanishga, faxrlanishga balo bormi?
Maqtanish – banda ne'matni Allohdan deb emas, oʻzidan deb bilishining nishonasidir.

🔥21💯17😭8😢6⚡5👍3
Jamiyatning turli boʻgʻinlaridagi odamlar bilan muomala qilar ekansiz, goʻyoki aksar odamning injiqligi, oʻrischa qilib aytganda капризи bordek.
Hamisha insonlar bizning koʻnglimizga, bizning kayfiyatimizga, bizning xohish-istaklarimizga, bizning, bizning, bizningga qarab muomala qilishlari uchun "oʻtkazib qoʻygan" joyimiz yoʻq.
Qolaversa, Allohga biz aytgandek boʻlib berish vojib emas.
Bizga Alloh aytgandek boʻlish vojib.
Oʻziga xos xarakterning oʻziga xosligi shariat doirasiga yoxud inson oʻz haddini bilguniga qadar sigʻadi.
Undan ortiqchasi kishilar qalbini jarohatlagani bois shunchaki emas, behad ortiqchadir.
Ayrim oʻrinlarda: bu kishining xarakterlari ogʻir, fe'llari tor = betarbiya, takabbur, axloqsiz kishilar.
Shu bois, aytilganidek:
Oʻzingga xos fe'lingni,
Yigʻishtirib qoʻy doʻstim.
Kibr kelsa nafsingga,
Bir tigʻ bilan soʻy doʻstim.
من خلال التعامل مع مختلف الناس في فروع المجتمع، قد تجد أن كثيرا منهم يحملون شيئا من النزق والدلال.
وليس في الدنيا موضع مخصص لنا، ولا مساحة مضمونة، يتعين فيها على الناس دائما أن يراعوا مشاعرنا ومزاجنا ورغباتنا وما نحب وما نكره؛ أن يراعونا في كل شيء.
ثم إن الله سبحانه وتعالى ليس ملزما بأن تجري الأمور كما نبغى نحن، أو كما نشتهي.
وإنما الواجب علينا أن نكون كما يريد الله منا.
وللإنسان أن تكون له شخصيته الخاصة، وطبيعته المميزة، ومزاجه المختلف، ما دام ذلك كله في حدود الشريعة، وما دام يعرف قدره ويقف عند حده.
فإذا تجاوز ذلك الحد، لم يعد الأمر مجرد خصوصية في الشخصية أو طبع خاص، بل أصبح زيادة لا مبرر لها، ولا سيما إذا كان ثمنها جرح قلوب الناس وإيذاء مشاعرهم.
ولهذا، فإن قولنا عن بعض الناس: طباعه صعبة، وشخصيته ضيقة، والتعامل معه مرهق، قد لا يكون في بعض الأحيان إلا تعبيرا مخففا عن حقيقة أخرى: أنه سيئ الأدب، متكبر، أو سيئ الخلق.

👍16🔥5⚡3💯2
Forwarded from Baytul ilm
Prof. Dr. Saloh Abul Hoj "Til sayqali" kitobida aytadilarki:
Xodimiy aytadilar: “Ilmning inqirozga yuz tutishi sabablaridan biri muallimning haqqiga rioya qilmaslikdir, o‘tgan azizlarimiz: "Kimdan ustoz(i) ozor ko‘rsa, ilmning barakasidan mahrum bo‘ladi, undan ozgina foyda oladi, xolos", – deganlar.
Bu kabi odobsizlikka ayrim misollar keltirsak:
Olim bor davrada ilmsiz kishilarning so‘z boshlashi, ustozning oldida talabaning so‘zamollik qilishi, ilmda ustun bo‘lmasa-da, parhezkorligi yoki zuhd(i) yoki yoshi kattaligi sababli martabasi yuqoriroq kishining oldida gapdonlik qilish.
Ustozning gapiga e’tiroz bildirish. Garchi xato bo‘lsa-da, ustozning so‘ziga keskin e’tiroz bildirmaslik darkor. Ustozini noshar’iy ish ustida ko‘rib qolganda: “Nega unday qilyapsiz?” degan shogird muvaffaqiyat qozona olmaydi, deyishgan ulamolarimiz. Agar e’tiroz bildirish kerak bo‘lsa, uni ochiqchasiga, keskin ohangda emas, ishora orqali bildirish kerak.
Imom G‘azzoliy aytadilar: “Ustozini zohiran nomaqbul bo‘lgan ish ustida ko‘rib qolsa, gumonini yomon qilmasin, ustoz(i) buning sir-asrorini undan ko‘ra yaxshiroq bilishi mumkin. Shu paytda Muso alayhissalom Xizr alayhissalomga: "Buni uning ahlini g‘arq qilish uchun teshidingmi?! Juda g‘alati narsa qilding-ku", deb aytganlarini eslasin. Muso alayhissalom ishning zohiriga qarab e’tiroz bildirgandilar.
Manba
@arabictadriys

🔥12👍4⚡1
الهمة هي قوة انبعاث الروح إلى مقصود ما
Himmat – Inson ichki olamining biron maqsadga qoʻzgʻalishidir.

🔥17💯6
Agar sabablarni doʻndirish bilan ish bitganda edi, ilm oʻqigan kimsa borki, barchasi olim boʻlib ketgan boʻlar edi.
Ota: "Bolam olim boʻlishi uchun qoʻlimdan kelganini qildim. Yaxshi ustozlarga olib borib berdim. Kitob, ta'minot, sharoit barchasini qildim. Lekin olim boʻlmadi".
Er: "Men ham, ahli oilam ham sogʻlom boʻlsak-da, mana sakkiz yildirki, farzandimiz yoʻq".
Tadbirkor: "Mendan keyin biznes boshlaganlarning daromadi mendan ikki barobar koʻpaydi. Xolbuki, men ishni avval boshlagan edim".
Bu muvaffaqiyatsizliklarning umumlashtirib turuvchi yagona formulasi kishi oʻzi qilgan tadbir va sabablarga tayanib, sababni sabab qilib turuvchi, barcha narsaning Egasi, Musabbibini esdan chiqarib qoʻyishdadir.
Tadbir qila turib natijasini Allohga topshirish farz.
Tadbir qila turib natijasini Allohga topshirgan holda oqibatlarini taxmin qilish muboh.
Tadbir qila turib, sabablarga tayanib qolish, oʻzi kutayotgan natijasiga esa jazm bilan yondashish, Parvardigorning tadbirini unutish xorlikning boshlanishi yoxud ayni uning oʻzidir.
Men xohladimmi, demak, albatta boʻlishi kerak. Men shu ishni reja qildimmi, albatta, amalga oshadi. Men kerakli ishlarni hozirladimmi, natijasi falon holatda boʻladi degan umumiy (kulliy) qoida yoʻq.
Balki, qoida shuki:
لا حول ولا قوة إلا بالله العلي العظيم.
Qattiq harakat qilish, natijasini esa mudabbir boʻlgan Allohga havola qilishdir.

🔥19💯15👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayotdagi namuna, jannatga yoʻlboshchi, tamaddun va aqllar bunyodkori, otadanda ulugʻ zot. Ahmad Shavqiy aytganlaridek:
Shaxsiyat va tafakkurlarni bunyod etuvchi zotdan ko‘ra sharafliroq va ulug‘roq kimsa bormi?
Ta’lim berishga chaqirilganda
og‘ir va mas’uliyatli omonatni o‘z zimmasiga oluvchi zotlar!
Qaysi maqomu, darajalarga yetsak, shu martabalarimizga sababchi ustozlar!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
أَعَلِمتَ أَشرَفَ أَو أَجَلَّ مِنَ الَّذي
يَبني وَيُنشِئُ أَنفُساً وَعُقولا
Shaxsiyat va tafakkurlarni bunyod etuvchi zotdan ko‘ra sharafliroq va ulug‘roq kimsa bormi?
وَالْحَامِلِينَ إِذَا دُعُوا لِيُعَلِّمُوا
عِبْءَ الْأَمَانَةِ فَادِحًا مَسْؤُولَا
Ta’lim berishga chaqirilganda
og‘ir va mas’uliyatli omonatni o‘z zimmasiga oluvchi zotlar!
Qaysi maqomu, darajalarga yetsak, shu martabalarimizga sababchi ustozlar!
Bayramingiz muborak boʻlsin!
🔥21⚡5👍3
Bir doʻstim boshqa doʻstimning avtomobil haydashini tanqid qilyapti:
– Namuncha ezmalanasiz? Dadilroq haydasangizchi? Chaqqonroq, udabburonroq boʻling!
Ruldagi doʻstimning haydashni boshlaganiga uncha koʻp boʻlmagan. Lekin deyarli yoʻl hodisasiga uchramagan.
Tanqid qilayotgan doʻstim haydashni ancha oldin, yoshlik chogʻidan boshlagan. Oʻnga yaqin yoʻl hodisalarini boshdan kechirgan.
Lekin haydashni xuddi bilib tugʻilgandek.
Inson boshqalarning tasarruf va xatti-harakatlariga baho berar ekan, oʻzining oʻtmishi va hozirgi egallab turgan mavqeyiga qanday yetib kelganini, ta'biz joiz boʻlsa, bir koʻnikma yoki qobilyat shakllangunga qadar oʻzi tanqid qilayotgan tarafdan vaqtida qolishmaganini yoki badtarroq boʻlganini koʻngildan oʻtkazib qoʻyib munosabat qilgani nihoyatda ma'qul va matlub ish.
Xuddi mana shu narsa insof, rahmat, kechirimlilik, rahmdillik, mehr, muruvvat, diyonat, xayrixohlik koʻzi bilan qarashdir.
Xuddi shuningdek, kishilarning holati-yu hay'ati, sharoit taqozosidan kelib chiqib ish tutilsa, kishilar oʻrtasida munosabatlar tarangligi yumshab, birov aybiga uzr istash oddiy holatga aylanar edi.
Zero: "من يرحم، يرحم". Kim rahm qilsa, unga ham rahm qilinadi.
Shuningdek, mavzuga ozgina aloqadorligi e'tiboridan qayd etishni joiz deb topdim:
Arab tili ta'limida, nafaqat arab tili, balki boshqa fanlarni oʻqitishda ham talabalarning zehniyati, oʻzlashtirish darajasi, zakovati va boshqa jihatlar inobatga olib dars berilganda natijalar muvaffaqiyatli boʻlganiga guvoh boʻlish mumkin.

🔥16👍4💯2
Zehniyat va qalb ilmi
Imom Muhosibiy, Hakim Termiziy, Imom Qushayriy, Ibni Atoulloh Sakandariy, Ibni Ajiyba va yana koʻplab yirik allomalar, buzrukvor zotlarning kitoblarida qalb va nafs masalalari bayoni hamisha ustuvor masala hisoblanadi.
Nafs Alloh taoloning ajoyib bir yaratigʻi, qudratining ochiq oyati (belgisi, alomati) boʻlib, inson u bilan nasl qoldiradi, oʻz obroʻ-sha'nini saqlaydi, yashab qolish uchun nima zarur boʻlsa, barcha zaruriy choralarni qoʻllaydi.
Agar uni oʻrganib, jilovlab turilmasa, yer yuzini barbod qilishga yetadigan ishlarga tayyor.
﴿إِنَّ النَّفْسَ لَأَمَّارَةٌ بِالسُّوءِ إِلَّا مَا رَحِمَ رَبِّي ۚ إِنَّ رَبِّي غَفُورٌ رَّحِيمٌ﴾.
Oldin kamina (الفقير لله) xodimingizni bir savol qiynar edi.
Oʻzi kuchli arabshunos. Lekin oʻzidan boshqalarni tan olish, e'tirof etish tugul, bir tiyin-u ikki chaqaga ilmaydi, mensimaydi.
Oʻzi haqiqatda yaxshi muhandis. Maqtanish boʻyicha chempion.
Oʻzi qanaqa soha boʻlsin koʻp kitob koʻrgan mutaxassis. Lekin ayrim oʻrinlarda hasadi sezilib qoladi yoxud men zoʻrrman deydi.
Ilm-u ma'rifat egalari, ziyoli kishilar, oydinlar, jamiyatning premium qatlami oʻzining gʻozal axloqi bilan insoniylikda boshqalarga namuna boʻlishlari kerak emasmidi?
Buning javobini ilmni ikki qismga tasnif qilish bilan goʻyoki Hakim Termiziy rahmatullohi alayh aytib ketgandeklar.
Hazrat (shu ma'noda) aytadilarki: "Zehniyat ilmi koʻp oʻqish, yodlash, mutolaa, koʻp kitob koʻrish bilan hosil boʻladi.
Agar kishi nafsidagi (hasad, kibr, manmanlik, katta ketish, maqtanchoqlik, gʻiybat va yana shu kabi) qabohatlarga qarshi kurashib uni poklasa, qalbiga nur keladi va bu ilm qalb ilmiga aylanadi. Agar soʻzlasa, hikmat-u ma'rifat bilan soʻzlaydigan boʻladi".
Alloh soʻzining quvvatini ta'sirli qilib qoʻyadi.
Aks holda, koʻp ma'lumotlarni oʻzida jamlagan chatgpt, claude, gemini, javonda turgan chiroyli taxlangan kitob boʻlib qolaveradi yoki oʻrgangan narsalaridan kam foyda olib, soʻzining ta'siri boʻlmaydi, ilmi zarariga hujjat boʻladi.
Allohdan boʻlgan manfaatli, haqiqiy ilm kishida tavozeni ziyoda qilib, amal qilish bilan sohibiga foyda keltiradi.
Rabboniy ilm bersin.

👍14😢9🔥6
أسرار العربية، للأنباري.pdf
6.1 MB
Arab tili grammatikasida "Nahv falsafasi" (الفلسفة النحوية) hamda "Qiyosiy nahv" (النحو المقارن) kabi oʻziga xos yoʻnalishlarga asos solgan olim Abul Barokat Anbariyning shu yondashuvdagi "Arab tili sirlari" (أسرار العربية) kitoblari.
🔥5👍2
"Din nasihatdir" hadisidagi "نصيحة" soʻzi koʻp hollarda oʻzbek tiliga koʻchgan "va'z qilmoq" ma'nosida tushunilar ekan.
Agar ushbu hadisning sharhlariga nazar solinsa va ustozlarimizning hadisni fahmlashdagi yondashuvlariga e'ribor berilsa, uning ayni xayrixohlik ma'nosida tushunilishiga guvoh boʻlinadi.
Xayrixohlik birovga yaxshilikni ravo koʻrish demakdir.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Islomning mohiyati Parvardigorning bandalariga jahannamiy, fosiq, fojir, doʻzaxi, doʻmbira nigohi bilan qarashda emas.
Sal ibodatli boʻlgach, boshqalarni avom sanab, oʻzidan murshidi oliy, allomayi zamon yasab, chala ilm bilan baqirib da'vat qilishda ham emas.
Agar hadisdagi jumlaning xabari hisoblanmish النصيحة soʻzi ham "al" artikli bilan kelayotgani e'tiborga olinsa, bu holat أسلوب القصر (balogʻatda hasr/cheklash/qaydlash ma'nolari)ni bildiradi.
Demak, ma'nolar Oʻzi musharraf qilgan saodatdan boshqalar ham bahramand boʻlishini chin koʻngildan istash, kishilarga faqat va faqat yaxshilik, xayrixohlik ilinishdan iborat ekanligiga dalolat qiladi.

🔥22
إلهي أنت مقصودي فرضاك مطلوبي
Ilohiy Sensan maqsadim,
Rizoyingdir mening matlabim.
Ilohiy Sensan maqsadim,
Rizoyingdir mening matlabim.
🔥25⚡9😢7
Qalbda Yaratuvchining emas, yaratiqlarning mulohazasi bilan ish ko‘rish – ixlos ketganligining alomatidir.
من علامة زوال الإخلاص هي العمل بمراعاة نظرة المخلوقين لا الخالق في القلب.

🔥17💯9😢7
Sening qoʻlingdan bir ish kelgani uchun muomala qiladiganlar oʻsha ish qoʻlingdan kelmay qolishi bilanoq seni tark etadilar. Shu bois har ishing faqat Alloh uchun boʻlsin.
إن الذين يتعاملون معك لأنك تحسن القيام بعمل ما، قد يتركونك إذا لم تعد قادرا على القيام به؛ لذلك، اجعل كل أعمالك خالصة لوجهه.

🔥17💯12👍3
Baytul ilm
https://www.youtube.com/watch?v=S7jeUkW2ikc
Ustoz Ulugʻbek domla Mirsodiqovning taniqli gurungda suhbatlari e'lon qilinibdi.
🔥10
Ilm olishdan maqsad kishi oʻzidan va atrofidagilardan jaholatni ketkazish hamda Alloh taoloni yaxshiroq tanib, anglab borishdir.
Ba'zan atrofdagilarning haybarakallasi, insondagi oz ilm tufayli qulluq qilib, ehtirom koʻrsatishi kishini asl maqsaddan toʻsib qoʻyadi.

🔥17💯12👍8
اختياره لك خير من اختيارك لنفسك.
Uning tanlovi sening oʻzingga ravo koʻrgan tanlovingdan xayrliroq.
Ibn Atoulloh Sakandariy.

🔥22👍2💯1
Maqomni Alloh belgilaydi.
Inson ba'zi narsalarga musulmon oʻlaroq iymon keltiradi.
Lekin ayrim haqiqatlar aqida boʻlib shakllansa-da, hayotimizda qalbga singgan ma'rifatga aylanishi uchun vaqt kerak boʻladi.
Yoxud hayot yoʻllari-yu, uning oʻnqir-choʻnqirlarida ma'lum vaziyatlarga duch kelingan vaqtda mazkur bilimlar unutib qoʻyiladi yoki birinchi marta eshitilayotgandek boʻlib qoladi.
Shulardan biri, ajablanarli ishlardan: ayrim kishilar oʻrtasida martaba talashish, "kim zoʻrlik" isbotlash, bir-biriga gap oʻtkazishga (غلبة العلو) urinish kabi holatlardir.
Kishi har qancha diplomlar, bakalavr-u, magistr, Phd va Dsc larni tamomlamasin, minglagan kitoblarni oʻqib, yodlab tashlamasin, dunyo allomalaridan manaman degan nomi ulugʻ dargohlarda dars olmasin, kishining maqomini faqat Alloh belgilaydi.
Birovlarning ortidan igʻvo, gʻiybat, boʻhton tarqatib, nafrat urugʻlarini sochmasin, odamlar nazdida "kimdir" boʻlib koʻrinishga harakat qilmasin, obroʻni faqat va faqat Alloh beradi.
U shunday Allohki, xohlaganini aziz qiladi, zulm qilmay xohlaganini (uning oʻz tanlovi ila) xor qiladi.
Shu bois, hammadan qolib ketadigan bu toʻrt kunlik dunyoda kuyib-pishib odamlar e'tirofi uchun intilishga, sharoit taqozo qilsa, boshqalarga loy chaplashga, piching gaplar-u, ogʻir-achchiq soʻzlar qilishga hech hojat yoʻq.
Osuda yashamoq qanday ham goʻzal!

👍17🔥7💯7⚡2
Kishining aqliy saviyasi = uning maqsadlari hamda muhokama qilib yurgan ishlariga teng.
الأشياء التي يناقشها الإنسان وأهدافه تدل على عقلانيته ومستواه.

👍8🔥7💯4