𝑻𝒂𝒓𝒊𝒙 𝒗𝒂 𝒔𝒊𝒚𝒐𝒔𝒂𝒕
11 subscribers
2.88K photos
1.19K videos
32 files
1.67K links
🗺️ "Tarix o'tmishdagi — siyosat, siyosat esa hozirgi tarixdir"
© Eduard Friman

Demokrat, anti-kommunist, pan-Turkist
Download Telegram
Oq uy dunyo davlatlaridan import uchun joriy etilayotgan boj ro‘yxatini e’lon qildi

Boj solinadigan davlatlar ro‘yxatida Rossiya yo‘q. Chunki ikki mamlakat o‘rtasida savdo aylanmasi qariyb yo‘q darajaga chiqqan. Sobiq ittifoq davlatlaridan Moldovaga eng katta boj belgilandi — 37 foiz. Qozog‘istonga esa 27 foiz. Markaziy Osiyodagi qolgan barcha davlatlar 10 foizlik boj to‘laydi.
Trump tarixda qoladi!

Dunyoda savdo urushlarini boshlab berish va natijada global infliyatsiyani ko'tarish bilan tarixda qoladi. (Bilmadim, balki uning maqsadi qanday yo'l bilan bo'lsa ham tarixda qolishdir.) Bu esa biznes yuritishni qiyinlashtiradi va global iqtisodiyotda o'rta istiqbolda tug'unlikkacha olib boradi.

Kecha Trump butun dunyo uchun yangi (yuqori) tariflarni e'lon qildi. O'zbekistonga ham 10% boj qo'yilgan: to'liq list

Lekin qoyil qolish kerak. Bu yangilikni Trump jamoasi zo'r propaganda qilishgan (freymlashgan). Rasmda ko'rib turganingizdek bu siyosatni ular 'reciprocal tariffs', ya'ni 'kim bizga boj stavkalarini joriy qilgan bo'lsa, biz ham ularga javoban shunday qilyapmiz, xolos. Avval ularning o'zlari boshlashdi, biz emas' deb atashgan. Oddiy xalqni aldash uchun esa jadvalning birinchi ustunida 'AQSH mahsulotlariga joriy qilingan boj stavkalari' deb atashgan. Aslida, bu fakt emas!

1/2
​​O'ylashingiz mumkin, nima uchun oxirgi paytlar asosan Tramp/Mask, tariflar, AQSh iqtisodiyoti haqida yozyapman, yoki axir biz O'zbekistondamizku bizga bularni nima daxli bor deb so'rashingiz mumkin. Birinchidan, gap shundaki, men bu haqida yozayotganda AQSh iqtisodiyotiga o'ta qayg'urganim, yoki Tramp/Maskni yoqtirmaganim uchun emas, balki bu jarayonlar fundamental iqtisodiy tushunchalar, ilm-fan, tarix, savdo va umuman hayot qanday ishlashini rad etayotgani, noto'g'ri va buzg'unchi g'oyalarga asoslanganligi va biz bunday pretsedentni ko'rmaganligimiz uchun.

1930 yillarda buyuk depressiya qanday boshlangan, 2017/18 yilgi global moliyaviy inqiroz qanday boshlangani haqida odamlar yoki kitobdan o'qishadi, yoki kinolarda ko'rishadi. Muhimi, ularni sodda tilda tushuntirish oson emas. Masalan, shuning uchun ham Selena Gomez va Richard Taler yordamida the Big Short filmida CDO instrumenti nimaligini tushuntirishga harakat qilishgan. Lekin, hozir, 2025 yilgi voqealarni esa biz kinoteatrda emas, balki jarayonni birinchi qatoridan turib jonli ko'ryapmiz. Bundan tashqari, Smut Houli, CDOlarni tushunmasligimiz mumkin, lekin bunisida barchasining sababi oddiy va ahmoqona.

Masalan, ozish uchun bir oyog'ingizni chopib tashlasangiz vazningiz kamayadi. Lekin, bunday qilmaysizku, to'g'rimi?

Ikkinchidan, O'zbekistonda ta'siri bormi degan savol ko'p beriladi. Albatta bor. O'zbekiston tobora bozorlarga chiqar ekan, ochilar ekan, hamma narsaning ta'siri bor. Obligatsiya bozori orqali ham, savdo zanjiri orqali ham, dunyo bilan savdo qilish borasida ham - barchasiga qandaydir bo'lsa ham ta'siri bor. Ukrainaga urush boshlanganda ham, Kovid boshlanganda ham yozganman - bunday jarayonlardan O'zbekiston o'zi uchun ko'p foyda qilib olishi mumkin va kerak. Bizda aholi ko'p, ishchi kuchi nisbatan arzon. Agar imkoniyat to'g'ri kelsa dunyo savdo zanjirida faol bo'lishimiz mumkin. Vyetnamdek ishlab chiqaruvchi mamlakatga katta bojlar solinayotgan bir paytda.

Uchinchidan, anchadan beri kuzatadigan kanal o'quvchilarim bilishadi: iqtisodiyot uchun eng katta yordam bu nimanidir qilishda emas, balki aynan ko'p narsani umuman qilmaslikda. Shuning uchun, bunday xatolar va jarayonlar iqtisodiyot faniga qiziqishi bor bo'lgan talabaga ham, tadbirkorga ham, qaror qabul qiluvchiga ham foydali bo'ladi.
Mayli, keling, faraz qilib tariflar ishlaydi deylik. Bu tariflar ikkita narsani ko'zlaydi deb bu g'oyani sotishmoqda. Birinchisi bu AQShga ishlab chiqarish sanoatini qaytarish, chet elga ketib qolgan zavod-fabrikalarni qaytarish. Ikkinchisi esa tariflar natijasida byudjetga katta tushum olib kelish. Buni savdo vaziri Lutnik ham, moliya vaziri Bessent ham qayta-qayta aytishadi.

Birinchidan,
AQShga ishlab chiqarishni qaytarish fetishizmi bu mutlaqo xato fikrlarga asoslangan. Muammo shundaki, aziz o'quvchilar, AQShda ishlab chiqarish sanoati yalpi ichki mahsulotning atigi 10 foizini tashkil qiladi. AQSh iqtisodiyotida ishlab chiqarishning ham qiymat nuqtai nazardan ham zavod ishchilari soni nuqtai nazardan ham yillar davomida qisqarib borishi bu AQSh dunyo iqtisodiyotida yutqazayotganini anglatmaydi. Aksincha, AQSh boyigani sari, aholisi ko'proq ko'nikmalarni o'zlashtirgani, inson kapitali qiymati oshgani sari iqtisodiyot ishlab chiqarishdan xizmat ko'rsatish sohasiga og'igan. Moliyaviy soha, masalan. Nike krossovkasini zavodda ishlab chiqarish xarajati $5 bo'lishi mumkin, lekin u sotiladigan $110 narx ichida shu ishlab chiqarishdan tashqari sohada ishlaydiganlarning qiymati yotadi - dizaynini chizgan odam, bozorni tahlil qilgan odam, marketolog vhkz. Amerikaliklar xizmat ko'rsatish sohasidan ketib, katta qiymatli tovar va xizmatlarni yaratish o'rniga zavodga qaytib toster yoki dazmol qiladigan ishlab chiqarishlari kerakdek. Bundan tashqari, hozirda AQShda ishsizlik darajasi tarixiy minimumda. Ya'ni, ko'chada bekor yurib ishsiz odamni o'zi yo'q. Bundan tashqari, immigratsiya siyosatini yanada cheklab qo'shimcha ishchilar kelishini ham qiyinlashtirishmoqda. Shunga toster va dazmol qiladiganni ishlab chiqarishga keladigan odamni o'zi yo'q.

AQSh iqtisodiyoti va iste'molchilari shunchalik boyki, ular o'zlari deyarli hech narsa ishlab chiqarmay o'zlarining iste'mollari uchun butun dunyoni AQSh uchun tovarlarni ishlab chiqartira olishadi (ularning o'zidan qarz olib ham). Shuning uchun ba'zi mamlakatlar bilan manfiy savdo balansi bu AQSh yutqazayotganini emas, balki AQSh iste'molchilari yutayotganini anglatadi. Kechagi misolda, agar Vyetnam hukumati AQShdan import qilinadigan 10 milliardlik tovarlarga o'z aholisiga soliq sifatida 10% import boj joriy qilgan bo'lsa, bu Vyetnamning ishiku. Nima uchun Vyetnam hukumati o'z aholisini jazolayotgani uchun AQSh hukumati ham o'z aholisini qo'shimcha bojlar orqali jazolashi kerak?

Zavod-fabrika qurish bir kunlik ish emas. Bozordagilar va investorlar juda yaxshi tushunib turishibdi - bu tariflar ijro hokimiyati qarori, qonun emas, va bu admin 4 yilda ketadi. Shuning uchun tariflar bugun bor, ertaga yo'q, yoki umumiy noaniqlik. Shunga, milliard dollarlik zavodlarni qurish qarorini qabul qilishga korxonalar shoshilmasligi tabiiy. Aksincha, AQShda hozir mavjud bo'lgan zavodlar yopilish ehtimoli katta. Sababi - AQShga import qilinadigan barcha tovarlarning 50 foizi ishlab chiqarishda input sifatida ishlatiladi, avtozapchastlar masalan. Shunga, import qilish qimmatlashgan sari ba'zi zavodlar shunchaki ishlamay qo'yadi yoki ishlab chiqarishni kamaytiradi. Mana, ba'zi ishlab chiqaruvchilar ishchilarni haydashni ham boshlashibdi. Tabriklayman.

Ikkinchidan,
Import boji oshirib ishlab chiqarishni AQShga qaytaramiz deyishyapti, hamma endi AQShda ishlab chiqarilgan tosterni sotib olsin deyishyapti. Hop, shunday ham deylik, agar hamma ishlab chiqarish AQShda bo'lsa unda hech kim import bojini to'lamaydiku, to'g'rimi? Siyosat birinchi maqsadiga yetadi. Lekin, import bojidan byudjetda roppa-rosa nol dollar tushadi agar shunday bo'lsa. Demak, import bojini oshirishdan maqsab tushumni oshirish bo'la olmaydi. Albatta, administratsiya bunday maqsadni qo'yishidan sabab - importyorlar import qilishda davom etishini, bojni chegarada to'lashlari, lekin boj tovarning tannarxiga kirib uni iste'molchilar to'lashlarini biladilar. Alal-oqibat iste'mol tovarlar narxlari oshadi.
Demokratiya va qonun ustuvorligi g‘alabasi

Davlatda harbiy to‘ntarish qilishga uringan Janubiy Koreya prezidenti nihoyat, Konstitutsion sud tomonidan aybdor deb topilib, lavozimidan ketibdi.

Yun Sok Yol dekabrda mamlakatda harbiy holat e’lon qilib, parlamentni tarqatib, to‘ntarish o‘tkazmoqchi bo‘ldi. Biroq deputatlar harbiylar qarshiligiga qaramay, yig‘ilish o‘tkazdi. Aholi ham parlamentni qo‘lladi.

4 oydan beri Yun rasman prezident bo‘lib qolayotgandi. Uni hibsga olishda politsiya va prezident qo‘riqchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar ham bo‘ldi. Endi 1 oy ichida yangi prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Parallel dunyo.
Nima uchun 2024 yilning uchinchi choragiga kelganda W. Baffet equity bozordan chiqib, ko'p pozitsiyalarini yopib 300+ milliard dollarlik naqd pul "ustida o'tiribdi" deb hayron bo'lishayotgan edi (naqd pul=g'aznachilik obligatsiyalari). Hatto, ba'zi kripto investorlar ham Baffetni aqldan ozganmi deyishgandi.

Mana shu rasmda savollarga javob bor ekan. Yil boshidan beri eng boy shaxslarning portfelidagi o'zgarish.

Albatta, ro'yxatdagilardan farqli o'laroq Baffet ta'sischi texno-tadbirkor emas. Lekin, u contrarian investor. Bozorda hukmron bo'lgan kayfiyatga teskari harakat qiladigan. Ayniqsa, ijobiy sentimentga qarshi o'laroq.

Mana bu rasmdagilar esingizdami? Menimcha, ular noto'g'ri sarmoya qildilar. Tramp biznesga yordam beradi deb o'ylashgan edi. Uchchalasining boyligi qog'ozda hozircha -$200 milliardga qisqardi.
Efiopiyada 70 million sigir boqiladi, bu halqning 72% (86 million) qashshoqlikda yashaydi. Sudanda esa 42 million sigir boqiladi, xalqning 70% (30 million) qashshoq. Ikkala davlat ochlikdan aziyat chekmoqda.

Qashshoqlik indeksida 167 ta davlat orasida Efiopiya 157-oʻrinda, Sudan esa 158-oʻrinda. Niderlandiyada esa 11 million sigir parvarishlanadi, lekin bu mamlakat butun dunyoni sutli mahsulotlari bilan boqadi.

Demak muammo sigirlarda emas. Balki iqtisodni boshqarayotgan hoʻkizlarda. Zero boylik emas, uni boshqaruv muhim.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abu-Dabida o'tgan IDEX 2025 ko'rgazmasida robot itlarning ko'plab namunalari namoyish qilindi. Bu shulardan biri hisoblanadi.
Biznesmen va Iqtisodchining farqi haqida

Ko‘pchilik biznesmen bilan iqtisodchi o‘rtasidagi farqni to‘g‘ri ajrata olmaydi. Agar muvaffaqiyatli biznesmen mamlakat boshqaruviga kelsa, u yaxshi islohotlar qila oladi va iqtisodiy o‘sishga erisha oladi deb oʻylashadi. Ammo, aslida bu masala tashqaridan ko‘ringanidek oddiy emas. Yaxshi biznesmenning o‘z kompaniyasidagi muvaffaqiyati uning mamlakat iqtisodiyotini ham samarali boshqara olishini anglatmaydi. Boisi, biznes yuritish bilan iqtisodiy islohotlar o‘rtasida tubdan farqlar mavjud. Agar biznesmen iqtisodiy siyosatni o‘ziga xos “biznescha” tushunchalar bilan yuritmoqchi bo‘lsa, bu juda ayanchli oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.

Paul Krugmanning "A Country Is Not a Company" nomli maqolasida aynan shu farqlar haqida so‘z boradi. U mamlakat boshqaruvi va biznes yuritish o‘rtasidagi asosiy tafovutlardan biri sifatida “ochiq” va “yopiq” tizimlar ekanligini ta’kidlaydi.

Kompaniya miqyosida qo‘shimcha investitsiyalar kiritish, ish o‘rinlarini va shu kabi resurslarni ko‘proq jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish mumkin. Korxona bu ishni turli strategiyalar orqali amalga oshira oladi. Ammo mamlakat iqtisodiyoti bu kabi mexanizmlarga bo‘ysunmaydi. Iqtisodiy nuqtai nazardan qaralsa, biror tarmoq yoki sanoatning kengayishi (masalan, yangi ishchilarning jalb qilinishi) ko‘pincha boshqa tarmoqlar yoki sanoatlar hisobidan amalga oshadi. Resurlar cheklangani bois, bir korxonaning kengayishi boshqasining torayishi yoki o‘yinni tark etishi evaziga sodir bo‘ladi. Ya’ni, iqtisodiyotda har doim muvozanat mavjud bo‘ladi. Balki, amaldorlar ham shu oddiy haqiqatni tushunmagani uchun va “biznesmencha” fikr yuritgani uchun iqtisodiyotning ayrim sohalarini ruvojlantirishga sun’iy yoʻllar bilan harakat qilishar.

Yana bir misol: kompaniya katta investitsiya kiritib, ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali o‘z mahsulotining sotuvini ko‘paytirishi mumkin. Lekin mamlakat miqyosida katta miqdordagi investitsiyaning kirishi valyutaning mustahkamlanishiga olib keladi. Bu esa eksportchilar uchun salbiy holatdir, chunki ularning mahsulotlari xorijda qimmatroq ko‘rinadi, aksincha, xorij mahsulotlar esa arzonroq bo‘lib qoladi. Natijada import hajmi oshadi. Shunga qaramay, biznesmenlar ko‘pincha katta investitsiyaning kirishi eksport hajmini oshiradi deb o‘ylaydi.

Bundan tashqari, ular investitsiya kelsa yangi zavod-fabrikalar ochiladi, demak ish o‘rinlari ko‘payadi deb taxmin qilishadi. Ammo bu har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Katta miqdordagi xorijiy investitsiyalar oqimi inflyatsiyani kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun markaziy bank inflyatsiyani jilovlash maqsadida asosiy foiz stavkasini oshiradi. Natijada, foiz stavkasiga sezgir bo‘lgan sohalar qisqaradi va bu tarmoqlarda ishsizlik ortadi. Qisqa qilib aytganda, ayrim sohalarda ish o‘rinlari kengaysada, boshqalarida ishsizlik ortadi.

Krugmanning yana bir fikri yoqdi: Biznesda muvaffaqiyatga erishganlarni odamlar ham amaldorlar ham tinglashni sevadi. Ular iqtisodiy islohotlarda maslahatchi yoki amaldor bo‘lishini istashadi. Ammo, biznesda muvaffaqiyatga erishganlar iqtisodiy islohotlar qanday qilinishi kerakligini o‘qib, o‘rganib o‘tiradimi? Katta ehtimol bilan, yo‘q. Shunday ekan ular hukumat tepasiga kelishi va iqtisodiy islohotlar bilan shug‘ullanishi xavfli bo‘lishi mumkin.


Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyot — bu biznes kabi ochiq tizim emas. Unda har bir harakat muvozanat talab qiladi. Shuning uchun mamlakatni boshqarishda yondashuvlar chuqur iqtisodiy bilim va tahlilga asoslanishi kerak.
​​Shu kunlarda bozorlarda g'ayrioddiy vaziyat: fond bozori (aksiyalar), obligatsiyalar (AQSh g'aznachilik qog'ozlari), dollar, neft - barchasi qulagan.

G'ayrioddiyligi shundaki, sistematik yoki ma'lum sanoat/korxona risklari oshganligida investorlar riskli aktivlardan (masalan aksiyalar) qochib riski kamroq bo'lgan aktivlarga (masalan obligatsiyalar) borar edilar. Tarixan eng riski kam va likvid bo'lgan aktiv/obligatsiya esa bu AQSh g'aznachilik obligatsiyalari bo'lib kelgan. Fond bozoridan, aksiyalardan chiqqan investorlarning obligatsiyalarga talabi oshganda obligatsiyalarning narxi ko'tariladi va ularning qaytim foizi tushadi (obligatsiya narxi va uning foizi teskari ishlaydi). Ko'pchilik biladigan 10 yillik yoki 30 yillik g'aznachilik obligatsiyalari haqida gap.

Eslatma: fond bozori qulagani (yil boshidan -15%) sababi oddiy: investorlar tariflarning korxonalar va iqtisodiyotga oqibatlarini salbiy baholamoqdalar. Ahmoqona tariflar korxonalar daromadlarini va investitsiyani kamaytiradi, ularning mahsulotlariga talab kamayadi vhzk va oqibatda investorlar korxona daromadliligini qayta ko'rib chiqib portfelda riskni kamaytiradilar.

Endi, AQSh hukumati byudjet defitsitini va xarajatlarni moliyalashtirish uchun bozordan muntazam ravishda qarz olib keladi va bu jarayon kerakli muddatli obligatsiyalarni sotishdan iborat. Shuning uchun bozordagi g'aznachilik obligatsiyalari qaytim foizi juda muhim, chunki AQSh hukumati obligatsiya joylab qarz olganda u qarzni qoplaydigan foiz xarajatlari aynan shu bozordagi foizlarga bog'liq. Qancha foiz stavkasi katta bo'lsa shuncha ko'p foiz xarajatlari byudjetdan ketadi. Demak, qachonki hukumat katta miqdorda bozordan qarz olmoqchi bo'lsa yoki qayta moliyalashtirmochi bo'lsa shu obligatsiyalarning bozordagi stavkasi past bo'lgani yaxshi.

Mana shu yerda "sizlar tushunmayapsizlar, katta o'yin ketib Tramp/Bessent 4D yoki 5D shaxmat o'yini qilishyapti" deganlarning gapi keladi. Ularning fikricha, ataylabdan tariflar va savdo urushini boshlab administratsiya vaqtincha bozorda vahima boshlashgan, ataylab fond bozorini qulatishgan. Chunki hukumat hozirda katta miqdorda foiz xarajatlarini to'layapti va yaqinda qayta moliyalashtirishi kerak, shunga retsessiya qo'rquvi natijasida riski kam aktiv - hukumat obligatsiyalariga talab oshadi, foizi tushadi va natijada shu past stavkada obligatsiyalarni joylab olamiz va yiliga bir necha yuz milliard dollar foiz xarajatini tejaymiz deyishadi. Bu argumentni har kuni eshitamiz. Kremniy vodiysidagi aqlli venchur kapitalistlar ham, MAGAchi iqtisodchilar, yoki internetdagi inflyuenserlar ham shunday deb tariflarni oqlashga harakat qilishmoqda.

Muammo shundaki, bugun AQSh obligatsiyalarning foizi aksincha oshmoqda! Sababi fond bozoridan, riskli aktivlardan chiqqan investor nafaqat obligatsiyalarni olishmayapti, balki portfelida AQSh hukumati obligatsiyalari bo'lganlar ham sotishmoqda. Xedj fondlar ham, Xitoy hukumati ham. Xedj fondlarning fond bozoridagi pozitsiyalari qarzlangan (leveraged) va u pozitsiyalarni yopib qarzni qoplash uchun kerak bo'lgan naqd pullarni shu jumladan g'aznachilik obligatsiyalarini sotish orqali olishmoqda (ikkinchi abzatsda aytilgandek bular likvid). Qo'shimchasiga, 104 foizlik import boji e'lon qilgan AQSh hukumatiga javoban Xitoy hukumati g'aznachilik obligatsiyalarini sotmoqda degan yangiliklar kecha chiqdi. Boshqa hukumatlar ham sotishni boshlagan bo'lsalar bu juda yomon signal - investorlar AQSh hukumatining obligatsiyalarini endi xavfsiz aktiv sifatida ko'rmayotganliklaridan dalolat.

5D shaxmat o'yini bo'layapi deganlar yoki rostdan ham 5D shaxmatini o'yinini qasddan qilishayotgan bo'lsalar umuman teskari natija olinmoqda. AQSh hukumati qarzi foiz xarajatlari aksincha oshadi! Bir necha yuz milliard dollarlik xarajatni tejaymiz deb bir necha o'n trillionlik zararni bozorlarga yetqazish va iqtisodiyotni buzish o'zini oqlamaydigan telbalik. Bu tariflar 5D shaxmat emas balki shashkaga ham o'xshamaydi. Barchasi ahmoqona va xato illyuziaga asoslangan.
Devorlar ortida rivojlanish bo'lmaydi.

Ko'pincha erkin bozor g'oyasiga qarshi bo'lganlar iqtisodiy tarixni titkilab, Yevropa, Yaponiya va hatto AQSh ham rivojlanishining asosiy bosqichida amyoba kabi o'ralib olgan proteksionistik mamlakatlar bo'lganini iddao qilishadi.

Haqiqatan ham, Fuqarolar urushidan to 1-jahon urushigacha AQSh tariflar bo'yicha yaqqol outlier edi (o'rtacha 40-50% atrofida). Taqqoslash uchun, bu davrda Britaniyada savdo erkinlasha boshlagan, dastlab 30% dan, 1900-yilga kelib qator tovarlar uchun hatto 0% ga tushgan. Germaniya va Fransiyada esa 5-15% gacha pasaytirilgan. Shunga qaramay AQSh iqtisodiyoti juda tez ko'tarilgan va dunyodagi yetakchi iqtisodiyotga aylangan.

Bir qator iqtisodchilar, masalan, Kevin O'rurke o'sha davrda uchun tariflar va iqtisodiy o'sish orasida ijobiy korrelatsiyani aniqladi. Biroq, korrelatsiya hali sabab-oqibat bog'liqligi anglatmaydi. Axir, muzqaymoq savdosi o'sishi akula qurbonlarini oshirmaydiku (Bu haqda keyinroq).

Duglas Fisher bu savolga javob izladi. Uning ayrim tushuntirishlari quyidagicha:

1. Yuqori o'sish sur'atlari keng ichki bozor (mustamlakalar hisobiga), arzon ishchi kuchi, ulkan resurs zaxirasi sabab yuzaga kelgan.

2. AQSh keysida yuqori immigratsiya, huquqiy tizim va institutlar rivojlanishning drayverlari edi.

Shuningdek, u bir savolni o'rtaga qo'yadi - tariflar bo'lmaganda hammasi qanday bo'lardi ? Afsuski bizning to'plamda n=1. Ya'ni biz randomized test o'tkaza olmaymiz. Tarixni simulyatsiya qilish yoki shunchaki alternativ tarix bizda mavjud emas. Biroq boshqa tomondan yondashish mumkin. Masalan, ta'riflar bilan himoyalangan sohalar himoyalanmaganidan tezroq o'sganmi ?

Klein and Meissner 1870-1900-yillar oralig'idagi ma'lumotlarni o'rgandi. Agar tariflar rivojlanishning "sirli massalig'i" bo'lganida himoyalangan sohalar yuqori samaradorlikka ega bo'lishi kerak, biroq natijalar buning mutlaq aksini ko'rsatgan. Yuqori tariflar mehnat unumdorligini pasaytirgan. Albatta kichik istisnoli holatlar mavjud, mualliflarni ularni infant-industriyalar nazariyasi bilan izohlashadi. Biroq bir nechta korxonalar minglab o'rtacha orasida deyarli yo'q bo'lib ketadi va umumiy kartinada zararli ta'sir namoyon bo'ladi.

Xulosa o'rnida, samaradorlik doimo resurs optimizatsiyasi bilan birga keladi. Optimizatsiya - to'g'ri taqsimot hosilasi. Globalizm bu jarayonni maksimumga ko'targan. Devorlar ushbu jarayonni venadagi tromblar kabi bo'g'adi, xolos.
Oltin olma, belkurak ol.

1800 o'rtalari. Kaliforniya. Yangi oltin koni haqida mish-mishlar tarqaldi. Hamma boyib ketish vasvasasida yer qazishga tushib ketdi. Ularga boylik kerak edi, kimlargadir esa boylik yaratish kerak edi.

O'sha "kimlargadir" lardan eng mashhuri Levi Strauss edi. Ha, siz bilgan o'sha mashhur Levi's Jeans'larning asoschisi. Janob Levi e'tiborini oltinga emas, balki qiyin vaziyatda oltin qaziyotgan ishchilarga mustahkam va uzoq muddatga chidab beradigan (denim) jinsi shimlarini ishlab chiqarishga qaratdi. Ha, u haq edi: boylik muhim emas, balki boylik yaratish mexanizmi muhimroq bo'lib chiqdi. U nafaqat boy va mashhur bo'ldi, balki minglab odamlarni ish bilan ta'minladi. Tarixda qoldi.

Janob Levi yolg'iz emas edi. U kabi "During a gold rush, sell shovels" — "Oltin vasvasasi vaqtida belkurak biznesi bilan shug'ullan" degan g'oyaga ega Samuel Brannan, Philip Armour va Leland Stanford kabi tadbirkorlar aynan "belkurak" biznesi bilan shug'ullandilar. Keyinchalik janob Leland mashhur Stanford Universitetiga asos soldi.

#saboq
Boylik va boylik yaratish — boshqa-boshqa narsa. Biri qisqa, ikkinchisi uzoq va barqarorroq ta'sirga ega. Ota-bobolarimizning hikmatli gaplaridan yana bir-bor hayratda qoladi odam: oltin olma, duo ol. Biri boylik, ikkinchisi baraka!
1999-yil fevralda O‘zbekiston bo‘ylab yuz bergan teraktlardan so‘ng, O‘zbekistondagi barcha Turkiya litseylari yopib tashlangandi. Hukumat teraktni Turkiyadagi o‘zbek muxolifati uyushtirganini ta’kidlagan va Anqaradan ularni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilishni talab qilgan. Anqara esa isbot so‘rab, rad javob bergan.

Aytishlaricha, turklar o‘shanda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan qochmagan, ular shunchaki siyosiy muxoliflar ham terrorchi nomi bilan qaytarilishidan xavfsiragan. Chunki bu paytda Turkiya Yevropa ittifoqiga kirish borasida qizg‘in muzokaralar olib borayotgandi.

Xullas, turklarning bu “qilig‘idan” jahli chiqqan Karimov mamlakatdagi barcha turk litseylarini “Turkiya targ‘ibotini olib boryapti” degan vaj bilan yoptirdi. Shu sabab asosida 2008-yilda ta’lim sohasidagi hamkorlik ham to‘liq to‘xtatildi. 2013-yilda turk litseyi bitiruvchilarining ba’zilari qamaldi. Faqat 2016-yildan so‘ng Turkiya bilan boshqa sohalar qatori, ta’lim sohasidagi aloqalar tiklandi.

Kecha O‘zbekistondagi Rassiya universitetida Rassiya targ‘iboti olib borilayotgani haqida xabar chiqdi. Oddiy propaganda ham emas, urush propagandasi. Jinoyat kodeksi bilan sanksiyalangan holat. Albatta, hali holat isbotlanmadi.

E’tiborli tomoni, talaba bu haqda mahalliy nashrlarga emas, xorij nashriga yozgan. Katta ehtimol bilan u O‘zbekistonda bu xati e’lon qilinishiga ishonmagan.
Tramp “islohotlari” AQSHdan ancha uzoq mamlakatlarga ham ta’sir qilishni davom etmoqda. Yana 55 million aholi ushbu o‘zgarishlar tufayli hayotiy resusrlardan uzilib qoladi.

AQSH ortiq Yevropa davlatlarini himoya qilmasligi haqidagi gaplardan so‘ng, Yevropa o‘z mudofaa xarajatlarini oshirishga qaror qildi. Germaniya parlamenti Ikkinchi jahon urushidan so‘ng harbiy xarajatlarni oshirishga qo‘yilgan to‘siqni bekor qildi. Fransiya allaqachon AQSH qurollarining ekivalentlarini yaratishni boshladi. Yevrokomissiya ittifoq tez orada harbiy xarajatlar foizini ko‘tarishga va’da berdi. Albatta, Yevropa ittifoqi oldida muammolar talay, masalan yangi harbiy alyans Yevropa ittifoqi doirasida bo‘ladimi yoki NATO? Agar YeI doirasida bo‘lsa unga asosiy kuchlar — Buyuk Britaniya va Turkiya qanday qo‘shiladi?

Yana bir savol — Yevropa harbiy xarajatlar uchun pulni qayerdan oladi?

London bu muammoni yechishni boshladi. Inglizlar mamlakatdagi shundoq ham og‘ir ijtimoiy holatni buzmaslik uchun eng oson chorani tanladi — kambag‘al davlatlarga moliyaviy yordam kamaytiriladi. Britaniya har yili yalpi ichki mahsulotning (YIM) 0,5 foizgacha miqdordagi mablag‘ni iqtisodiy og‘ir sharoitga ega davlatlardagi qashshoq insonlarni qo‘llash uchun ajratgan. Bu 15 mlrd funt sterling degani, endi bu summa 8-9 mlrd tushadi. Hali yana kamaytirilishi mumkin.

Shuningdek, qochqinlar uchun beriluvchi uy-joy subsidiyalari ham keskin kamaytiriladi. Sog‘liqni saqlash va global iqlim loyihalari uchun grantlar ham qisqartiriladi.

Bosh vazir Starmer hozircha Ukraina, G‘azo va Sudan uchun moliyaviy yordam kamaytirilmasligiga va’da bergan.

Britaniyadan keyin Yevropaning boshqa davlatlari ham shunday yo‘l tutishi kutilyapti. Shunday qilib, AQSHning o‘ta o‘ng g‘oyalari asta-sekin dunyoni ham shu g‘oyalarga ergashishga majbur qilmoqda va og‘ir ahvoldagi insonlar hayotini yanada og‘irlashtiryapti. AQSH jahon holatiga qanchalik katta ta’sir o‘tkazishi yanada yaqqol ko‘rinyapti.
Marokash arsloni: Muhammad Ibn Abdulkarim al-Xattobiy

Rif tog‘lari bag‘ridan esayotgan shamolning uzoqdagi shivirlashini hisobga olmaganda, tun sukunatga cho‘mgan edi. Porox va qat’iyat hidi yeru ko‘kni tutgan. Muhammad Ibn Abdulkarim al-Xattobiy qoyali tepalik chetida turib, mustamlakachi qo‘shinlar to‘planayotgan pastdagi vodiyni kuzatardi. U dushman kuchlarining son va qurol-yarog‘ jihatidan undan ustun ekanini bilsa-da, bir narsaga shaksiz amin edi: u hech qachon taslim bo‘lmaydi. Uning vatani sotiladigan yoki muzokara qilinadigan matox emas, u qon va po‘lat bilan himoya qilinajak!
O‘zi boy davlatlarning qashshoq davlatlarga moliyaviy yordam loyihalari juda bir murakkab mavzu. Aksariyat kambag‘al davlatlarning qashshoqligining asosiy sababi — undagi diktatura, korrupsiyalashgan ochko‘z hukumat.

Shunday hukumat qo‘liga yana pul topshirish – qo‘yni bo‘riga ishonishdek gap.
Albatta, donor davlatlar turli xil nazorat usullarini ishlab chiqqan, biroq baribir ular mahalliy hukumat bilan hamkorlik qilishga majbur. Busiz iloji yo‘q. Qashshoq mamlakatlar mahalliy hukumati esa deyarli barcha holda chuqur korrupsiyalashgan tuzilma bo‘ladi.

Masalan, 2002-yildan 2009-yilgacha Afg‘oniston 35 mlrd dollar xalqaro yordam olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra ushbu summanining 40 foizi kerakli manzilga emas, amaldor cho‘ntagiga borib tushgan. Oddiy misol, o‘zbek Abdurashid Do‘stum, tojiklar yetakchisi Abdulla Abdulla, prezidentlar Karzay va G‘anining hashamatli uylari va korrupsiyaviy mojarolari.

Yoki Janubiy Sudan. Fuqarolar urushidan so‘ng vayronaga aylangan davlatni tiklash uchun donorlar har yili millionlab pul ajratgan. Janubiy Sudanda avtokratik tuzum o‘rnatgan Salvator Kiir (bu o‘sha 3 yil oldin katta tadbirda ishtoniga siyib qo‘ygan prezident) hukumati esa bu pullarni o‘z klani kissiga yo‘naltirgan. Birgina holatda janubiy sudanliklar 1,7 mlrd dollarga 75 km 3 polosalik oddiy asfalt yotqizgan. Aslida bu pulga kamida 500-600 km yo‘l yotqizish mumkin edi.

Bunday misollar ko‘p. Shubhasiz, O‘zbekiston ham istisno emas. Xorijiy grantlar juda tor doirada, asosan rusiyzabon insonlar orasida taqsimlanadi. Tan olish kerak, xorijlik donorlar ham mablag‘lar oddiy aholiga yetib borishi borasida ko‘p bosh qotirmaydi.

Xullas, bunday grantlar qanchadir miqdorda qashshoq aholiga yetib boradi, lekin ularning samaradorligi 50 foizdan ko‘p emas. Qaysidir ma’noda buni bir davlat soliq to‘lovchilari boshqa davlat amaldorlarini boyitish desa ham bo‘ladi. Shuning uchun amerikaliklar Tramp bunday loyihalarni to‘xtatayotganidan xursand.
Maldiv orollari mamlakatga Isroil fuqarolarining kirishini uzil-kesil taqiqladi.