Moviy manzil
133 subscribers
1.35K photos
186 videos
26 files
764 links
She’riyat — dilim ko‘zgusi
Dilsoʻz Azimova yuragidan to‘kilgan misralar
Muhabbat ,sog‘inch, umid va hayot falsafasi
Admin: @Mumtozmahal02
Download Telegram
Yana bir yangi kunni boshlab oldingizmi?
Yomgʻirli kun boshqacha-a?
3
Dam olish kuningiz maroqli oʻtsin
3
ЁМҒИР

Сокин туннинг тинчини бузиб,
Мени йўқлаб келдингми Ёмғир?
Кетдим ёрдан умидим узиб,
Шунга йиғлаб келдингми Ёмғир?

Ёғиб мени суйиб кет, Ёмғир,
Ғамларимни қувиб кет, Ёмғир,
Кўчаларда бизлардан қолган,
Изларни ҳам ювиб кет, Ёмғир!

Ҳеч эслагим келмас ўшани,
Усиз энди нетаман, Ёмғир?
Кўрсат менга у йўқ гўшани,
Ўша ерга кетаман, Ёмғир!

Ёғиб мени суйиб кет, Ёмғир,
Ғамларимни қувиб кет, Ёмғир,
Кўчаларда бизлардан қолган,
Изларни ҳам ювиб кет, Ёмғир!


Ботиржон ЭРГАШЕВ

@taraddud
1👍1
Hech qachon o‘zingizni kichik deb o‘ylamang — katta natijalar ham kichik qadamdan boshlanadi. 💪

Assalomu alekum 😇😇😇
Xayrli tong va barakali dushanba! Bugun o‘zingizga ishoning, chunki siz o‘ylagandan ham kuchlisiz. Yangi hafta sizga muvaffaqiyat va ilhom olib kelsin!
2👍1
Assalomu alaykum barcha obunachilarga hayrli kun!
2🔥2
2
Baxt bu shukr va hotirjamlikda.


Assalomu alekum Xayrli tong! Bugun qilgan har bir ishingiz oson, niyatlaringiz esa ijobat bo‘lsin. Kayfiyatingiz kun bo‘yi ko‘tarinki bo‘lsin.❤️❤️❤️
3
Forwarded from Moviy manzil (Dilso'z Azimova)
Sog‘indim, ichikdi yuragim
Sen ketding kechikdi yuragim.
Xayrimni tilading uzoqdan,
Kelmadi xayringni tilagim.

Shahrizod Shodiyev

@taraddud
2
Forwarded from Moviy manzil (Dilso'z Azimova)
Sog'inmagin uchrasholmasak [uzxit.net]
Muhammadziyo
Mayin shabbodalar yelgan oqshom uchun.
Birga tinglaymiz.😊
Nayni ovozi shabbodani, doira sadosi bahor shamolini, qo'shiq so'zlari ko'z yoshidek sof bahor yomg'irini eslatadi.
@taraddud
2
O’ZING TIK KET

Bilolmadim, bu dunyosi hikmatmu, yo siymu zar,
Tilsimlarin ochmoq bo’lib qancha chopmay, hayronman.
Koshonamni, xos xonamni sinchiklab ko’radilar,
Ko’nglim ko’rar, ko’nglim so’rar bir do’st topmay hayronman.
Bir o’y singdi yuragimga, xuddi nashtar, xuddi o’q,
Yiqilmagin, yiqilganni suyaydigan odam yo’q.

Zog’lar sendan chekingaydir, hatto bog’lar ketgaydir,
O’stirganing uchun qulluq, sen deb ozor cheksinmi?
O’zing yerdan ko’targaning — tog’lar sendan ketgaydir,
Yaqinlab bor... biror toshi tanimasa, o’ksinma.
Horib, suyanmoqchi bo’lsang, bog‘ qurigan, bodom yo’q,
Yiqilmagin, yiqilganni suyaydigan odam yo’q.

Faqatgina olar do’stmas, berar do’sting bo’lsa ham,
O’zing tik ket, omonatdir, bir ustunin ushlama.
Qabrgacha, o’limgacha borar do’sting bo’lsa ham,
O’limgacha o’zing tik ket, yo’llarda yer tishlama.
Adl yasha!
Bilgan holda, ko’zlaringda motam yo’q
Yiqilmagin, yiqilganni suyaydigan odam yo’q!

Halima XUDOYBERDIYEVA
@taraddud
3
AYLANIB-O‘GIRILIB

Qoshlaring – Buxoro,
Ko‘zing – Xorazm,
Yuzingni, diloro,
Chizganga ta’zim!
Na ko‘lman, na sahro,
Na shahri azim –
O‘rgilsun quling!

Lablaring atirgul bargidan mayin,
Gaplaring mayizdek – muloyim, shirin.
Olovsan, sovutmas yelpig‘ichlaring,
Ingichka belingda belbog‘ichlaring,
Ko‘zimga qadalsin to‘g‘nog‘ichlaring –
O‘rgilsun quling…

Pariga evrilding,
Farg‘ona bo‘ldim
Va kuylab o‘ltirding,
Chordona qurdim,
Har kecha o‘ldirding,
Mardona o‘ldim –
O‘rgilsun quling…

Qaniydi, chorlasang, kaptarday uchsam,
Shamolday shovullab, ko‘chkiday ko‘chsam,
Qaniydi, boshingdan o‘girib ichsam,
Amudaryoni,
Sirdaryoni ham –
O‘rgilsun quling!

– Senga qay kuy yoqar?
– Yozilmagani...
– Senga qay yo‘l yoqar?
– Bosilmagani.
– Senga qay gul yoqar?
– Uzilmagani.
O‘rgilsin quling!

Nega men bo‘zlarman to‘rt tomoningda?
Nega men izlarman baxtiyorligim?
Nega men muztarman,
nega yoningda
Esimdan chiqadi shahriyorligim,
O‘rgilsun quling!

Lablaring atirgul bargidan mayin,
Gaplaring mayizdek – muloyim, shirin.

Shahriyor Shavkat

#nazm #Shahriyor #Nozima #ShahriNoz #Poetry #sher #sheriyat
#sheriy #Shoir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ezgu so‘z inson qalbini yoritadi.”


Assalomu alekum 🌴🌴🌴
Juma tongi barchamizga nur, baraka va yaxshilik olib kelsin. Duolaringiz qabul bo‘lsin! 🕊️
2
Assalomu alaykum. ☀️
Barcha kuzatuvchilarga hayrli kun.
3
Yangi haftada ulkan muvaffaqiyatlar tilayman
2🔥1
😇 Assalomu alaykum barcha kanalimizning sodiq aʼzolariga.
👏31
Bugun aktivlikni oshiramiz
Qoʻllab turinglar.
Mehringiz isboti - ❤️
Yurakchalar yuborib qoʻyinglar
.
11
Assalomu alaykuuuuum
2🔥1
SOYALANISH BAXTI
Hurmatin soyasi alifdek adl —
Ota, izingizdan yurib kelyapmiz.
Siz ochgan so‘qmoqlar adashtirmadi,
Davr-u davroningiz surib kelyapmiz.

Hayot ichkarisi tilsimdan-tilsim,
Bosqiq qadamningiz zavqi ibrat.
Ota, tushunyapman yashagan sayin
Farzand mehnatingdan bo‘lur iborat.

Nomimiz ham butun, nomimiz ham but,
Hamnamamiz hayotda topoldik o‘rin.
Sizdek o‘rinlata olarmikinman,
Qayerda bo‘larkin onalik o‘rnim?

Tushunib boryapman mashaqqatingiz,
Kamlikdan ish yormay, ulg‘aygan bekan.
Siz yetgan manzilga sizdek yetmoqlik,
Juda ham, juda ham mushkul ish ekan.


Dilsoʻz Azimova
6