Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷
1.06K subscribers
1.27K photos
1.1K videos
1 file
353 links
Turk tiil va madaniyati, Turkiyaning buguni va o‘tmishi / TarAB (tarjimon Abror)

Admin: https://t.me/ebrarozbek
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Salepchio‘g‘li” masjidi 1897-1905 yillarda qurilgan bo‘lib, Izmirning Konak tumanida joylashgan.

Izmirda yashaganimda bir marta kirgandim. Chiroyli qurilgan, to‘g‘rimi?
8
Turkiyada 13 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanishi kutilmoqda.

Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.
👍13🔥5👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Gezinti #Sayohat
Turkiyada aholisi soni eng kam viloyat Bayburt hisoblanadi – oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, viloyat aholisi 85 ming atrofida.

Viloyat kichik bo‘lsa-da, 2008-yilda bu yerda universitet ochilgan. Qolaversa, viloyatda qator tarixiy yodgorliklar joylashgan. Masalan, Aydintepe tumanida uch ming yillik tarixga ega deb taxmin qilinadigan yerosti shahri bor.
👍62
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TarihinSesi #TarixSadosi
Afyonkarahisar qal’asi haqida ma’lumotlar
▶️ Afyonkarahisar shahri markazida, so‘ngan vulqonning tepasidagi qoyalikda barpo etilgan.
▶️ Qoyalik yerdan 226 metr balandlikda joylashgan.
▶️ Miloddan oldingi 1350-yillarda xettlar imperatori Mursili II undan mustahkam istehkom sifatida foydalangan.
▶️ Saljuqiylar davrida davlat xazinasi shu qal’ada saqlangan va u Hisori davlat deb atalgan.
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tebessüm #Tabassum
Shu hazillarni tarjima qilsak bo‘ladi, lekin kulgili bo‘lmay qoladi-da. Shuning uchun turkcha qolavergani ma'qul.
👍7😁4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoni ko‘rib, sizning ham turkcha choy ichgingiz kelib ketdimi?..

Necha yillardan beri Turkiyada yashasam ham, turkcha choyni juda kam ichaman. Aynan shu ko‘chada sotiladigan choylarni esa hech icholmayman, odatda ta'mi yoqimsiz, achchiq bo‘ladi.

Ba’zi qahvaxonalarda bir necha xil choyni aralashtirib damlashadi, ta’mi juda ajoyib, yumshoqqina bo‘ladi. O‘shanaqa choy bo‘lsa, jon-jon deyman.

Lekin ko‘k choyga aslo xiyonat qilmayman, uyda har doim ko‘k choy ichaman. Axir, men o‘zbekman 😁
👍14🔥4👏4😁31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eyup Sultan masjidi Istanbulning Eyupsultan tumani hududida joylashgan.

Masjidning tarixi XV asrga borib taqalsa-da, hozirgi ko‘rinishini XIX asrda olgan. Masjid hududida sahoba Abu Ayyub al-Ansoriyning maqbarasi mavjud.

Istanbuldagi tarixiy masjidlarda qandaydir bosqacha atmosfera bor, buni tushuntirib berolmayman. Eyup Sultan masjidida ham ana shu o‘zgachalikni his qilgandim.
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kültür #Madaniyat
Yo‘ruklar ayronni shunday usulda tayyorlar ekan. Marketlarda sotiladigan ayrondan yaxshi bo‘lsa kerak. Marketdagilarni ichib bo‘lmaydi, ayron emas, oqartirilgan suvga o‘xshaydi.

Shuning uchun bozordan suzma qatiq olib, ayronni o‘zim uyda tayyorlayman. Bolaligimda ayronfurushlik qilganman, xullas, tajriba bor 😊

P. S. Ko‘chmanchi turklarni yo‘ruklar deb atashadi. Asosiy qismi allaqachon o‘troqlashib ketgan. Yo‘ruklar asosan chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
👍91
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mardinda joylashgan Qosimiya madrasasining qurilishi 1507-yilda yakunlangan.

Ba’zi manbalarda keltirilishicha, aslida madrasa qurilishi ancha oldin boshlangan, biroq Amir Temurning yurishi tufayli qurilishning yakunlanishi kechiqqan.
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Gezinti #Sayohat
O‘zining koshinlari va chinni buyumlari bilan mashhur Iznik shahri Bursa viloyatida joylashgan.

Qadimda bu yerlar Nikeya deb atalgan. Nikeya shahri nasroniylik dini rivojida muhim rol o‘ynagan. Aynan shu yerda 325 va 787-yillarda butunjahon nasroniylar yig‘inlari bo‘lib o‘tgan.

Nikeya XI asr oxirlarida saljuqiylar, keyin esa Vizantiya hukmronligi ostida bo‘lgan. 1331-yilda shaharni usmoniylar egallagan va uning nomi Iznik deb o‘zgartirilgan.
👍11
13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kars shahrida joylashgan Kumbet majsidini X asrda armanlar cherkov sifatida barpo etgan. Keyinchalik cherkov masjidga aylantirilgan.

XIX asrda bu hududlarni Rossiya bosib olgach, Kumbet masjidi yana cherkov bo‘ldi. Ruslar ketganidan keyin esa yana masjidga, so‘ng muzeyga aylantirildi.

Nihoyat, 1993-yilda yana masjid sifatida musulmonlarga xizmat qila boshladi.
👍9🔥2
Do‘stlar!

Kanalni yanada rivojlantirish maqsadida ba’zi yangi loyihalar ustida bosh qotiryapman. Maqsadim – ko‘pchilikka foydasi tegadigan qandaydir yangiliklar qilish. Bu loyihalarni amalga oshirish esa vaqt va mehnat talab qiladi. Shuning uchun ijozatingiz bilan kanalda ozroq tanaffus e’lon qilmoqchiman.

Tez orada ko‘rishguncha!
😭13🤝63🔥1👏1
Anqaradagi yurtdoshlar, madaniy tadbirga marhamat! Kirish – bepul.
👍15🔥1👏1
Turkiya va turkcha haqida 🇹🇷
Anqaradagi yurtdoshlar, madaniy tadbirga marhamat! Kirish – bepul.
Hurmatli yurtdoshlar. Konsert boshqa kunga qoldirilibdi. Kuni aniq bo‘lsa, xabar beramiz.
🔥4
Istanbulda 14 nafar yurtdoshimiz qo‘lbola spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi. Reanimatsiya bo‘limlarida yotgan 3 nafar hamyurtimizning esa ahvoli og‘ir.

Hayotingizni xavf otiga qo‘ymang! Shu zormondani ichmasangiz hech narsa yo‘qotmaysiz, lekin ichsangiz hayotingizni yo‘qotishingiz mumkin!

Siz o‘lib ketaverasiz, ortingizda qolganlarga qiyin bo‘ladi axir!..
😱5🔥3
Bugun Turkiyadagi maktab-litsey o‘quvchilari ikki haftalik ta’tilga chiqdi.

Bizning toychoq ertalab “Tabelimni olib kelay”, deb chiqib ketgan edilar, bir payt og‘izlari quloqlarida kirib keldilar. Yaxshi o‘qiganlari uchun litseyda Onur Belgesi (Faxriy yorliq) berishibdi.

“Rahmat, o‘g‘lim, barakalla”, deb tabriklab, tabeliga bir qarasam, ba’zi darslardan baholari past. “Iye, nimaga berishdi o‘zi senga Onur Belgesini? Ba’zi darslardan baholarning past-ku”, dedim.

Eng past bahosi falsafadan. 50 ball olibdi. “Nega buncha past?” desam, “Qiyin-da”, deb irshayadi.

“Keyingi semestrda bu darsdan ham bahoingni ko‘tar”, deb poxoldo‘q qilib qo‘ydim.

Eh, bolaginam, sening xabaring yo‘q, otang ham tushunmasdi falsafani. Universitetda shu fandan arang o‘tib olgan.
😁25👍4👏2
#Rasmiy_munosabat

Joriy yilning 21-yanvar kuni Turkiyaning Bolu viloyati Kartalkaya kurort maskanida joylashgan "Grand Kartal" mehmonxonasida mahalliy vaqt bilan soat 03:27 da yong'in sodir bo’lgan.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi mazkur yong'in oqibatida 66 kishi vafot etganligini va 51 kishi tan jarohati olganligini ma’lum qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko’ra, vafot etgan va jarohat olganlar orasida O'zbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud emas.
3👍1🤝1
Boludagi mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatida o‘nlab inson halok bo‘lgani munosabati bilan 2025-yilning 22-yanvari Turkiyada milliy motam kuni deb e'lon qilindi.
😭13😨3👎1🥰1
25 январь куни «Туркий давлатлар халқаро университетини ташкил этиш тўғрисида»ги президент қарори қабул қилинди.

Қарорга кўра, Тошкент шаҳрида Туркий давлатлар халқаро университети ташкил этилади.

2025/2026 ўқув йилидан университетда таълим жараёни таълим соҳасида халқаро эътироф этилган ташкилотлар рейтингида биринчи 1000 талик рўйхатга кирган, шунингдек, ўз йўналишида етакчи ҳисобланган Туркия олий таълим муассасаларининг ўқув дастурлари асосида ташкил этилади.

Университетда талабаларни ўқитиш тўлов-контракт асосида амалга оширилади. Университет фаолиятини йўлга қўйиш ва мувофиқлаштириш бўйича бошқарув кенгаши ташкил этилади.
👍266👏3🔥1