Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.49K subscribers
10.4K photos
1.63K videos
461 files
3.54K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagaram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
Yangi ishga kirmoqchi bo‘lganlar uchun: Rezyumedagi bu 7 xatolik ishga kirishga to‘sqinlik qiladi

“Resume Writers’ Inc”
agentligining menejeri Tina Nikolay o‘z mehnat faoliyati davomida 50 mingdan ortiq rezyumelarni ko‘rib chiqqan. Mutaxassisning aytishicha, ko‘pchilik ishga kiruvchilar ish beruvchiga o‘zini to‘g‘ri taqdim qilishni bilmaydi, o‘z muvaffaqiyatlarini yetarlicha ko‘rsatib bera olmaydi. Nikolay bu kamchiliklarning barini inobatga olib, eng ko‘p tarqalgan xatoliklarni taqdim qildi. Ularni chetlab o‘tish, yangi ishga joylashishni rejalashtirayotganlar uchun qo‘l kelishi aniq.

1️⃣ - xato: Eskilik - Ishga kiruvchining eng katta xatosi eskirgan qolipdagi jumlalar, ma’lumotlar va qoliplardan iborat rezyume to‘ldirishdir. Nikolayning fikricha, bunday rezyume nomzodning dangasaligiga ishora qiladi. Ishga joylashmoqchi bo‘lgan o‘sha inson, hattoki o‘zi haqidagi yangi va kerakli ma’lumotlarni rezyumega chiroyli qilib qayd qilishga erinadi. U qachonlardir to‘ldirib qo‘ygan rezyumeni ish beruvchiga taqdim etish bilan chegaralanadi, xolos.

2️⃣ - xato: Uzun matn - Rasmiy uslubdagi, uzundan uzun matn ish beruvchini zeriktiradi. Nikolay bu uslubdagi rezyumelarni romanning bir bo‘lagidek qabul qilar ekan. Yaxshi ishga joylashmoqchi bo‘lgan inson rezyumega o‘z faoliyatini va muvaffaqiyatlarini qisqa tezislar shaklida yozishi kerak. Bunda asosiy e’tibor muvaffaqiyatlarga qaratilishi zarur.
...

#maqola #foydali #rezyume
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Kitob o‘qishning 14 foydasi

1️⃣ Kitob yordamida hayotingizdagi bo‘shliqni to‘ldirishingiz mumkin. istalgan joyda kitob o‘qish bilan shug‘ullana olasiz. Shu orqali nimalarnidir o‘rganasiz va zerikmaysiz.
2️⃣ Hali namoyish etilmagan filmlar haqida avvaldan bilib olasiz, chunki ularning kitobini o‘qib chiqishga ulgurgansiz.
3️⃣ Kitob o‘qish diqqatingizni kuchaytiradi.
4️⃣ Kitob o‘qish empatiya (boshqalarni his qila olish) xususiyatingizni kuchaytiradi va sizni ochiq fikrli insonga aylantiradi.
5️⃣ Kitob o‘qish – varaqlayotgan sahifalaringizda yangi dunyolar kashf etish, yangi odamlar bilan tanishish demakdir.
...

#maqola #foydali #mutolaa
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...

Hozirgi kunda deyarli hamma sohada kompyuterda ishlashni bilish talab qilinadi. Kompyuterda tez va samarali ishlay oladigan xodim hamma joyda qadrlanadi. Chunki bunday xodim bilan ish samarasi oshadi, topshiriqlar qisqa fursatda, osongina bajariladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, idorada ishlaydigan oddiygina xodim bir daqiqada 200 tagacha belgini bosa olish tezligiga ega ekan. Demak, ozgina mashq qilinsa, bu miqdorni 300-400 tagacha ham yetkazish mumkin. Qanday qilib, deysizmi? Ushbu maqolada, xuddi “mashinkadek” tez harf terishni o‘rgatamiz.

1️⃣ Tez va bexato harf terish klaviaturaning turiga ham bog‘liq
2️⃣ Qo‘llarni klaviatura yuzasiga to‘g‘ri joylashtirish ham harf terishni osonlashtiradi
3️⃣ Qancha tez eslab qolinsa, shuncha tez yoziladi
...

#maqola #foydali #tavsiya
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Qanday sovg‘a olishga boshingiz qotyaptimi? Ushbu maslahatlarga quloq tuting

8-mart yaqinlashgani sari yigitlar boshi berk ko‘chaga kirib qolishadi. Xonimlarga sovg‘a tanlash unchalik ham oson ish emas. Quyida rafiqasi, sevgan qizi hamda opa-singillarini quvontirish istagida yurganlar uchun maxsus tavsiyalarimiz:

1️⃣ Taqinchoqlar – eng zo‘r tanlov! Tilla, kumush hamda olmos taqinchoqlar nozik xilqat vakillariga juda yoqib tushadi. Bu aniq. Agar mablag‘ingiz yetarli bo‘lsa, darhol zargarlik do‘koniga yuguring. ...
2️⃣ Aqlli qizlar uchun sovg‘a. Zamonaviy ayollar faqatgina to‘qish va kulinariyaga qiziqibgina qolmaydi. Ular elektronika va mobil texnikaning barcha imkoniyatlaridan unumli foydalanadi. Har bir qiz yoki ayol 8-martga yangi planshet, elektron kitob yoki mobil telefon olsa, juda xursand bo‘ladi. ...
...

#maqola #foydali #tavsiya
Videodarslar| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Dizaynerlar uchun foydali bo'lgan 14 ta YouTube kanal

1.
The Futur - Dizaynerlar va ijodkor odamlar uchun kanal. Videoroliklar UI (user interface - foydalanuvchi intefeysi) dan to brendinggacha bo'lgan jarayonlarni qamrab oladi.
Obunachilari soni: 489,222 ta.

2. Howard Pinsky - Adobe Photoshopning turli imkoniyatlari: matnli effektlar, fotokompozitsiya, retush, fotoshop asoslari, maxsus effektlar va hk.
Obunachilari soni: 431,274 ta.

3. Laith Wallace - UI dizaynni o'rganuvchilar, kichik biznes egalari va UI/UX dizaynda karyera qilmoqchi bo'lganlar uchun maslahatlar va motivatsion roliklar kanali. (UX: user experience - foydalanuvchi taassuroti)
Obunachilari: 13,185 ta.

4. No Divide - Veb-dizaynni o'rganish va undan ilhomlanish istagida bo'lganlar uchun. #LetsTalkDesign seriyali videoroliklari bilan muallif o'zining karyera, loyihani boshqarish sohasidagi bilimlari bilan o'rtoqlashadi.
Obunachilar: 2,963 ta.

5. UX Hacker & Sketch TV - Invision, Marvel va Principleni ni o'z ichiga olgan holda Sketch dasturi va ilovasida prototiplar yaratish bo'yicha maslahatlar o'rin olgan.
Obunachilari: 8,811 ta.

6. Adobe Photoshop - ...(qanday kanalligi ma'lum, albatta).
Obunachilari: 496,730 ta.

7. Mike Locke - O'quv qo'llanmasidan to dasturiy ta'minotgacha, karyera bo'yicha konsultatsiyadan to savol-javoblargacha. UX dizayn bo'yicha yetarlicha katta kontent.
Obunachilari: 86,448 ta.

8. High Resolution - Dizaynerlar bilan kasbiy sirlarga doir intervyular kanali.
Obunachilari: 34,358 ta.

9. Sarah Doody - Dizayn, texnologiyalar va tadbirkorlik sohasida karyera qilish haqidagi haqiqiy videoroliklar.
Obunachilari: 13, 773 ta.

10. Expose UX - "Foydalanuvchi tajribasi" kanali, boshlovchilar UX mutaxassislariga yordam beruvchi kanal.
Obunachilari: 4, 774 ta.

11. UX Salon - Har oyda liderlari tomonidan foydalanuvchi tajribasi va dizayn sohasiga doir yangi video joylanadi. U yerda ancha qiziq suhbatlar bo'lib o'tadi.
Obunachilari: 4, 306 ta.

12. UX Mastery - UX dizayn kanali. Yangi postlar yo'q. Ammo videorolilarining 2 millionga yaqin marta ko'rilgani uning ancha foydali ekanligiga dalolat qiladi.
Obunachilari: 40, 700 ta.

13. CareerFoundry - UX dizayn bo'yicha vebinarlar, intervyu va ilhom bag'ishlovchi videoroliklar.
Obunachilari: 4, 973 ta.

14. Mackenzie Child - Product Designer va illyustrator o'zining sahifalar, illyustratsiyalarni qanday yaratish haqidagi qo'llanmalari bilan bo'lishadi.
Obunachilari: 60, 864 ta.

#maqola #foydali
Videodarslar|YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Yangi O‘zbekiston!

O‘rta Osiyo qadimiy maskanlardan xisoblanib, Dunyo san’ati va adabiyoti taraqqiyotiga munosib xissasini qo‘shib kelgan. Shuningdek bu o‘lkada yaratilgan me’morchilik durdonalari xam jaxon xalqlari me’morchiligi orasida munosib o‘rinda. Jumladan Somoniylar maqbarasi, Minorai Kalon, Xo'ja Axmad Yassaviy xonaqoxi, Samarkand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz va boshqa qator shaxar me’moriy ansambllari o'zining badiiy ifodasi, serjiloligi bilan kishilar diqqatini tortib kelmoqda. ...

O'sib kelayotgan yosh avlod zamonaviy talablarga javob beruvchi yangi binolarda ta’lim olmoqda. Sog‘likni saqlash ob’ektlari qurilishida xam ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Zamonaviy O'zbekiston arxitexturasida ana shunday rivojlanish jarayoni xozirgi kunda xam jadal sur’atlarda davom etmoqda. ...

#maqola #foydali #talabalar_ijodidan
Videodarslar|YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 O'ylaymanki siz o'zingizga "Internetda qanday pul ishlash mumkin" degan savolni bergansiz. Bu video internetdagi firibgarlar haqida: 1xbet, 1xstavka, Telegram tarmog'idagi pul to'lovchi guruhlar, pul tikishlar, kapperlar va spam&scam haqida. Bularning barchasi yolg'on, loxotron va ular firibgarlar tomonidan sizni aldash uchun uyushtiriladi. Odatda firibgarlar sizga internetda pul ishlash yoki internetda pul ishlash yo'llari haqida shirin ertaklar aytib aldashadi.

🎬 YouTubeda ko'rish

#rolik #foydali #tavsiya
Videodarslar|YouTube kanal
Kanalga qo'shilish 👉 @taqi_uz
Uyingiz interyeri uchun ajoyib g'oyalar

Har bir uy o‘ziga xos va yashash uchun qulay bo‘lishi kerak. Axir, bu bizning ichki dunyomizni ifodalab turadi. Shuning uchun doimo o‘z uyimiz uchun yangi va g‘ayrioddiy ko‘rinishlarni qidiramiz.

Individuallik – bu o‘ziga xoslik, lekin bu ikkita bir xil kiyim javoni ikkita alohida xonada turmaydi degani emas. Shuning uchun biz hech bo‘lmaganda ruhlanish, ilhomlanish uchun kerak bo‘ladigan ayrim qiziqarli va foydali fikrlarni to‘pladik. ...

#maqola #qiziqarli #foydali #tavsiya
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
🎁 AutoCad dasturining kerakli versiyalarini yuklab olish uchun havolalar

1️⃣ AutoCad 2007
- https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2007-free-download-8897219/
2️⃣ AutoCad 2008 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2008-free-download-1283531/
3️⃣ AutoCad 2009 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autodesk-autocad-2009-free-download-1072774/
4️⃣ AutoCad 2010 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2010-free-download-5904297/
5️⃣ AutoCad 2011 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2011-free-download-1227414/
6️⃣ AutoCad 2012 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2012-free-download-4357648/
7️⃣ AutoCad 2013 - https://getintopc.com/softwares/development/autocad-2013-free-download-64bit-7238249/
8️⃣ AutoCad 2014 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2014-free-download-setup-8971860/
9️⃣ AutoCad 2015 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2015-free-download-1713159/
🔟 AutoCad 2016 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2016-free-download-2042269/
1️⃣1️⃣ AutoCad 2017 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autodesk-autocad-2017-x32-x64-bit-free-download-5784549/
1️⃣2️⃣ AutoCad 2018 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autocad-2018-free-download-7876675/
1️⃣3️⃣ AutoCad 2019 - https://getintopc.com/softwares/autocad-2019-free-download-1184902/
1️⃣4️⃣ AutoCad 2020 - https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autodesk-autocad-2020-x64-free-download-1534375/
1️⃣5️⃣ AutoCad 2021 - https://getintopc.com/softwares/autodesk-autocad-2021-free-download-1646292/

👨🏼‍💻 3Ds MAX versiyalari shu yerda: https://t.me/taqi_uz/3425

☝️Yuqoridagi ma'lumotlar @taqi_2020 kanalidan uxlatildi 😉. (Ko'rdingizmi, biz mualliflik huquqini buzmaymiz 😁)

#foydali #AutoCAD #havola #link
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Noutbuk olishda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar
https://www.rbt.ru/doc/info/noutbuk_dlya_raboty/

Quyidagi tavsiyalar dasturchi, dizayner, loyihalovchi ya'ni og'ir dasturlarni ishlatuvchi yoki o'rganuvchilar uchun noutbuk sotib olishga taalluqli. Faqat MS Office bilan ishlaydiganlarga bundayroq kompyuterlar ham bo'laveradi 😉.

1️⃣ RAM (Operativ xotira, ОЗУ) - Kamida 8 GB
Ma'lumot: https://is.gd/x0IPJE

2️⃣ Doimiy xotira (hard, винт) - SSD toifalisini oling, kamida 240 GB hajmdagi. Agar ma'lumotlarni saqlash uchun boshqa HDD diskingiz bo'lsa, 120 GB lik SSD hard olib, unga operatsion tizimni yozib, fayllaringizni HDD da saqlasangiz ham bo'ladi.
Ma'lumot: https://www.starusrecovery.ru/articles/the-difference-between-ssd-and-hdd.html

3️⃣ Protsessor (x64) - Intel Core i5 (i7 bo'lsa yana ham yaxshi).
Chastotasi kamida 2 GHZ, kamida 8 yadroli
https://it.wikireading.ru/39448

4️⃣ Videokartasi kamida 2 GB bo'lsin, undan yuqori bo'lsa juda yaxshi.
Ekran Full HD - https://car3g.ru/info/chto-takoe-vram-v-noutbuke/

5️⃣ Tekshiring:
- kamida 1 tadan USB 2.0 va USB 3.0 portlar (ko'p bo'lsa yaxshi)
- VGA port (proyektor ulash uchun)
- HDMI port (televizorga, proyektorga, ... ga ulash uchun kerak)
- Ethernet port (kabel bilan internetga ulanish uchun)

6️⃣ Akkumlyatorining ishlash vaqtiga ham e'tibor beringlar (bu ishlatilgan noutbuk olayotganlar uchun).

0️⃣ Kompyuteringizning yuqorida sanalgan texnik ko'rsatkichlarini qanday aniqlashni bilmasangiz:
- Win + R (Win bu Пуск, ya'ni u bilan R harfi birgalikda bosiladi) ni bosing hamda chiqqan oyna (Выполнить) ga dxdiag deb yozing va OK ni bosing.
- Win + R, msinfo32 deb yozing va OK. (komandalar izohdagi rasmda keltirilgan)
- Win bilan birga Pause Break klavishini bosing.
Chiqqan oynalarda tizim va kompyuter texnik ko'rsatkichlarini bilib olishingiz mumkin.

☝️ Agar, uzoooq ishlatishni mo'ljallagan bo'lsangiz, sensor ekranli olsangiz ham bo'laveradi (oma lekin jichcha qimmatroq bo'latta).
Microsoftning Surface Pro lari va shu kabilar juda yaxshi, ammo qimmaaat!

P.S.:
Odatda dasturlar (Autocad, 3D Max, Revit, Photoshop, ... kabi katta va og'ir dasturlar ayniqsa) ishlash jarayonida doimiy xotira (qattiq disk) dagi o'z fayllariga o'qish yozishlarni amalga oshirish orqali ishlaydi. Demak, ular tezroq ishlashi uchun muhim omillardan biri, bu - qattiq diskning o'qish / yozish tezligidir. SSD disklar HDD disklardan kamida 5 barobar tezroq ishlaydi bu o'qish yozish tezligi bo'yicha (mana bu yerda https://t.me/planetait/964 HDD va SSD yaxshilab solishtirilgan). Shuning uchun SSD xotirali qattiq diskli kompyuter tavsiya qilaman. Ammo, SSD li noutbuklar qimmatligi uchun yana bir yo'lni tavsiya qilaman: Siz 200 - 500 $ ga HDD li noutbuk olib, uning qattiq diskini olasizda, o'rniga kamida 120 GB li SSD disk o'rnatasiz, chiqarib olgan HDD ga 10 $ ga g'ilof va kabel olish mumkin Malikada. Shunda noutbuk ishlashi ancha tezlashadi.

🚫 Imkon qadar Lenovo olmanglar, agar 800$ dan arzon bo'lsa. Men tanishlarimda ko'rgan Lenovolarning ko'pida 1-2 yil ishlatgandan keyin USB portlar ishlamay qoladi, Wi-Fi o'chirib yoqish ham muammo bo'ladi va shu kabilar. (Keyin ATM ga ish ko'payadi 😂)

👨🏼‍💻Men qoldirib ketgan qo'shimcha foydali ma'lumotlarni bilsangiz, shaxsiy tavsiyalaringiz bo'lsa, izohlarda qoldirishingizni so'rayman. Atayin postning ostiga 👍👎 ni qo'ymadim, izoh yoza olishingiz uchun.

#foydali #tavsiya #notebook #maqola
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
🎁 3Ds Max dasturining kerakli versiyalarini yuklab olish uchun havolalar

1️⃣ 3DsMax 2009
: https://yadi.sk/d/oYMc5JXB1nk0_g

2️⃣ 3Dsmax 2010: https://yadi.sk/d/TupFOIs7_PvsOg

3️⃣ 3DsMax 2011: https://yadi.sk/d/uSpIX7ibfn-e1g

4️⃣ 3DsMax 2012: https://drive.google.com/file/d/1mbGw_4udEM6GaiQwlX2YNKfTMlCsHjF8/view

5️⃣ 3DsMax 2014: https://yadi.sk/d/44aeoHA4zSMTeg

6️⃣ 3DsMax 2016: https://yadi.sk/d/DcfrzwG00WZ6lA

7️⃣ 3DsMax 2017: https://yadi.sk/d/UpZU-JbAT0bhsA

8️⃣ 3DsMax 2018: https://yadi.sk/d/3WfvymPq2jn7hw

9️⃣ 3DsMax 2019: https://getintopc.com/softwares/3d-cad/autodesk-3ds-max-2019-x64-free-download-1143241/

🔟 3DsMax 2020: https://yadi.sk/d/OoaMS0o93LB_Hg

1️⃣1️⃣ 3DsMax 2021: https://yadi.sk/d/cPz1aPZcuezAIA

👷Autocadni yuklab olish uchun havolalar esa shu yerda: https://t.me/taqi_uz/3416

☝️Yuqoridagi ma'lumotlar @taqi_2020 kanalidan uxlatildi 😉. (Ko'rdingizmi, biz mualliflik huquqini buzmaymiz 😁)

#foydali #3DMax #havola #link
Abituriyent|Videodarslar|Bot|🗳|☎️
@taqi_uz
Dizaynerlar uchun foydali bo'lgan 14 ta YouTube kanal

1.
The Futur - Dizaynerlar va ijodkor odamlar uchun kanal. Videoroliklar UI (user interface - foydalanuvchi intefeysi) dan to brendinggacha bo'lgan jarayonlarni qamrab oladi.
Obunachilari soni: 489,222 ta.
2. Howard Pinsky - Adobe Photoshopning turli imkoniyatlari: matnli effektlar, fotokompozitsiya, retush, fotoshop asoslari, maxsus effektlar va hk.
Obunachilari soni: 431,274 ta.
3. Laith Wallace - UI dizaynni o'rganuvchilar, kichik biznes egalari va UI/UX dizaynda karyera qilmoqchi bo'lganlar uchun maslahatlar va motivatsion roliklar kanali. (UX: user experience - foydalanuvchi taassuroti)
Obunachilari: 13,185 ta.
4. No Divide - Veb-dizaynni o'rganish va undan ilhomlanish istagida bo'lganlar uchun. #LetsTalkDesign seriyali videoroliklari bilan muallif o'zining karyera, loyihani boshqarish sohasidagi bilimlari bilan o'rtoqlashadi.
Obunachilar: 2,963 ta.
5. UX Hacker & Sketch TV - Invision, Marvel va Principleni ni o'z ichiga olgan holda Sketch dasturi va ilovasida prototiplar yaratish bo'yicha maslahatlar o'rin olgan.
Obunachilari: 8,811 ta.
6. Adobe Photoshop - ...(qanday kanalligi ma'lum, albatta).
Obunachilari: 496,730 ta.
7. Mike Locke - O'quv qo'llanmasidan to dasturiy ta'minotgacha, karyera bo'yicha konsultatsiyadan to savol-javoblargacha. UX dizayn bo'yicha yetarlicha katta kontent.
Obunachilari: 86,448 ta.
...
Davomi keyingi postlarimizda...

#foydali #maqola
@taqi_uz
Dizaynerlar uchun foydali bo'lgan 14 ta YouTube kanal
(2-qism. 1-qismni o'qish)

8. High Resolution - Dizaynerlar bilan kasbiy sirlarga doir intervyular kanali.
Obunachilari: 34,358 ta.
9. Sarah Doody - Dizayn, texnologiyalar va tadbirkorlik sohasida karyera qilish haqidagi haqiqiy videoroliklar.
Obunachilari: 13, 773 ta.
10. Expose UX - "Foydalanuvchi tajribasi" kanali, boshlovchilar UX mutaxassislariga yordam beruvchi kanal.
Obunachilari: 4, 774 ta.
11. UX Salon - Har oyda liderlari tomonidan foydalanuvchi tajribasi va dizayn sohasiga doir yangi video joylanadi. U yerda ancha qiziq suhbatlar bo'lib o'tadi.
Obunachilari: 4, 306 ta.
12. UX Mastery - UX dizayn kanali. Yangi postlar yo'q. Ammo videorolilarining 2 millionga yaqin marta ko'rilgani uning ancha foydali ekanligiga dalolat qiladi.
Obunachilari: 40, 700 ta.
13. CareerFoundry - UX dizayn bo'yicha vebinarlar, intervyu va ilhom bag'ishlovchi videoroliklar.
Obunachilari: 4, 973 ta.
14. Mackenzie Child - Product Designer va illyustrator o'zining sahifalar, illyustratsiyalarni qanday yaratish haqidagi qo'llanmalari bilan bo'lishadi.
Obunachilari: 60, 864 ta.

#foydali #maqola
@taqi_uz
Dunyoning turli joylarida arxitektorlar qancha ishlab topishadi?
Sizchi? Siz oyiga qanchagacha ishlab topasiz? (Soliqchilarga aytmayman 😁)

1️⃣ 500 $ gacha
2️⃣ 500-1000 $ oralig'ida
3️⃣ 1000 $ dan ko'p
4️⃣ Men ishlamayman

#qiziq #foydali #sorovnoma
@taqi_uz
Ibratli hikoya

Bir podshoh saroyida marmardan hovuz bunyod ettiribdi.
So'ngra, xalqqa - "shu oqshom har bir honadon bir kosadan sut olib kelib hovuzga to'ksin" - deya farmon beribdi.
Darhaqiqat, har bir honadon bir kosadan sut olib kelib quysa hovuz sutga to'lar ekan.
Shunday qilib oqshom cho'kibdi va halq hovuzni to'ldirishga kirishibdi. Ittifoqo, odamlardan biri bir kosa sutni olib ketayotib, - "Shu sutni o'rniga suv quysam bo'lmaydimi? Shuncha odamni orasida mening suv quyganim bilinmay ketadi, sutni esa o'zim ichaman" - deya o'ylanib qolibdi.
Ko'p mulohaza qilib o'tirmay, shartta, sut o'rniga suv olib borib, el qatori hovuzga to'kib qaytibdi.
Ertasi tongda shu odam qani bir hovuzni ko'ray deb borsa hovuz tip-tiniq zilol suv bilan to'la ekan!

Hikoya Tohir Malikning "Iymonlashish umidi" kitobidan olindi

#hikoya #foydali
@taqi_uz
Siz Autodesk Revit dasturiga qiziqasizmi yoki BIM texnologiyalari bilan ishlamoqchimisiz?

Unda bu yangilik siz uchun!

Autodesk Revit dasturida "0" dan professional darajagacha chiqmoqchi bo'lsangiz "BoburArchitects" YouTube va Telegram kanallariga obuna bo'ling u yerda siz o'zingizga kerak bo'ladigan ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Telegram: https://t.me/BIMREV
YouTube: https://youtube.com/channel/UCJd7apv-a2toEH64Buzj4rg
---------------------------------------------------
Asosiysi, darslar mutlaqo bepul va kanalda savol bilan murojaat qilsa ham bo'ladi.
---------------------------------------------------

#foydali #Revit
@taqi_uz
Forwarded from Edu.uz
#foydali

@eduuz tavsiya etadi

Chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yoshlar uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Hozirgi paytda loyihaning Youtube platformasida chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk, Rus tillari va xorijliklar uchun O‘zbek tili bo‘yicha bepul darslarni onlayn o‘rganish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, tez orada Fransuz, Italyan, Ispan, Xitoy, Koreys va Arab tillari darslari ham platformaga yuklanishi kutilmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xorijiy tillarni 0 dan o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun tavsiya etadi.

👉 O‘zbek tili (xorijliklar uchun);

👉 Ingliz tili;

👉 Nemis tili;

👉 Turk tili;

👉 Rus tili.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#foydali

@eduuz tavsiya etadi

Chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yoshlar uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Obunachilarimiz taklifiga binoan, endilikda loyihaning Youtube platformasidagi darslarni kichraytirilgan hajmda kanalimizda berib boramiz.

Chekka hududlarda ham chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk va Rus tillari bo‘yicha birinchi darslar ilova qilinmoqda (video).

Shuningdek, ushbu darslarni Youtube platformasi orqali sifatli formatda ham ko‘rishingiz mumkin:

👉 Ingliz tili;

👉 Nemis tili;

👉 Turk tili;

👉 Rus tili.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#foydali

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalar uchun yangi loyihani e’lon qiladi

Aziz talabalar! Siz:
- faol va yetakchimisiz?
- kreativ g‘oyalar va innovatsiyalarga qiziqasizmi?
- “Critical Thinking” va “Problem Solving” ko‘nikmalariga ega bo‘lmoqchimisiz?
- ta’lim jarayoniga o‘zgacha ruh va energiya olib kirishni xohlaysizmi?

Unda oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan talabalar kreativ klublari loyihasiga o‘z hissangizni qo‘shing.

1) Ro‘yxatdan o‘ting
2) Motivatsion esseni yuboring
3) Saralashdan o‘tib, Vazirlik tavsiyanomasiga ega bo‘ling
5) Ta’lim muassasangizdagi kreativ klubga asos soling.

Joriy yilning 28-aprel kuni soat 10:00 da bo‘ladigan treningda ishtirok eting.

Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi 7-uy, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi.

Onlayn ishtirok etish uchun quyidagi Telegram guruhiga qo‘shilishingiz mumkin:

👉https://t.me/Edu_Creative_Clubs

Ma’lumot uchun tel.: +99897 287-99-91

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube‌‌