Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
⚡️Hurmatli kanalimiz a'zolari va aziz talabalar, magistrlar hamda qadrli ustozlar

Endilikda TAQI kanali orqali Institut rahbariyati va jamoasi bilan tanishtirilib boriladi.

👉Bundan tashqari "Bilasizmi", "Tabriknoma", "Ma'lumot", "Iqtidor", Uztozlar ibrati", "Habar", "Ishtirok eting", "Bayram tabrigi" ruknlari orqali ma'lumotlarga ega bo'lish imkoniyati mavjud.

🤝Bizni kuzatishda davom eting. TAQI kanali kun davomida siz bilan birga.

TAQI Matbuot xizmati.

@taqi_uz
⚡️Mirisayev Abdullo Ulmasovich

⚡️Toshkent arxitektura-qurilish instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori

🎓 Texnika fanlari nomzodi, dotsent

☎️ Qabulxona: +99871 2356380

📰 Batafsil ma'lumot: http://taqi.uz/rahbariyat/16-oquv-ishlari-boyicha-prorektor-mirisayev-abdullo-ulmasovich.html

#info #rahbariyat #jamoa
@taqi_uz
📣"Sog'lom ayol-sog'lom jamiyat" shiori ostida "Ayollar spartakiadasi" bo'lib o'tdi.

👉 Transport, yo'l va qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi tomonidan o'tkazilgan ushbu tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish instituti o'qituvchilari ham ishtirok etdilar.

🏓Xotin - qizlar o'rtasida o'tkazilgan "Ayollar spartakiadasi"da stol tennisi bo'yicha "Iqtisodiyot va ko'chmas mulkni boshqarish" kafedrasi dotsenti Karima Tashmuxamedova hamda shaxmat sport turi bo'yicha doktorant Iroda Salimovalar bellashdilar.

🥉Iroda Salimova shaxmat sporti turi bo'yicha faxrli 3-o'rinni egalladi va kasaba uyushma tomonidan esdalik sovg'a hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.

🤝Institutimiz sharafini himoya qilgan barcha ayol qizlarimizni g'alaba bilan tabriklaymiz!

TAQI Matbuot xizmati

#xushxabar #yangilik #sport
@taqi_uz
⚡️ ⚡️ Ўқувчилар бир ҳафтада камида икки кун таълим олади, қолган кунлар ишлайди

“Профессионал таълим тизимида дуал таълимни ташкил этиш чора-тадбирлари ҳақида”ги Ҳукумат қарори қабул қилинди.

Қарорга мувофиқ, 2021/2022 ўқув йилидан профессионал таълим тизимида дуал таълим ташкил этилади.

👉 Дуал таълим – бу таълимни ўз йўналишига мос ташкилотда меҳнат қилиш билан бирга олиб борувчи тизимдир. Дуал таълимни ташкил этиш учун ҳокимликлар ва манфаатдор вазирликлар томонидан ўрта бўғин кадрларига бўлган эҳтиёж аниқланади ва таклиф тайёрланади.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳар йили 1 июлгача дуал таълим бўйича кадрлар тайёрланадиган таълим муассасаларини белгилайди.

Танланган таълим муассасалари белгиланган квоталар бўйича ўқувчиларни қабул қилади.

Таълим муассасалари кадрларга эҳтиёжи бўлган ташкилотлар билан шартнома тузади. Шартнома ташкилот ва ўқувчи ўртасида ҳам тузилади. Бунда ўқувчи учун ташкилотда муайян иш ўрни ажратилади.

Ўқувчилар бир ҳафтада камида икки кун таълим олади қолган кунлар ишлайди.

Ўқувчига ишлаган кунлари учун ҳақ тўланади.

#yangilik

@taqi_uz
📣 Latviyada o'qish uchun grant

Latviya Fan va ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Davlat agentligining ma’lumotiga ko‘ra, Latviya Hukumati tomonidan 2021-2022 o‘quv yilida mazkur davlat universitetlarida tahsil olish uchun stipendiya va grantlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur stipendiya va grantlar ko‘plar qatorida respublika oliy ta’lim muassasalari ilmiy xodimlari, o‘qituvchi va talabalari uchun mo‘ljallangan.

Nomzodlar muayyan talablarga javob berilishi lozim, ular taqdim etgan xujjatlari natijalari asosida tanlab olinadilar.

Xujjatlarga ularning ingliz yoki latish tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.

2021/2022 o‘quv yili uchun Latviya tomonidan stipendiyalar olish tartibi hamda “Yozgi maktablar” to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ishtirok etish shartlari va barcha zarur xujjatlar ro‘yxati bilan Agentlikning quyidagi veb-sahifalari orqali tanishish mumkin:
- http://www.viaa.gov.lv
- http://www.viaa.gov.lv/scholarships.

Yuqorida keltirilgan tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalarni 2021-yil 1-aprelga qadar online tarzda taqdim etishlari kerak.

Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Agentlikning xalqaro hamkorlik dasturlari katta mutaxassisi Marika Pira bilan elektron pochta orqali bog‘lanish ham mumkin: scholarships@viaa.gov.lv

🔗 TAQI xalqaro aloqalar bo'limi

#grant #elon
@taqi_uz
⚡️ Hokim o‘rinbosarlari malaka oshirish kurslarida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi doirasida tizimli ravishda davlat organlari va tashkilotlarining o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlarini “mahallabay” va “fuqarobay” ishlashga o‘rgatish, shuningdek, ularga respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning tub mazmun mohiyatini yetkazish, sohalar bo‘yicha tayanch bilim va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirib borish hamda malakasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan 2021-yil 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti bilan hamkorlikda Toshkent viloyati tuman (shahar) xokimlarining Qishloq va suv xo‘jaligi hamda Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun malaka oshirish kursi boshlandi.

Malaka oshirish kursini ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori O.Xasanov, Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Islamov, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Z.Abduvaliyevlar ishtirok etdi.

Kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan qisqa muddatli o‘quv seminarda mashg‘ulotlarni olib borish uchun Toshkent arxitektura-qurilish institutining 12 nafar malakali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan.

Professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan ilm-fan sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar, rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalariga asoslangan holda taqdimotlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar tayyorlangan.

O‘quv seminarlari joriy yilning 2-apreliga qadar davom etadi.

#yangilik #xabar
@taqi_uz
📣 Xotin-qizlar ta’limi sohasida faoliyat yuritayotgan shaxslar uchun 50.000 AQSh $ miqdoridagi mukofotli tanlov

UNESCO tomonidan 2015-yilda ta’sis etilgan va Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtirilgan Xotin-qizlar ta’limi sohasida faoliyat yuritayotgan shaxslar uchun 50.000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot uchun tanlov e’lon qilingan.

Mazkur tanlovga har bir a’zo davlat 3 nafargacha nomzod ko‘rsatishi mumkin hamda tanlov yakunlarida 2 nafar g‘olib nomzod aniqlanib, ularning har biri 50.000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar loyihalari Barqaror rivojlanishning 4- va 5- maqsadlarining quyidagi bir yoki bir necha yo‘nalishlariga mos kelishi hamda kamida ikki yildan buyon amalga oshirilayotgan, samarali va davomiyligini aniq isbotlagan bo‘lishi kerak:

1️⃣ Ishtirok etish: barcha qizlarning umumta’lim olish jarayonidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
2️⃣ Savodxonlikni oshirish: barcha yosh qizlar va ayollarning savodxonlik malakalarini oshirish jarayonida faol ishtirok etish;
3️⃣ Muhit yaratish: gender teng xuquqligi muhitini yaratish va qo‘llab-quvvatlash;
4️⃣ O‘qituvchilar mahorati: o‘qituvchilarning gender teng xuquqlik asosida ta’lim berishga yo‘naltirish;
5️⃣ Ko‘nikma shakllantirish: qizlar va ayollarning yashashi va mehnat qilishi uchun bilim va ko‘nikmalarini oshirishni qo‘llab-quvvatlash.

Shuningdek, loyihalar xotin-qizlar ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan eng ilg‘or tajribalarini qamrab olishi kerak.

Mukofot to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://en.unesco.org/themes/women-s-and-girls-education/prize

Tanlovda ishtirok etish anketasini ingliz yoki fransuz tillarida https://unesco.org/gwe veb-sahifasida onlayn to‘ldirish zarur.

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarning anketalari ingliz yoki fransuz tilida to‘ldirilib joriy yil 15-aprel kuniga qadar institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim qilinishi lozim.

Ma’lumot uchun: 71- 235-47-80

#xabar #tanlov #grant
@taqi_uz
Тайинлов: Қурилиш вазирига ўринбосар тайинланди

Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли қарорига асосан Насрулла Нуриллаевич Бабаев Қурилиш вазирининг ўринбосари лавозимига тайинланди.

Тайинловга қадар Н.Бабаев Қурилиш вазирлигининг бошқарма бошлиғи лавозимида фаолият юритган.

Қурилиш вазирлиги ахборот хизмати

|Web | Telegram | Facebook |Instagram | Youtube|
⚡️Nurimbetov Ravshan Ibragimovich

⚡️Toshkent arxitektura-qurilish instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori

🎓 Iqtisod fanlari doktori, professor

☎️ Qabulxona: +99871 234-11-37

📰 Batafsil ma'lumot: http://taqi.uz/rahbariyat/18-ilmiy-ishlar-boyicha-prorektor-nurimbetov-ravshan-ibragimovich.html

#info #rahbariyat #jamoa
@taqi_uz
Arxitektor-dizayner kerak - #vakansiya

Maosh: suhbatdan so'ng

📣 Ish o‘rni:
1. Аrxitektor - ish tajribasiga ega bo'lishi kerak

Talablar:
- Sohaga oid bilimlarga ega bo'lish
- Sohaga oid dasturlar bilan ishlay olish

🌐 Manzil:
- Toshkent shahar, Shayhontohur tumani, Qoratosh

☎️ Bog'lanish:
+99897-3335250
+99898-1215250

#Toshkent #Shayhontohur
@taqi_uz
⚡️Abduvaliyev Zafar Maxmudovich

⚡️Toshkent arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori

☎️ Qabulxona: +99871 235-32-66

📰 Batafsil ma'lumot: www.taqi.uz/rahbariyat/pro_yoshlar

#info #rahbariyat #jamoa
@taqi_uz
📣 Slovakiya Respublikasining milliy stipendiyalar dasturi doirasida 2021/2022 o'quv yili uchun tanlov e'lon qilindi.

👉 Stipendiyalar tanlovida g'olib bo'lgan talabalar, doktorantlar va o'qituvchilar 2021-2022 o'quv yilida Slovakiya oliy ta'lim muassasalarida tahsil olish, tadqiqot olib borish va dars berish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.

⚡️O'qish davomiyligi va talablari quyidagicha:

🔸Bakalavr 1-2 semestr davomida stajirovka o'tashlari mumkin va nomzodlar kamida 3 kursni bitirgan bolishi kerak;

🔸Magistrantlar uchun 1-10 oy davomida stajirovka tashkil etiladi;

🔸Oqituvchilar, ilmiy xodimlar va sa'nat sohasi xodimlari uchun 1-10 oy davomida stajirovka tashkil etiladi.

💰 Mazkur stipendiyalar Slovakiya Respublikasining talim, fan, tadqiqotlar va sport vazirligi hamda Slovakiya akademik axborot agentligi byudjeti mablag'laridan moliyalashtiriladi. Stependiyaga sazovor bo'lganlar Slovakiya hukumatining stipendiantlari hisoblanadi.

Onlayn hujjat topshirish muddati:
2021 yil 30-aprel 16.00

2021-2022 o'quv yilining yozgi semestrida stajirovka o'tash uchun onlayn hujjat topshirish muddati:
2021 yil 31-oktyabr 16.00

👉 Dasturning talablari va shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://www.stipendia.sk/main/pravila-i-uslovia-programmy/inostannye-pretendenty

👉Stependiyalar dasturi to'grisidagi batafsil ma'lumotni www.stipendia.sk va www.scholarships.sk veb-sahifalari orqali olish mumkin.

#tanlov

@taqi_uz
📣 Indoneziya hukumati bakalavr, magistrlik va doktorlik darajalari bo'yicha “Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik dasturi” doirasida stipendiyalar tanlovini e'lon qiladi.

👉 Ushbu dastur xorijiy talabalarga Indoneziyaning 19 ta oliy ta'lim muassasasida bakalavr, magistratura va doktoranturada gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, muhandislik, ko'p tarmoqli tadqiqotlar hamda talim va ilm-fan kabi yo'nalishlarda tahsil olish imkoniyatini beradi.

👉 Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan davlat va nodavlat tashkilotlar hodimlari va oliy talim muassasalari o'qituvchilariga alohida imtiyozlar beriladi.

⚡️ Dasturning yosh jihatdan va ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha talablari quyidagicha:

🔸 Bakalavr yo'nalishiga 25 yoshdan katta bo'lmagan nomzodlar,
IELTS 6.0

🔸 Magistratura yo'nalishiga – 35 yoshdan katta bo'lmagan nomzodlar,
IELTS 6.0

🔸 Doktorantura yo'nalishiga – 40 yoshdan kata bo'lmagan nomzodlar,
IELTS 7.0

💰 Stipendiya xalqaro aviachiptalar, tibbiy sug'urta va yashash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni qoplashni o'z ichiga oladi.

Yuqorida keltirilgan stipendiyalar dasturida ishtirok etish uchun 2021 yil 4 may kuniga qadar quyidagi veb-sahifada royxatdan otish hamda institut xalqaro hamkorlik bo'limiga bu haqida ma'lumot berilishi zarur:
http://knb.kemdikbud.go.id/

🤝 Xalqaro hamkorlik bo'limi,
Tel: 71-235-47-80

#tanlov

@taqi_uz