🌐Dunyoda yuqori reytingda turuvchi IT Grafik dasturlarini oʻrganishni xohlaysizmi!!!
🔷Endi buni imkoni bor.
O'zbekistonda oʻzini brendiga ega boʻlgan" LiderVideouz" jamoasi sizlarga INNOVATSION IT KOMPYUTER kurslarini uydan chiqmasdan turib PROFESSIONAL darajada oʻrganishni taklif qiladi !.
🏛 Auto Cad
🏤 3D Max
🏗 Revit (Architekture)
🏗 Revit (Konstruksiya)
🏞 Photoshop
🌇 Lumion
🖥 Ms Excel ● Ms Word
🔷️ Kurslar Haqida To'liq Ma'lumot Olish Uchun Hoziroq biz bilan bogʻlaning:
👉Batafsil ko'rib chiqish
☎️Tel: +998943633902
📩Aloqa: @shaxnoz_school
📩Bot: @Video_kurs_uz_bot
👉Telegram kanalimiz

Forwarded from ArchViz / Taqi_2020 (Jahongir Tursunov 1.18)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AutoCad_2D_and_3D_Course
AUTOCAD 2D+3D_ video darslik haqida
_Ushbu kurs mobaynida siz AutoCad dasturida sifatli 2D chizma chizishni va 3D obyektlarni yasashni ham o'rganasiz.
__◇__ Darslar tartibi __◇__
○ AutoCad 2D qadam va qadam: 35ta dars.
○ AutoCad 2D amaliyot: 10ta dars.
○ AutoCad 3D qadam va qadam: 20ta dars.
○ AutoCad 3D amaliyot: 19ta dars.
□ KEYINGI TEKIN KURSIMIZ: Revit architecture.
- AutoCad 2D darsliklari uz:
https://t.me/taqi_2020/1154
- AutoCad 3D darsliklari uz:
https://t.me/taqi_2020/1313
- AutoCad dasturi haqida malumot:
https://t.me/taqi_2020/13
- AutoCad dasturini yuklash:
https://t.me/taqi_2020/1026
- AutoCad dasturini kompyuterga o'rnatish: https://t.me/taqi_2020/19
🔥Kanalimizni qòllab turishingiz bizga kifoya!
Izoh sizdan: @arxitektura_2020_1
📩Admin: @Blackhawk997
📒Kanaldan malumotlarni tezda topish uchun 👉 @ArFak_bot
YouTube | Telegram | Mundarija

⚡️PROFESSOR-O’QITUVCHILAR FAOLIYATI TANQIDIY TAHLIL QILINDI
🔸Joriy yilning 27 mart kuni Toshkent arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakultetida ta’lim sifatini oshirish va fakultet jamoasi oldida turgan vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilishda institut rektori R.R.Hakimov tomonidan institutda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha kafedralar oldida turgan vazifalar haqida toʻxtalib, aniq topshiriqlar berildi.
Talabalarga motivatsiya berishda professor-o'qituvchilarimiz tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchliklar ko’rsatib o’tildi. Fakultet dekani va kafedra mudirlariga professor-o’qituvchilarning olib borayotgan dars mashg’ulotlarini tahlil qilib, zarur choralar belgilash vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek talabalar o'zlarining tanlagan kasblari bo'yicha ma'lumotlarni ko'proq amaliyot davrida va laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish davrida olishini inobatga olib, ushbu masalalarga ko'proq ahamiyat berish kerakligini ta’kidlab o’tdilar.
Muhokama qilingan masalalar boʻyicha Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor A.Mirisayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor N.Nurimbetov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Z.Abduvaliyev va Ishlar boshqarmasi boshig’i A.Irgashevlar o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Yig'ilish so'ngida ko'rilgan masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
TAQI Matbuot xizmati
#xabar
@taqi_uz

Hurmatli ustozlar va talabalar!
Shu kunlarda respublikamizda epidemiologik holat bir muncha o‘zgarganligi sababli, barchangizni karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishga, oddiy, ammo juda muhim bo‘lgan tartib-taomillarni rad qilmasligingizga chaqiramiz. Xususan, niqob va antiseptiklardan foydalanish, auditoriyalarni tanaffus vaqtida eng kamida 10 daqiqa shamollatishga e’tibor berishingizni so‘raymiz.
#tavsiya #xabar

⚡️Xakimov Ravshan Rashodovich
⚡️Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori
🎓 Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
📰 Batafsil ma'lumot: http://taqi.uz/rahbariyat/15-rektor-hakimov-ravshan-rashodovich.html
#info #rahbariyat #jamoa

⚡️Hurmatli kanalimiz a'zolari va aziz talabalar, magistrlar hamda qadrli ustozlar
Endilikda TAQI kanali orqali Institut rahbariyati va jamoasi bilan tanishtirilib boriladi.
👉Bundan tashqari "Bilasizmi", "Tabriknoma", "Ma'lumot", "Iqtidor", Uztozlar ibrati", "Habar", "Ishtirok eting", "Bayram tabrigi" ruknlari orqali ma'lumotlarga ega bo'lish imkoniyati mavjud.
🤝Bizni kuzatishda davom eting. TAQI kanali kun davomida siz bilan birga.
TAQI Matbuot xizmati.

⚡️Mirisayev Abdullo Ulmasovich
⚡️Toshkent arxitektura-qurilish instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori
🎓 Texnika fanlari nomzodi, dotsent
☎️ Qabulxona: +99871 2356380
📰 Batafsil ma'lumot: http://taqi.uz/rahbariyat/16-oquv-ishlari-boyicha-prorektor-mirisayev-abdullo-ulmasovich.html

📣"Sog'lom ayol-sog'lom jamiyat" shiori ostida "Ayollar spartakiadasi" bo'lib o'tdi.
👉 Transport, yo'l va qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi tomonidan o'tkazilgan ushbu tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish instituti o'qituvchilari ham ishtirok etdilar.
🏓♟Xotin - qizlar o'rtasida o'tkazilgan "Ayollar spartakiadasi"da stol tennisi bo'yicha "Iqtisodiyot va ko'chmas mulkni boshqarish" kafedrasi dotsenti Karima Tashmuxamedova hamda shaxmat sport turi bo'yicha doktorant Iroda Salimovalar bellashdilar.
🥉Iroda Salimova shaxmat sporti turi bo'yicha faxrli 3-o'rinni egalladi va kasaba uyushma tomonidan esdalik sovg'a hamda maxsus diplom bilan taqdirlandi.
🤝Institutimiz sharafini himoya qilgan barcha ayol qizlarimizni g'alaba bilan tabriklaymiz!
TAQI Matbuot xizmati
#xushxabar #yangilik #sport

⚡️ ⚡️ Ўқувчилар бир ҳафтада камида икки кун таълим олади, қолган кунлар ишлайди
“Профессионал таълим тизимида дуал таълимни ташкил этиш чора-тадбирлари ҳақида”ги Ҳукумат қарори қабул қилинди.
Қарорга мувофиқ, 2021/2022 ўқув йилидан профессионал таълим тизимида дуал таълим ташкил этилади.
👉 Дуал таълим – бу таълимни ўз йўналишига мос ташкилотда меҳнат қилиш билан бирга олиб борувчи тизимдир. Дуал таълимни ташкил этиш учун ҳокимликлар ва манфаатдор вазирликлар томонидан ўрта бўғин кадрларига бўлган эҳтиёж аниқланади ва таклиф тайёрланади.
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳар йили 1 июлгача дуал таълим бўйича кадрлар тайёрланадиган таълим муассасаларини белгилайди.
Танланган таълим муассасалари белгиланган квоталар бўйича ўқувчиларни қабул қилади.
Таълим муассасалари кадрларга эҳтиёжи бўлган ташкилотлар билан шартнома тузади. Шартнома ташкилот ва ўқувчи ўртасида ҳам тузилади. Бунда ўқувчи учун ташкилотда муайян иш ўрни ажратилади.
Ўқувчилар бир ҳафтада камида икки кун таълим олади қолган кунлар ишлайди.
Ўқувчига ишлаган кунлари учун ҳақ тўланади.
#yangilik

📣 Latviyada o'qish uchun grant
Latviya Fan va ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Davlat agentligining ma’lumotiga ko‘ra, Latviya Hukumati tomonidan 2021-2022 o‘quv yilida mazkur davlat universitetlarida tahsil olish uchun stipendiya va grantlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur stipendiya va grantlar ko‘plar qatorida respublika oliy ta’lim muassasalari ilmiy xodimlari, o‘qituvchi va talabalari uchun mo‘ljallangan.
Nomzodlar muayyan talablarga javob berilishi lozim, ular taqdim etgan xujjatlari natijalari asosida tanlab olinadilar.
Xujjatlarga ularning ingliz yoki latish tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.
2021/2022 o‘quv yili uchun Latviya tomonidan stipendiyalar olish tartibi hamda “Yozgi maktablar” to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ishtirok etish shartlari va barcha zarur xujjatlar ro‘yxati bilan Agentlikning quyidagi veb-sahifalari orqali tanishish mumkin:
- http://www.viaa.gov.lv
- http://www.viaa.gov.lv/scholarships.
Yuqorida keltirilgan tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalarni 2021-yil 1-aprelga qadar online tarzda taqdim etishlari kerak.
Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Agentlikning xalqaro hamkorlik dasturlari katta mutaxassisi Marika Pira bilan elektron pochta orqali bog‘lanish ham mumkin: scholarships@viaa.gov.lv
🔗 TAQI xalqaro aloqalar bo'limi
#grant #elon

⚡️ Hokim o‘rinbosarlari malaka oshirish kurslarida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi doirasida tizimli ravishda davlat organlari va tashkilotlarining o‘rta va quyi bo‘g‘in xodimlarini “mahallabay” va “fuqarobay” ishlashga o‘rgatish, shuningdek, ularga respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning tub mazmun mohiyatini yetkazish, sohalar bo‘yicha tayanch bilim va boshqaruv ko‘nikmalarini takomillashtirib borish hamda malakasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan 2021-yil 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti bilan hamkorlikda Toshkent viloyati tuman (shahar) xokimlarining Qishloq va suv xo‘jaligi hamda Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun malaka oshirish kursi boshlandi.
Malaka oshirish kursini ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori O.Xasanov, Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Islamov, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Z.Abduvaliyevlar ishtirok etdi.
Kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan qisqa muddatli o‘quv seminarda mashg‘ulotlarni olib borish uchun Toshkent arxitektura-qurilish institutining 12 nafar malakali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan.
Professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan ilm-fan sohasida erishilgan eng so‘nggi yutuqlar, rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalariga asoslangan holda taqdimotlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar tayyorlangan.
O‘quv seminarlari joriy yilning 2-apreliga qadar davom etadi.
#yangilik #xabar

📣 Xotin-qizlar ta’limi sohasida faoliyat yuritayotgan shaxslar uchun 50.000 AQSh $ miqdoridagi mukofotli tanlov
UNESCO tomonidan 2015-yilda ta’sis etilgan va Xitoy hukumati tomonidan moliyalashtirilgan Xotin-qizlar ta’limi sohasida faoliyat yuritayotgan shaxslar uchun 50.000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot uchun tanlov e’lon qilingan.
Mazkur tanlovga har bir a’zo davlat 3 nafargacha nomzod ko‘rsatishi mumkin hamda tanlov yakunlarida 2 nafar g‘olib nomzod aniqlanib, ularning har biri 50.000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar loyihalari Barqaror rivojlanishning 4- va 5- maqsadlarining quyidagi bir yoki bir necha yo‘nalishlariga mos kelishi hamda kamida ikki yildan buyon amalga oshirilayotgan, samarali va davomiyligini aniq isbotlagan bo‘lishi kerak:
1️⃣ Ishtirok etish: barcha qizlarning umumta’lim olish jarayonidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
2️⃣ Savodxonlikni oshirish: barcha yosh qizlar va ayollarning savodxonlik malakalarini oshirish jarayonida faol ishtirok etish;
3️⃣ Muhit yaratish: gender teng xuquqligi muhitini yaratish va qo‘llab-quvvatlash;
4️⃣ O‘qituvchilar mahorati: o‘qituvchilarning gender teng xuquqlik asosida ta’lim berishga yo‘naltirish;
5️⃣ Ko‘nikma shakllantirish: qizlar va ayollarning yashashi va mehnat qilishi uchun bilim va ko‘nikmalarini oshirishni qo‘llab-quvvatlash.
Shuningdek, loyihalar xotin-qizlar ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan eng ilg‘or tajribalarini qamrab olishi kerak.
Mukofot to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://en.unesco.org/themes/women-s-and-girls-education/prize
Tanlovda ishtirok etish anketasini ingliz yoki fransuz tillarida https://unesco.org/gwe veb-sahifasida onlayn to‘ldirish zarur.
Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarning anketalari ingliz yoki fransuz tilida to‘ldirilib joriy yil 15-aprel kuniga qadar institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim qilinishi lozim.
Ma’lumot uchun: 71- 235-47-80
#xabar #tanlov #grant