Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.83K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.56K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
"Barchamizga ayonki, islohot – bu yangilanish, o‘zgarish degani. Islohotlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo rahbarlarimiz va odamlarimiz o‘zgarishi kerak. Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi." - Mirziyoyev Sh. M.

#iqtibos #murojaatnoma
@taqi_uz
"Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang." — Robin Sharma

#iqtibos
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
6️⃣ Uy quramiz (Miraziz Ahmedov) - Dizaynersiz qilingan uy

#videodars #dars_30
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Kitob o‘qishning 14 foydasi

1️⃣ Kitob yordamida hayotingizdagi bo‘shliqni to‘ldirishingiz mumkin. istalgan joyda kitob o‘qish bilan shug‘ullana olasiz. Shu orqali nimalarnidir o‘rganasiz va zerikmaysiz.
2️⃣ Hali namoyish etilmagan filmlar haqida avvaldan bilib olasiz, chunki ularning kitobini o‘qib chiqishga ulgurgansiz.
3️⃣ Kitob o‘qish diqqatingizni kuchaytiradi.
4️⃣ Kitob o‘qish empatiya (boshqalarni his qila olish) xususiyatingizni kuchaytiradi va sizni ochiq fikrli insonga aylantiradi.
5️⃣ Kitob o‘qish – varaqlayotgan sahifalaringizda yangi dunyolar kashf etish, yangi odamlar bilan tanishish demakdir.
...

#maqola #foydali #mutolaa
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
5️⃣3️⃣ AutoCADda tayyor loyihalar (o'rganish uchun) - Landshaft loyihasi

📰 Manba:
https://free-dwg.com

#autocad #dwg #tayyor_loyiha #landshaft
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛 "Zaha Hadid Architects" loyihalari - Crest for ME by MELIA

👨‍🏫 Arxitektorlar
: Zaha Hadid, Patrik Schumacher
🕰 Qurilgan yili: 2016
🌆 Manzil: London

#Zaha_Hadid #loyiha #Zaha_Hadid_Architects
Mundarrija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Mahalliy do'kon

👦 – Amaki, mana! Shu pulga qancha sigareta keladi?

👨‍🦳 – Hmm, olti quti. Ammo men yosh bolalarga sigareta sotmayman.

👦 – Men sotib olmoqchi emasman. Dadam sigareta soʻrab kirsalar, olti safar yoʻq deb ayting! Iltimos…

#hikoya #mulohaza
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
7️⃣ Uy quramiz (Miraziz Ahmedov) - 200 kv. metrli kvartira dizayni. Narx-navo

#videodars #dars_30
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Murod Nazarovdan konkurs:
"... yangi konkursni ochiq deb e'lon qilamiz. Konkursimizda 5iPhonening oxirgi modellarini yutib olish imkoniyati bor. G'oliblarni kanalimiz obunachilari 50 mingga yetgan kuni e'lon qilamiz. Yutib olish uchun nima qilish kerak?
Shartlari oddiy:
1. Shu video ostiga izohingizni o'z kontakt informatsiyangiz bilan birgalikda qoldiring.
2. Biz kanalimiz 50 mingga yetgan kuni, "random comment picker" programmasi orqali 5 ta g'oliblarni tanlab olamiz"

PS: Ayni paytda ushbu rolik ostida 7873 ta izoh qoldirilgan (obunachilar soni esa 34.9 mingta)

#rolik #Murod_Nazarov
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
📣 Abituriyentlar diqqatiga

📣 Ko'p sonli savollardan kelib chiqib, bugun institutimizning Dizayn yo'nalishi uchun kirish imtihonlari haqida biroz ma'lumot berib o'tamiz 👇

🔔 Amaldagi nizomga ko'ra 5150900 - Dizayn (turlari bo'yicha) yo'nalishiga topshirgan abituriyentlar quyidagi ijodiy imtihonlarni topshiradi va ballar taqsimoti ham quyidagicha:

1️⃣ Qalamtasvir - 93,0 ball
2️⃣ Rangtasvir - 63,0 ball
3️⃣ Chizmachilik - 33,0 ball

JAMI: 93 + 63 + 33 = 189 ball

Ijodiy imtihon
- qanday o'tkaziladi
- baholanish tartibi qanday
- appelyatsiya tartibi qanday
- ...
kabi savollaringizga ushbu sahifadan yoki mana bu 👉 PDF fayl 👈 dan batafsil javob olishingiz mumkin.

PS: 3 ta majburiy fandan test topshirish ushbu yo'nalishga topshirganlar uchun tatbiq qilinmaydi!

❗️Hozircha tartib shunday 👆. Joriy yil uchun kirish imtihonlarida o'zgarish bo'lishi mumkin, bu haqda xabardor qilamiz!

☝️ Abituriyentlarga @rasmiydtm va @Xushnudbek telegram kanallarini kuzatib borishni tavsiya qilaman. @rasmiydtm kirish imtihonlariga doir qonunchilik yangiliklarini berib borsa, @Xushnudbek ularga XALQqa tushunarli qilib sharhlar berib boradi!

🎁 Keyingi postlarimizda Arxitektura yo'nalishi uchun kirish imtihonlari haqida ma'lumot beramiz!

#abituriyent #ijodiy #dizayn
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛 "Zaha Hadid Architects" loyihalari - ROCA London Gallery

👨‍🏫 Arxitektorlar
: Zaha Hadid & Patrick Schumacher
🕰 Qurilgan yili: 2009-2011
🗺 Maydoni: 1100 kv. metr
🌆 Manzil: London

#Zaha_Hadid #loyiha #Zaha_Hadid_Architects
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
🔔 Arxitektura ixlosmandlari uchun seminar!

📖 Mavzu:
"Zamonaviy maktablar loyihalarini ishlab chiqish" ko'rik tanloviga bag'ishlangan seminar

👨‍⚕️ Spikerlar: TashGIPROGOR AJ etakchi mutaxasisslari

👨‍👦‍👦Kim uchun: Barcha qiziquvchilar uchun!

Qachon: Chorshanba, 19.02.2020, 10:00

🏢 Qayerda: Arxitektura fakulteti, kovorking markazi

💡 Tashkilotchi: Arxitekturaviy loyihalash kafedrasi

ALBATTA KELING! KUTAMIZ!!!

#master_klass #seminar #elon
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
QARZ

👨‍⚕️
– Dada, esingizdami bundan toʻrt yarim oy burun – singlimnikidagi toʻy oldidan mendan 350 ming olgan edingiz?

👨‍🦳 – Ha-ya, albatta, hozir…

👨‍⚕️ – Yoʻq-yoʻq, bu nima qilganingiz? Uni talab qilayotganim yoʻq. Otaga berilgan pulni ham soʻralarkanmi? Ammo bu narsa farzandning gardanida qolib ketmasligi kerak! Oʻtgan oyda sizdan qancha olgandim?

👨‍🦳 – Qaydam?.. Esimda yoʻq…

#hikoya #mulohaza
@taqi_uz
Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo‘shiqni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go‘dak bemalol orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go‘dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning boisi boshqa joydadir. Ehtimol ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun ham ona – tabiatning eng buyuk ixtirosidir.

📖 O'tkir Hoshimov "Dunyoning ishlari"

#mulohaza #tavsiya #kitob
@taqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8️⃣ Uy quramiz (Miraziz Ahmedov) - Mebellar haqida

#videodars #dars_30
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
📣 Abituriyentlar diqqatiga

📣 Kechagi
va'damizga ko'ra, bugun institutimizning
- 5340100 - Arxitektura (turlari bo'yicha)
- 5341000 - Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish
- 5341700 - Arxitektura yodgorliklarini rekonstruksiyasi va restavratsiyasi
yo'nalishlari uchun ijodiy imtihonlar haqida ma'lumot berib o'tamiz 👇

🔔 Amaldagi nizomga ko'ra yuqorida sanalgan yo'nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar Matematika ( 30 * 3.1 ) va Ona-tili va adabiyoti ( 30 * 1.1 ) fanlaridan test yechishdan tashqari ushbu 👇 imtihonlarni topshiradilar va ballar taqsimoti quyidagicha:

1️⃣ Qalamtasvir - 31,5 ball
2️⃣ Chizmachilik - 31,5 ball

JAMI: 31,5 + 31,5 = 63 ball

Ijodiy imtihon o'tkazilish tartibi, baholash me'zonlari, appelyatsiya, ... kabi savollaringizga quyida ilova qilingan 👉 PDF fayl 👈 dan batafsil javob olishingiz mumkin.

PS: 3 ta majburiy fandan test topshirish ushbu yo'nalishga topshirganlar uchun 2020-yilgi kirish imtihonlarida tatbiq qilinadimi yo'qmi hali aniq emas! (mabodo qo'shilgan taqdirda ham oson, umumiy savollar bo'lishi kutilmoqda)
Aniq qonuniy asos bilan tartib belgilab berilsa, xabar beramiz!

❗️Joriy yil uchun kirish imtihonlarida o'zgarish bo'lishi mumkin, bo'lsa, xabardor qilamiz!

☝️ Abituriyentlarga @rasmiydtm va @Xushnudbek telegram kanallarini kuzatib borishni tavsiya qilaman. @rasmiydtm kirish imtihonlariga doir qonunchilik yangiliklarini berib borsa, @Xushnudbek ularga XALQqa tushunarli qilib sharhlar berib boradi!

🎁 Keyingi postlarimizda ijodiy imtihonlarda tushadigan rasmlar va chizmalar haqida ma'lumot beramiz!

#abituriyent #ijodiy #arxitektura
Mundarija| 🏬 | ☝️ | 🎁 | 🗳 | 📚 | 🤖
@taqi_uz
Ijodiy imtihonlar me'zoni.pdf
613.4 KB
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar me'zoni
@taqi_uz
📣 Hurmatli talabalar!

🗳 Bo'sh vaqtingizni mazmunli o'tkazish, salomatlikni yaxshilash va do'stona raqobatni shakllantirish maqsadida institutimizda qaysi sport turidan musobaqa o'tkazlishini xohlaysiz? ❗️ Bir nechta javobni belgilashingiz ham mumkin!
Anonymous Poll
63%
⚽️ Futbol
28%
🏐 Voleybol
15%
🥋 Kurash
30%
🏓 Stol tennis
18%
Shahmat
10%
🏁 Shashka
20%
🏃‍♂️ Yugurish