Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti
7.98K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
461 files
3.57K links
TAQU rasmiy kanali
Yangiliklar, AutoCAD, Revit, Lumion, 3DMAX, ... videolari, tanlov va loyihalar, ...

Telegram: @taqi_guruhi
Instagram: https://www.instagram.com/tiace.uz/
Kutubxona: @books_taqi
Sayt: taqu.edu.uz
Download Telegram
#forum

2023-yilning 14-15 aprel kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida arxitektura maktablarining xalqaro forumi Xalqaro arxitektura akademiyasining Qozogʻiston akademik markazi, Qozogʻiston Respublikasi arxitektorlar uyushmasi va Satbayev universiteti bilan birgalikda “KazMAAM-Yevrosiyo” forumini o`tkazdi.

Shuningdek, forum doirasida arxitektura maktablarining xalqaro tanlovi boʻlib oʻtdi, unda besh nominatsiya asosida akademik-ijodiy fanlarning asosiy turlari boʻyicha talabalarning ishlari namoyish etildi.

Xalqaro forumda 12 ta oliy o‘quv yurti orasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura” yo‘nalishi bo‘yicha talabalari 2-o‘rinni egalladi.
Nominatsiyalarda quyidagi talabalar va o‘qituvchilar ishtirok etishdi:

1. Bitiruvchi Abdullaeva Aziza Nailevna “Bitiruv malakaviy ishi” nominatsiyasida ishtirok etdi,
Rahbar: katta o‘qituvchi, tayanch doktorant Ph.D. Begmatova Dildor Akramovna

2. 4-kurs talabasi Qarshiboev Bunyodjon “Kelajak arxitekturasi” nominatsiyasida ishtirok etdi.
Rahbar: arxitektura fanlari doktori, dotsent Yunusov Shukurullo Xayrullaevich

3. 4-kurs talabasi Malikova Dinara Ruslanovna “Jamoat binosi” nominatsiyasida ishtirok etdi.
Ilmiy rahbar: dotsent, tayanch doktorant Ph.D. Nazarenko Tatyana Vasilevna

4. 3-kurs talabasi Irgasheva Eleonora Ilhomovna “Turar joy binosi” nominatsiyasida ishtirok etdi.
Ilmiy rahbar: dotsent, tayanch doktorant Ph.D. Nazarenko Tatyana Vasilevna

5. 3-kurs talabasi Danilov Vladislav Valentinovich “Tabiatdan arxitektura chizmasi” nominatsiyasida ishtirok etdi.
Ilmiy rahbar: dotsent, Ph.D. Muxamedjanova Sakina Ismaildjanovna

👇TAQU ning rasmiy sahifalari👇
telegram|web-sayt| you tube
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
#bilasizmi

Bugun 25-aprel – haftaning seshanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:

🟥Xalqaro DNK kuni.
🔴Xalqaro DNK kuni (DNK kuni), genetika va ushbu sohada erishilgan ilmiy yutuqlarning ahamiyatini inobatga olgan holda nishonlanadi.

🟥Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni.

🟥Qiz farzandlar kuni.
🔴Qiz kunini tashkil etishning asosiy vazifasi – o'smir qizlarning muammolariga davlat va jamiyat e'tiborini jalb qilish, ularga turli kasblar bilan tanishish, ularning yoshini va shaxsiy muammolarini yechishda psixologik va huquqiy yordam berish orqali ijtimoiylashuv jarayonida yordam berishdan iborat.

🟥Xalqaro delegatlar kuni.

🗣Londonda Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” romani birinchi nashri chop etildi (1719).

🗣AQShda avtoulovlarning raqamlari rasmiy ravishda joriy etildi (1901).

🟢Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Hamid Gʻulom tavallud topgan kun (1919);

🟢Amerikalik teatr va kino aktyori, rejissyor, prodyuser Al Pachino tavallud topgan kun (1940).

🟢Badiiy gimnastika boʻyicha xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi, Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Kamola Irnazarova tavallud topgan kun (2002).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#konferensiya

Diqqat, e'lon!!!

📗📗📗“Shahar "dizayn-kod" qoidalarining shaklanish tendensiyalari va arxitektura
muhitlarining ustuvor muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning
tashkiliy qo‘mitasi Sizni 2023 yil 20 may kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bo‘lib
o‘tadigan konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.

Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya marhum professor, arxitektura doktori Ahmedov
Muhammad Qosimovich xotirasiga bag‘ishlanadi. Anjumanda arxitektura va uning tarmoq
sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishdagi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar,
doktorantlar, yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar maqola, ma’ruza va tezislari bilan
ishtirok etishlari mumkin.

📑📑📑Konferensiyaning ilmiy-amaliy yo‘nalishlari:
1. Shahar muhitida “dizayn-kod” qoidalarini shakllantirish va rivojlantirish muammolari;
2. Shaharsozlik va landshaft arxitekturasining dolzarb muammolari hamda amaliy yechimlari;
3. Arxitektura yodgorliklari va madaniy meros obyektlarini saqlash hamda qayta tiklash
muammolari;
4. Arxitektura obyektlarini rejalashtirishning an’anaviy va zamonaviy usullari;
5. Loyihalash va qurilish sohalarida BIM texnologiyalarini joriy etishning istiqbollari.

📞📞📞Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi mas’ul shaxslarga murojaat qilishingiz
mumkin:
Umida Saidxonova, Tel.: +99899-807-11-67,
umidasaidxonova24@gmail.com
Nizomiddin Buronov, Tel.: +99897-477-42-90,
e-mail: nbsarch2019@gmail.com
Anna Viktorovna Vetlugina, Tel.: +99890-347-25-97, e-mail:
anna_vet2015@mail.ru
#seminar
Toshkent arxitektura -qurilish universiteti faollar zalida NOLDAN MİLLİONGACHA deb nomlangan seminar bo'lib o'tdi.

Mazkur seminarda Uzum marketda muvaffaqiyatli tadbirkorlikni yo'lga qo'yish mavzusida spikerlar tomonidan ma'lumotlar berildi.

Seminar davomida talabalar qiziqtirgan savollarni berishdi. Spikerlar eng yaxshi savol egasiga esdalik sovg'alar berishdi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.
#Yangi_Konstitutsiya

📗Konstitutsiya loyihasidagi eng muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha tayyorlangan “Yangilanayotgan Konstitutsiya. 100 savolga 100 javob" qo‘llanmasi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

🔺Batafsil ma'lumot

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
#bilasizmi

Bugun 26-aprel – haftaning chorshanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:

🟥BMT – Xalqaro intellektual mulk kuni.
🔴Xalqaro intellektual mulk kuni kundalik inson hayotida, jamiyatni takomillashtirishda innovatsiyalar ahamiyati zarurligini anglashga imkon beradi. Ijod va bilim natijasi bo’lgan patentlar, mahsulot belgilari, mualliflik va bir-biriga yaqin huquqlar, dunyo uyushmalarida iqtisodiy va madaniy rivojlanishning kuchli asbobi hisoblanadi.

🟥Chernobil fojeasini xalqaro xotirlash kuni.

🟥Xalqaro uchuvchilar kuni.

🟥Xalqaro kotibalar kuni.

🗣Toshkentda 8 balli zilzila sodir bo‘ldi (1966).

🗣Insoniyat tarixidagi eng katta texnogen falokatlardan biri: Chernobil AESda avariya ro‘y berdi (1986).

🗣“Amir Temur” ordeni ta'sis etildi (1996).

🗣«O'zbekistan Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist» faxriy unvoni ta'sis etildi (1996).

🟢Ingliz yozuvchisi, publisist, realistik nasr asoschilaridan biri Defo Daniel tavallud topgan kun (1660).

🟢O‘zbek teatr va kino san’atining yorqin yulduzi Lutfixonim Sarimsoqova tavallud topgan kun (1896).

🟢Xirurg va gerontolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Rahim Nurmuhamedov tavallud topgan kun (1925).

🟢O'zbekistan xalq artisti Botir Zokirov tavallud topgan kun (1936).

🟢O'zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Muhammad Yusuf tavallud topgan kun (1954).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KHISO| Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi navbat talaba va bankirlarga!

Sovrin jamg'armasi 100 million so'm bo'lgan olimpiada: 1-bosqichi 29-aprel kuni start oladi!

SQB Math Olympiad — 2023da
barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistr bosqichi talabalari hamda barcha tijorat banklari xodimlari ishtirok etishlari mumkin. G‘oliblar pul mukofotlari va SQBda ishlashga taklifnoma olishadi!

Ushbu olimpiada O‘zsanoatqurilish bank homiyligida Oliy ta'lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamda KHISO olimpiada maktabi hamkorligida o‘tkaziladi.

Ro'yxatdan o'tish quyidagi telgram-bot orqali: @sqb_olympiadbot

Onlayn saralash bosqichida qatnashish bo‘yicha yo‘riqnoma: t.me/khisofaq/39

Ushbu e'lonni talabalar va bankirlarga jo‘nating:
@khiso
Forwarded from Edu.uz
#foydali

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalar uchun yangi loyihani e’lon qiladi

Aziz talabalar! Siz:
- faol va yetakchimisiz?
- kreativ g‘oyalar va innovatsiyalarga qiziqasizmi?
- “Critical Thinking” va “Problem Solving” ko‘nikmalariga ega bo‘lmoqchimisiz?
- ta’lim jarayoniga o‘zgacha ruh va energiya olib kirishni xohlaysizmi?

Unda oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan talabalar kreativ klublari loyihasiga o‘z hissangizni qo‘shing.

1) Ro‘yxatdan o‘ting
2) Motivatsion esseni yuboring
3) Saralashdan o‘tib, Vazirlik tavsiyanomasiga ega bo‘ling
5) Ta’lim muassasangizdagi kreativ klubga asos soling.

Joriy yilning 28-aprel kuni soat 10:00 da bo‘ladigan treningda ishtirok eting.

Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi 7-uy, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi.

Onlayn ishtirok etish uchun quyidagi Telegram guruhiga qo‘shilishingiz mumkin:

👉https://t.me/Edu_Creative_Clubs

Ma’lumot uchun tel.: +99897 287-99-91

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube‌‌
#Konferensiya_2023

Yetakchi oliy taʼlim muassasalarining nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori oʻrinlardan joy olishi uchun yana bir qadam

Ayni damda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida “IREG – akademik reytinglar” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda “Times Nigher Education”, “QS”, “Webometrics” kabi dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari rahbarlari, Kanada, Braziliya, Germaniya, Niderlandiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha, Xitoy, Singapur, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Qozogʻiston va Oʻzbekiston universitetlarining rektorlari, ekspertlardan iborat jami 100 nafarga yaqin qatnashchi ishtirok etmoqda. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Dj. Metyakubov va Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i Z.Abduvaliyev ushbu konferensiyada ishtirok etishdi
34.pdf
19.5 MB
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 28 апрель кунги 34-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан https://t.me/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/uzbunyodkor